"mintaqaviy iqtisodiyot" fanidan


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana15.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1485866
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
МУСТАКИЛ ИШ МИНТАҚАВИЙ ИҚТИСОДИЁТ ХАКИМЖОНОВ Қ

34-maqsad: Hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilma tizimini hamda xizmat koʼrsatish va servis sohalarini rivojlantirish. 
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida hududlarning «oʼsish 
nuqtalari»dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma 
obʼektlarini qurishga alohida eʼtibor qaratish. 
Respublika hududlarida qariyb 80 ming kilometr magistral va taqsimlovchi 
elektr tarmoqlari, 20 mingdan ortiq transformator punktlari hamda 200 dan ziyod 
podstantsiyani qurish va yangilash. 
Respublika aholisining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini 87 
foizga yetkazish, 32 ta yirik shaharlar va 155 ta tuman markazlarida oqova suv 
tizimlarini yangilash. 
Suv taʼminoti quvurlaridagi suv sirqish nuqtalarini sunʼiy yoʼldosh 
texnologiyasi orqali masofadan zondlab aniqlash va taʼmirlashga zamonaviy 
texnologiyalarni joriy etish. 
Toshkent shahrida oqova suvini tozalash tizimini shahar hududidan tashqariga 
chiqarib, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi inshootlarni barpo etish. 
Hududlarda xizmat koʼrsatish va servis sohalarini rivojlantirish orqali keyingi 
5 yilda xizmat koʼrsatish hajmini 3 baravarga oshirish hamda ushbu yoʼnalishda jami 
3,5 million yangi ish oʼrinlarini yaratish. 
Shahar va tumanlar markazlarida aholining kundalik ehtiyoji yuqori boʼlgan 
maishiy va kommunal xizmatlarni rivojlantirish boʼyicha pullik santexnika, elektrik, 
uy jihozlarini taʼmirlash, keytering kabi xizmatlarni koʼrsatish punktlarini 
rivojlantirish. 
Respublika hududlarida savdo va yoʼlboʼyi xizmatlarini rivojlantirish orqali 
130 ta zamonaviy bozorlar va savdo komplekslari, shuningdek, yoʼlboʼyi 
infratuzilmasini rivojlantirish boʼyicha 65 ta yirik hamda 5000 ta kichik xizmat 
koʼrsatish obʼektlarini tashkil etish. 


12 
Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini 3 baravarga qisqartirish. 
Xizmatlar sohasining jozibadorligini oshirish maqsadida sohadagi tadbirkorlik 
subʼektlariga qoʼshimcha imtiyozlar taqdim etish. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling