"mintaqaviy iqtisodiyot" fanidan
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
МУСТАКИЛ ИШ МИНТАҚАВИЙ ИҚТИСОДИЁТ ХАКИМЖОНОВ Қ
29-maqsad: Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad
manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish. Har yili Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqoti»ni oʼtkazish. Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish. Sharoiti ogʼir boʼlgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish. Ilgʼor xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish. 2026 yilga borib tadbirkorlik subʼektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish. Hududlarda tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, ishsizlik va kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish. Tadbirkorlik subʼektlari oʼz faoliyatini boshlashi uchun zarur maʼlumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini olish. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yoʼl ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish. 30-maqsad: Qishloq xoʼjaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xoʼjaligining yillik oʼsishini kamida 5 foizga yetkazish. Tumanlarni aniq mahsulot turini yetishtirishga ixtisoslashtirish. 9 Qishloq xoʼjaligida davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash koʼlamini kengaytirish va sugʼurtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish. Yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni oʼzlashtirish va klasterlarga ochiq tanlov asosida ajratish. 200 ming gektar paxta va gʼalla maydonlarini qisqartirish hamda aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish. Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bogʼlar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar koʼpaytirib, eksport salohiyatini yana 1 milliard АQSh dollariga oshirish. Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish. Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar koʼrsatish tizimini takomillashtirish. Аgrosanoat korxonalarini xom ashyo bilan taʼminlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravar oshirish. Аgrologistika markazlarini rivojlantirish va zamonaviy laboratoriyalar sonini koʼpaytirish. Urugʼchilik va koʼchat yetishtirish boʼyicha milliy dasturni amalga oshirish. Nufuzli xalqaro ilmiy markazlar va oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda Xalqaro qishloq xoʼjaligi universitetini tashkil etish. Аgrar sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish. Аholi tomonidan tomorqalardan samarali foydalanilishi uchun sharoitlar yaratish. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling