"mintaqaviy iqtisodiyot" fanidan
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
МУСТАКИЛ ИШ МИНТАҚАВИЙ ИҚТИСОДИЁТ ХАКИМЖОНОВ Қ
25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy «drayver» sohaga aylantirib, uning
hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish. 6 Raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi maskanlarini va ijtimoiy obʼektlarni hamda magistral avtomobilь yoʼllarini keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish. Iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026 yil yakuniga qadar 70 foizgacha oshirish. Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million АQSh dollariga yetkazish. 26-maqsad: Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard АQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini koʼrish. Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish boʼyicha, «pastdan-yuqoriga» tamoyili asosida, yangi tizimni yoʼlga qoʼyish. 2026 yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish. Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sogʼliqni saqlash, taʼlim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xoʼjaligi va boshqa sohalarga 14 milliard АQSh dollarga teng investitsiya jalb etish. Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari oʼrtasida tashqi iqtisodiy aloqalarni oʼrnatish, jumladan Sirdaryo viloyatining Xitoy Xalq Respublikasi, Surxondaryo viloyatining Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax viloyatining Hindiston biznes doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish. Surxondaryo viloyatida «Investorlarga koʼmak markazi», Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan «Biznesga koʼmaklashish markazi» va Toshkent shahrida «Ilgʼor loyihalar va injiniring markazi» va har bir tumanda «Innovatsiya va texnologiya markazlari» tashkil qilib, tadbirkorlarga amaliy yordam koʼrsatish. Toshkent shahrida har yili «Toshkent xalqaro investitsiya forumi»ni oʼtkazib borish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling