Mirko va makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ish


Download 360.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana03.11.2023
Hajmi360.63 Kb.
#1741693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar jalb etish yoʻllari

Investitsiya faoliyati: investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga 
oshirish 
bilan 
bog’lik 
bo’lgan 
harakatlari 
majmuasi 
tushuniladi.
Investitsiya faoliyatini yo’lga qo’yishda har bir mulk egasi birinchi navbatda o’z 
manfoatini ko’zlab yagona bir maqsadga, ya’ni foyda olishga yoki ijtimoiy samara 
olishga intiladi. 
4
Investitsiya faoliyatida investitsiya sub’ekti, investitsiya ob’ekti, investor
emitent, investitsiya resurslari kabi tushunchalar mavjud.
4
Shodmonov SH. Bozor iqtisodiёtiga o’tishda pulning yangi mazmuni va roli. Bozor, pul va krеdit. Maхsus na
shr, 2011, 9-b.


Investitsiyaning ob’ekti bo’lib, mablag’lar ya’ni boyliklarni safarbar 
etayotgan ob’ektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi korxonalar, 
qimmatli 
qog’ozlar, 
bank 
depozitlari 
bo’lishi 
mumkin.
Investitsiya sub’ekti bo’lib, investitsiyani amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy 
shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotalar, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi 
korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo’lgan fuqorolar bo’lishi mumkin.
Investorlar - o’z kapitalini investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni 
amlga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ektidir. 
Emitent – qimmatli qog’ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik va 
to’lovga qobiyatli jismoniy shaxslar. 
Reinvestitsiyalar – investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan 
foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta 
kiritishdir.
Investitsiya resurslari – bu investitsion faoliyati amalga oshirishda ishtirok 
etadigan har xil ko’rinishdagi mablag’lardir.
Respublikada investitsiya faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi 
bilan birga uni davlat tomonidan muvofiqlashtirish uchun ham hukumatimiz 
tomonidan bir qancha qonun va qoidalar qabul qilingan. Ushbu qonunlar investitsion 
faoliyatning tartibga solinishi va muvofiqlashtirilishi bo’yicha huquqiy tizimning 
shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari davlatning investitsion 
faoliyatga qanday vositalar va richaglar orqali ta’sir ko’rsatishi ham muhim 
masaladir. Har qanday jamiyatdagi investitsion faoliyat o’z-o’zidan rivojlana 
olmaydi, unga albatta, muayyan ta’sir ko’rsatuvchi sub’ektlarning aralashuvi talab 
qiladi. Bunday aralashuvning samarali natijasini faqat davlat qo’li bilangina 
ta’minlash mumkin bo’ladi. Biroq bunday vaziyatda davlat investitsion faoliyatining 
rivojlanishini bo’g’ib qo’ymasligi kerakki, aks holda uning amal qilishi sub’ektivlik 
ta’sir kuchiga bo’ysundirilib qoladi.
Odatda, investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish uning muhim yo’nalishlarida 
qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, avvalom bor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab 


chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tadbiq etish 
asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratiladi.
Har bir davlat investitsion faoliyatni quyidagi maqsadlarda muvofiqlashtirib 
turadi: bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib berish jarayonida davlatning iqtisodiy 
siyosati amalga oshirilishi; davlatning fan-texnika siyosatini o’tkazish va buning 
asosida xo’jalik tabaqalarini mustahkamlash hamda jahon bozoriga chiqish. 
Mamlakat ijtimoiy siyosatini yuritish. 
5
Davlat tomonidan investitsion faoliyatini boshqarish bir qator chora-tadbirlarni 
qo’llash, ularni hayotga tadbiq etish asosida amalga oshiriladi. Bu chora-tadbirlar 
qo’yidagilardan iborat. 
1. Soliq tizimini qulaylashtirish, ya’ni soliq sub’ektlarini, ob’ektlari va 
stavkalarini tabaqalashtirish va soliq imtiyozlarini berish.
2. Amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, shu jumladan tezlashtirilgan 
amortizatsiya siyosatini qo’llash hamda amortizatsiya imtiyozlarini berish.
3. Ayrim hududlarni, tarmoqlarni rivojlantirish maqsadga dotatsiyalar, 
subsidiyalar, subventsiyalar orqali yordam ko’rsatish.
4. Kredit siyosatini, davlatning norma va standartlarining antimonopol 
tadbirlarini ishlab chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish va narx-navo 
siyosatini o’tkazish.
5. Yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini 
aniqlash.
6. Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish davlat dasturlariga kiritish.
7. Investitsiya loyihalarining monitoringini o’tkazish va mexanizmini ishlab 
chiqish.
8. Zarur hollarda yoki qonunga muvofiq investitsiya faoliyatini to’xtatib turish, 
cheklash yoki tugatish.
5
Yusupov R.A. Bozor munosabatlariga o’tish jaraёnida milliy valyuta barqarorligini ta’minlashning nazariy
asoslari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. T., 2011, 9-11-b.



Download 360.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling