Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети


Фундаментал ва амалий географик тадқиқотларда инновациялар, 14-15 октябрь 2022 йил


Download 72.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.09.2023
Hajmi72.16 Kb.
#1680759
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tezis 1

Фундаментал ва амалий географик тадқиқотларда инновациялар, 14-15 октябрь 2022 йил 
129 
Rasm. Konchilik natijasida atrofga uyilgan chiqindilar 
Tarixiy tog‗-konchilik hududlarida, katta unumdor yerlarni egallab turadigan suv va terrigen 
qoldiqlar geotizimlar uchun ekologik xavf manbai hisoblanadi. Texnogen sharoitlarda elementlarning 
migratsiyasi xuddi tabiiy landshaftlardagidek asosiy shakllarda bo‗lishi aniqlangan. Har xil kimyoviy 
elementlarning migratsion qobiliyati turlicha bo‗ladi. Ularning tarqalishi natijasida texnogen oreollar 
vujudga keladi [2].
Kon qazib olish jarayoni rivojlangan sari uning atrof muhitga chiqaradigan chiqindilar miqdorining 
ham ortishiga sabab bo‗ladi (1-jadval). Bu esa ko‗plab ekologik va geoekologik muammolarni keltirib 
chiqarmoqda. Ayniqsa, tog‗-kon sanoati rivojlangan hududlarda tabiiy muhitning o‗zgarishi foydali 
qazilmalarni ochiq usulda qazib olish bilan bog‗liq bo‗lib, bunda olinayotgan tog‗ jinslari yillik miqdorining 
2/3 qismi metall boyitish fabrikalarida chiqindiga chiqariladi va ularning katta qismidan deyarli 
foydalanilmaydi. Natijada geotizimlarning kimyoviy elementlar bilan ifloslanishi, zararli komponentlar 
miqdorining belgilangan miqdoridan bir necha marta oshib ketishi kuzatiladi. Konchilik natijasida eng kuchli 
zararlanuvchi komponentlardan biri havo hisoblanadi. Ma‘danlarni qazib olish jarayonida havoga ko‗p 
miqdorda chang va gazlar ajralib chiqadi. Bundan tashqari ma‘danlarni eritish va qayta ishlash jarayonida 
atmosferaga zaharli moddalar chiqariladi. Shu sababli ham barcha og‗ir sanoat mavjud hududlar atmosfera 
havosi zararlangan.
1-jadval 
Kombinatda chiqindilarning yillar bo‗yicha atrof muhitga chiqish miqdori
(ming tonna hisobida)
T/r 
Atmosferaga chiqariladigan moddalar
2016-yil 
2017-yil 
2018-yil 
2019-yil

Qattiq tashlamalar 
5,0 
4,1 
5,9 
6,3 

Oltingugurt dioksidi 
146,9 
137,9 
120,4 
128,8 

Azod oksidi 
1,4 
1,1 
1,5 
1,6 

Uglerod oksidi 
3,3 
4,5 
6,7 
7,6 

Boshqalar 
0,1 
0,1 
0,1 
0,1 

Jami
159,7 
147,7 
134,6 
144,4 
Izoh: Jadval Olmaliq shahar tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi ma‘lumoti asosida tuzilgan. 
 
Ma‘lumki, tuproq tabiiy muhitning ajralmas qismi bo‗lib o‗zida butun texnogez davrda yuzaga 
kelgan atrof muhitning fizik-kimyoviy o‗zgarishlari haqidagi ma‘lumotlarni mujassam etadi. Tuproqlarda 
zararli birikmalar miqdori chuqurlikka tushgan sari kamayib boradi. Bundan ma‘lum bo‗ladiki, tuproq yer 
osti suvlarini ham muhofaza qiladi. Asosiy zararlanish darajasi eng yuqori bo‗lgan qatlam tuproqning 0-10 
cm gacha bo‗lgan chuqurlik qismiga to‗g‗ri keladi (2-jadval). Bundan sharoitda hudud bo‗ylab og‗ir 
metallarning tarqalish qonuniyatlarini aniqlash, shuningdek, biologik komponentlarning muvozanat 
mexanizmini o‗rganish va tahlil qilish lozim. 

Download 72.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling