Mirzayeva sharifaxon xakimjonovnaning


II.O'tilgan mavzuni mustaxkamlash


Download 1.39 Mb.
bet4/4
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070821
1   2   3   4
Bog'liq
GALOGenlar

II.O'tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun Aqliy hujum asosida “Breyn ring” savollari beriladi. O'qituvchi guruhlarga bergan savollarga o'quvchilar tez-tez qisqa javob berishlari shart. To'g'ri javob bergan o'quvchiga rag'bat kartochkasi beriladi.Noto'g'ri javobga jarima kartochkasi beriladi.
Breyn ring savollari:
Mendeleyev guruhi uchun:

  1. Atomga ta'rif bering.

  2. Bosh kvant son qaysi harf bilan belgilanadi?

  3. Izotop deb nimaga aytiladi?

  4. Ishqorlarga misol keltiring.

  5. Yodning electron konfiguratsiyasini yozing.

Lomonosov guruhi uchun:
1.Elektronga ta'rif bering.
2.Orbital kavant soni qaysi harf bilan belgilanadi?
3.Izobar deb nimaga aytiladi?
4.Asosli oksidlarga misol keltiring.
5.Temirning electron konfiguratsiyasini yozing.
Avagadro guruhi uchun:
1.Atom tarkibidagi protonlar soni nimaga teng?
2.Izotonlar deb nimaga aytiladi?
3. Energetik pog'onalardagi elektronlar qaysi formula bilan ifodalanadi?
4.Kislotalarga misol ayting.
5.Bromning electron konfiguratsiyasini yozing

Guruhlardan bittadan o'quvchi chiqib, “Mosini tanla” va “Ortiqchasini top” o'yinlarini o'ynaydilar.
“Mosini tanla” o'yini:
H Na2 SO4 OH O
Br CO3 PO4 Al K ClO3
H2 Cl H3 Zn Mg
S J SiO4 (OH)3 (OH)2 H
Bu o'yin orqali o'quvchilar noorganik murakkab moddalarning formulalarini yasashlari lozim.Masalan: HCl, H3PO4, Zn(OH)2 va x.k.
“Ortiqchasini top” o'yini: Bunda 5 ta formula yozilgan kartochka ko'rsatiladi, uning ichidan 4tasi kislotaniki 1tasi esa boshqa formula bo'ladi. 5ta formuladan 4 tasi asoslarning formulasi 1 tasi esa boshqa moddaniki.

Yangi mavzu bayoni


Fanga “galogen” tushunchasini 1811-yilda nemis kimyogari I.SHveyger kiritgan bolib,”tuz'' va “hosil qiluvchi” degan ma`nolarni bildiradi.
“Galogenlar”atamasi ftor,brom,yod va astat uchun umumiy nom bo'lib qolgan.Galogenlarning barchasi metallmaslar bo'lib,kimyoviy elementlar davriy sistemasining VII guruhi bosh guruhchasida joylashgan.
Galogenlarning tashqi energetik pog'onasida 7 ta eletron bor,demak,tugallangan energetik pog'onaga o'tishi uchun 1ta eletron yetishmaydi.Shu sababli galogenlar vodorod hamda metallardan 1ta elektron olib -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
NaF-
HCI KBr CaJ2
F2 eng kuchli eletrmanfiy element bo'lganligi uchun u barcha birikmalarida -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.CI2, Br2, J2 esa kislorodli birikmalarida +1 dan +7 gacha bo'lgan oksidlanish darajalarini ham namoyon etadi.
Tabiatda tarqalishi. Galogenlar tipik metallmaslar, kuchli oksidlovchilar bo'lganligi sababli tabiatda erkin holda uchramaydi.
Olinishi.Galogenlarni tabiiy birikmalaridan erkin holda ajratib olish uchun galogenid ionlarini oksidlash kerak bo'ladi.

  1. Ftorid ionidan ftor olish uchun faqat eletroliz jarayonidan foydalaniladi.

  2. Xloridlardan xlorni olish uchun xlorid ioni tutuvchi eritnalarni eletroliz qilib yoki kuchli oksidlovchilar ta'sir ettirib olish mumkin:

2KMnO4 + 10NaCI +8H2SO4=K2SO4 +5Na2SO4 +MnSO4 +5CI2 +8H2O

  1. Bromidlardan bromni olish uchun bromid ionlari tutgan eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli osidlovchi ta'sir ettirib olish mumkin. Bundan tashqari bromidlarning eritmalariga xlor ta'sir ettirib ham bromni olish mumkin. Chunki xlor bromga nisbatan kuchli oksidlovchidir:

2KBr +CI2 =2KCI +Br2

  1. Yod olish uchun yodidlarning eritmalari elektroliz qilinadi yoki kuchli oksidlovchilar ta'sir ettiriladi, shuningdek, uni 2xlor, brom ta'sir ettirib ham olish mumkin.

2KJ +CI2 =2KCI + J2
jjjjjjjjjJ

Tabiatda tarqalishi. Galogenlar kimyoviy aktiv elementlar bo'lganligi uchun tabiatda erkin holda uchramaydi. Birikma holida eng ko'p tarqalgani xlor hisoblanadi.


Xlorning tabiatda eng ko'p tarqalgan birikmalari NaCI-galit,KCI-NaCI silvinit,
MgCI2-6H2O-bishofit, KCI.MgCI.6H2O-karnallit minerallari hisoblanadi. Okean va dengiz suvida 0,8-3,5% NaCI bo'ladi.
Respublikamiz xududidagi sho'rlangan va sho'r tuproqli yerlarda,suvda yaxshi eriydigan tuzlarning asosiy qismini
NaCI tashkil qiladi. Tabiatda tarqalishi bo'yicha ikkinchi o'rinda ftor turadi. U tabiatda ko'pincha CaF2-flyurit, Ca5F(PO4)3-ftorapatit,oz miqdorida Na3AIF6-kriolit minerallari tarkibida bo'ladi. Ftor birikmalari tabiiy suvlarda,o'simlik va hayvon organizmida uchraydi.
Tabiatda bromning NaBr va MgBr2 tuzlari dengiz suvida bo'ladi.Bromid tuzlari dengiz suvining 0,006%ni tashkil qiladi, ba'zi ko'llarning suvida 0,01-0,5 gacha, neft quduqlaridan chiqadigan suvda 0,01-0,05% gacha brom bo'lishi aniqlangan.Chortoq mineral suvida brom birikmalari borligi ma`lum .Brom o`simlik va hayvonlar organizmida uchraydigan ba`zi moddalar tarkibida bo`ladi.
Yod birikmalari juda oz miqdorda dengiz suvida bo`ladi.Dengizda o`sadigan ba`zi o`simliklar(masalan,laminariya)suvida yod birikmalarini o`z
organizmida to`plash xossasiga ega .Bunday o`simliklar kulida 0,5-1%gacha yod bo`ladi.Neft quduqlarida chiqadigan suvda taxminan 0,003% gacha yod bo`ladi. Chortoq mineral suvida yod ham bor.
Biologik ahamiyati.Galogenlar biologik jihatdan muhim elementlar hisoblanadi.Masalan,ftor ioni (F)odam organizmida tish emalining mustahkamligini ta`minlaydi.Agar ftor ionining ichimlik suvudagi miqdori 0,8mg/l dan kam bo`lsa, odamning tishi ovqat tarkibidagi kislatalar ta`sirida yemirilib chiriydi. Uning miqdori ko`p bo`lsa ham zararlidir.Ftor o`simliklarda asosan, piyoz tarkibida nisbatan ko`p bo`ladi.
Xlor ioni (CI)ovqat hazm bo`lishida ishtirok etadigan fermentlar (masalan, so`lak tarkibidagi amilaza fermentining)aktivligini oshirishda ,shuningdek ,hujayra shirasida modda almashinishishini tabiiy boshqarilib turishida muhim ahamiyatga ega.
Yod odam organizmida muhim vazifani bajaruvchi tiroksin tarkibiga kiradi.Agar ichimlik suvda yod miqdori kam bo`lsa, odamlar buqoq kasaliga duchor bo`lishi mumkin. Iste`mol qilinadigan osh tuzining har tonnasiga 25gKJ tuzi qo`shib sotuvga chiqarish yo`li bilan (bunday tuz “yodlangan tuz”deyiladi) ana shu kasallikning oldini olishga erishildi.
Darsning mustahkamlash:
klaster

savol-javob
1.Galogen atamasini fanga kim kiritgan?
2.Galogenlar oilasiga qaysi elementlar kiradi?
3.Silvinit minerali tarkibida necha foiz xlor bor?
4.Galogenlar qanday oksidlanish darajalarini namoyon qiladi?
Darsni yakunlash:uyga vazifa o`qib kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.8-sinf kimyo darsligi
2.Kimyo metodik qo'llanma 8-sinf
3. S.Nizamova “Kimyo fani bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarning joriy va oraliq nazoratini tashkil etish uchun didaktik materiallar “ Toshkent-2013.
4.G.P.Xomchenko “Umumiy kimyo”
5.”Maktabda kimyo” Ma'naviy-ma'rifiy, ta'limiy jurnal
6 .G.P.Xomchenko “Masalalar yechish. oliy o'quv yurtiga kiruvchilar uchun”



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling