Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
4.4. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi XX‐asrning oxirlarida AQSH olimlari tomonidan ishlab chiqilgan, so’ngra Yevropa davlatlarida qo’llanila boshlangan. O’zbekistonda mazkur usul biologiya ta’limi uchun J.O.Tolipova va A.T.G’ofurovlar (2002) tomonidan qo’llangan va uning ilmiy metodik asoslari ishlab chiqilgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining asosiy g’oyasi birgalikda yangi bilimlarni o’rganish va topshiriqlarni bajarish hisoblanadi. Mazkur usulni bir necha variantlari mavjud. Ulardan keng tarqalgani quyidagilardir: a)kichik guruhlarda ijodiy izlanishlarni tashkil qilish metodi; b) xamkorlikda o’qitishni “arra” usuli; v)kichik guruhlarda xamkorlikda o’qitish; “Birgalikda o’qiymiz” metodi; guruhda o’qitish (Tolipova, G’ofurov, 2002) Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish usuli 1976 yil Sh.SHaron (Isroil) tomonidan ishlab chiqarilgan. Mazkur metod bilan o’qitish texnologiyasi quyidagi qismlardan iborat: ‐ 6 kishidan iborat o’quvchilar ijodiy guruhi tuziladi; ‐ darsda o’rganiladigan mavzu yanada kichik modullarga (qismlarga) ajratiladi; ‐ so’ngra modullar (qismlar) o’quvchilar o’rtasida taqsimlanadi; ‐ har bir o’quvchi o’ziga taqsimlangan modulni bajaradi; ‐ modulni topshiriqlari bajarib bo’lingandan so’ng munozara o’tkaziladi, so’ngra guruh tomonidan ma’ruza tayyorlanadi; ‐ guruh a’zolari tayyorlagan ma’ruzani sinfda himoya qilishadi. Masalan, Afrika iqlimini o’rganish 6 kishilik guruhga topshirildi deb faraz qilsak, uni quyidagi 6 ta modulga (qismga) bo’lamiz: 1 modulcha‐Afrika iqlimini shakillanish omillarini o’rganish. 2 modulcha‐ Afrikani qish faslidagi iqlimini asosiy xususiyatlarini ochib berish. 3 modulcha‐Afrikani yoz faslidagi iqlimini asosiy hususiyatlarini ochib berish 4 modulcha‐Afrika materigida yog’inlar taqsimotini asoslab berish 5 modulcha‐Afrika materigidagi shamollarni asosiy turlari va yo’na‐ lishlarini aniqlash 6 modulcha‐ Afrika iqlim mintaqalarini tavsifini tuzish Mazkur topshiriqlar (modullar)bajarilgandan so’ng guruh talabalari tomonidan Afrika iqlimi haqida ma’ruza tayyorlanadi va sinf o’quvchilari oldida ximoya qilinadi. 68 Xamkorlikda o’qitishni aralash usuli 1978 yilda E.Aronson tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur metod bilan dars o’tish texnologiyasi quyidagi qismlardan iborat: ‐ 6‐8 ta o’quvchidan iborat kichik guruh tashkil qilinadi; ‐ bunda ham darsda o’rganiladigan mavzu ma’lum bir mantiqiy modullarga bo’linadi; ‐ har bir modul bo’yicha o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar tizimi tuziladi; ‐ ma’lum bir o’quvchilar guruhi bitta topshiriqni bajaradi va mazkur topshiriq bo’yicha mutaxasisga aylanadi; ‐ guruhlar qayta tashkil etiladi va har bir guruhda ma’lum bir topshiriq bo’yicha mutaxassis albatta qatnashishi zarur; ‐ har bir topshiriq bo’yicha shakllangan “mutaxassis” o’zi egallagan bilimlarini sinfdoshlariga gapirib beradi. Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish usuli 1986 yil R.Slavin tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur metod bilan o’qitish texnologiyasi quyidagi qismlardan iborat; a) o’qituvchi 4 ta o’quvchidan iborat kichik guruhlar tuzadi; b) o’qituvchi ma’lum mavzu bo’yicha o’quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etadi; v) topshiriq 4 qismga bo’linib, har bir topshiriqni bittadan o’quvchi bajaradi; g) har bir o’quvchi bajargan topshirig’ini guruhdoshiga tushuntiradi; d) har bir guruh topshiriq yuzasidan xulosa tayyorlaydi; ye) o’qituvchi xar bir guruh xulosasini tinglaydi va ular bilimini baholaydi. Masalan, O’zbekistonni ma’lum bir tabiiy geografik o’lkasini tabiatini o’rganishda, sinf o’quvchilarini 4 kishidan iborat kichik‐kichik guruhlarga bo’lib quyidagi topshiriqni berish mumkin (Farg’ona vodiysi misolida): 1‐guruh. Farg’ona vodiysining geografik joylashishi va chegaralari hamda tekshirish tarixi. 2‐guruh. Farg’ona vodiysining geologik tuzilishi, relefi va foydali qazilmalari; 3‐guruh. Farg’ona vodiysining iqlimi; 4‐guruh. Farg’ona vodiysining ichki suvlari; 5‐guruh. Farg’ona vodiysining tuproqlari, o’simligi va hayvonot dunyosi. Guruhli usulda o’qitish texnologiyasida sinf ikkita guruhga bo’linadi va ikkala guruhga bir xil topshiriq beriladi. Masalan, yog’inlar va ularning turlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling