3 – modul. Geografik kartalar.
3.1‐ modul. Kartalar haqida tushuncha. Globus. Dunyo kartasi.
Yarim sharlar kartasi. O’zbekiston kartalari. Yozuvsiz kartalar. Atlaslar.
3.2‐ modul. Daraja to’ri. Ekvator, meridian, parallellar. Qutblar.
3.3‐ modul. Geografik kordinatalar.Geografik uzunlik. Geografik
kenglik. Geografik koordinatalarni aniqlash.
Qolgan modullar ham xuddi shu tartibda tuzib chiqiladi (14 modul
Yer Quyosh tizimida; 5 –modul – Yer qobiqlari. Yer qobiqlari o’z
navbatida 7‐ ta kichik modulga bo’linadi.)
Modulli texnologiya bilan dars o’tilganda bilimlar bosqichma‐
bosqich beriladi va o’zlashtiriladi. Mazkur texnologiya o’qituvchi uchun
ham juda qulay.
6‐sinfda o’rganiladigan “Materiklar va okeanlar” tabiiy geografiya
kursini 10 ta yirik modulga bo’lishimiz mumkin: 1.Kirish; 2.Geografik
qobiq; 3.Dunyo okeani; 4.Afrika; 5.Avstraliya va Okeaniya; 6.Antarktida;
7. Janubiy Amerika; 8. Shimoliy Amerika; 9.Evrosiyo; 10. Dunyo aholisi
va siyosiy kartasi. Mazkur ajratilgan modullarni yanada maydaroq
modul‐larga bo’lish mumkin. Masalan, geografik qobiq modulini
quyidagi kichik modullarga bo’lish mumkin: 2.1. Geografik qobiqning
xususiyatlari. 2.2. Geografik qobiqning bo’ylama (vertikal) tuzilishi. 2.3.
Geografik qobiqning yuzalama (gorizontal) tuzilishi.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |