Mirko va makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ish


 O’zbekistonda iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishga


Download 360.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana03.11.2023
Hajmi360.63 Kb.
#1741693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar jalb etish yoʻllari

2.1 O’zbekistonda iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishga 
qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari va samaralari. 
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 
qaratilgan islohotlardan ko’zlangan maqsad va uning amalga oshirilishi 
natijalari
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy 
iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb 
hisoblangan aholini ish bilan ta’minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini 
hal etishda ham etakchi o’rin tutmoqda. Kichik biznesning ixcham va 
harakatchanligi, bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga 
tez moslasha olishi uni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini 
bartaraf etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror sharoitda yangi 
ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul 
vositaga aylantirmoqda.
8
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
ta’kidlaganidek: ―Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’zining 
iqtisodiyotimizdagi o’ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta’siri, sodda qilib 
aytganda, boshqa hech bir soha va yo’nalish o’rnini bosa olmaydigan katta 
ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallaydi. Darhaqiqat, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash 
orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori 
bo’lgan o’rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo’lib borishiga 
erishilmoqda. Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan 
ko’paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy 
ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo’naltirilgan murakkab, yuksak 
texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o’tish masalasiga alohida e’tibor 
qaratishimiz darkor. Yurtimizda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning 
integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
8
Toshov O. Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish. T.: “Akademnashr”, 2012.-165 b. 


sub’ektlarining innovatsion rivojlanish yo’llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va 
ishlab chiqarish o’rtasida o’zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo’lgan e’tibor 
yildan-yilga oshib bormoqda. O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, 
kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi 
o’rni va ahamiyati ortib bormoqda. Shunday ekan, bunday sharoitda, xususiy 
tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati 
quyidagilarda namoyon bo’ladi: - xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida 
zarur tezkorlikni ta’minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va 
tarmoqlashgan koorperatsiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta’minlab 
bo’lmaydi; - bozor uchun zarur bo’lgan raqobatchilik muhitini yaratadi, hamda 
o’zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o’zgartirib 
olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi; Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tez 
aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va 
b.q.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo’lishi imkoniyatlarini yaratadi: - izlanish, 
yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o’zlashtirish, ularni talabning tez 
o’zgarib turish xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish; - 
tezkor texnik servisning ishonchligi va iste’molchilar bilan mustahkam aloqalar 
o’rnatish; - ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot 
sotishni bozor talablariga, hamda bozor vaziyatlari o’zgarishlariga muvofiq olib 
borish; - ortiqcha ish kuchini o’ziga singdirish; - boshqarishning oddiyligi, katta 
ma’muriy apparatning yo’qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o’zlashtirishda qisqa 
muddat, kapital sarflarining tez o’zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik; - 
xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liqroq va 
samaraliroq foydalanish.
9
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan 
bog’liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzulmasini 
muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz 
9
Хазанович Э.С. Иностранные инвестиции: Учебное пособие/ Э.С.Хазанович.2-е изд., стер.-М.:КНОРУС, 
2011.-312с. 


iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o’rin 
ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda. Kichik biznesni yanada 
rivojlantirish istiqbollarini quyidagilarda ko’rish mumkin: - kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish; - huquq va 
manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy 
bazani yanada takomillashtirish; - moliya-xo’jalik faoliyatiga davlat va nazorat 
tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish; - tashkil etish tartibini 
soddalashtirish va faoliyat yuritishning moddiy-texnik shartsharoitlarini ta’minlash; 
- soliq va boshqa to’lovlar borasida engilliklar yaratish, hisobot topshirish tizimini 
takomillashtirish; - kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish; - xorijiy 
investitsiyalarni keng jalb etish; - tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini 
kengaytirish; - ilg’or ilm-fan yutuqlariga asoslangan KB va XTni rivojlantirishga 
keng yo’l ochib berish; - imtiyozlar va qulay sharoitlar tizimini yanada rivojlantirish; 
Demak, qaysi hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida 
ustuvorlikka erishilsa, shu hudud ijtimoiy-iqtisodiy tomondan barqaror rivojlanadi. 
Bu esa, o’z navbatida, yangi ish joylari yaratish va shu orqali aholini samarali 
tarmoqlararo bandligini shakllantirish muammosini bir qadar hal etilishiga 
erishishni, aholi daromadlarini oshirishni hamda turli tarmoq sohalari o’rtasida 
o’zaro 
manfaatli 
aloqalarning 
mustahkamligini 
ta’minlaydi.



Download 360.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling