Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети


DAMAGE TO THE ENVIRONMENT DUE TO WASTE GENERATED AS A RESULT OF


Download 72.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana18.09.2023
Hajmi72.16 Kb.
#1680759
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tezis 1

DAMAGE TO THE ENVIRONMENT DUE TO WASTE GENERATED AS A RESULT OF 
MINING 
Annotation: This article is devoted to information on the occurrence and negative consequences of 
environmental and geoecological problems arising on the environment as a result of the mining industry, as 
well as the development of measures to reduce the impact of this network. 
Key words: heavy metal, "acid rain", natural component, terricone, geosystem, anthropogenic 
influence, arid climate 
Bugungi kunda Ohangaron havzasida joylashgan konlarda rudalarni qazib olish va qayta ishlash 
respublikamiz iqtisodiyoti rivojiga ulkan hissa qo‗shayotgan tarmoq bo‗libgina qolmay, atrof muhitni 
ifloslantiruvchi asosiy manbalardan ham sanaladi. Ayniqsa, foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida kon 
chiqindi uyumlarining hosil qilinishi natijasida foydalanish imkoni mavjud bo‗lgan yer resurslaridan mahrum 
bo‗lishga sabab bo‗lmoqda. Bundan tashqari aynan shu hududlarda atmosfera havosining zararlanishi 
(asosan, og‗ir metallar bilan), ―kislota yomg‗iri‖ yuzaga kelishi, tuproqning ifloslanishi, yer osti va yer usti 
suvlarining zararlanishi, o‗simlik va hayvonot dunyosida kasallanishning ortishi, insonlarda immun 
tizimning pasayishi, natijada turli kasalliklarga chalinish miqdorining ortishi (suyak-mushak tizimi va 
biriktiruvchi to‗qima, asab tizimi, qon va qon aylanish tizmimi, teri va teri osti to‗qimalari, nafas olish 
a‘zolari kasalliklari sonining yuqoriligi) kabilar kuzatiladi. Mazkur sanab o‗tilgan muammolarga yechim 
choralarini ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Chunki tabiatdan 
foydalanishni u yoki bu miqyosda amalga oshirish har doim ilmiy asoslangan tarzda bo‗lishi lozim. Shu 
sababli, tabiatdan foydalanishda tabiiy geografik qonuniyatlar va ilmiy prinsiplarga muntazam amal qilish 
atrof muhit muhofazasida juda muhim hisoblanadi. Ma‘dan foydali qazilma konlarida amalga oshirilayotgan 
konchilik faoliyati atrof muhitga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Birinchi galda, o‗zgarishlar komponentlar 
miqyosida amalga oshadi, keyinchalik geotizimlarni ham qamrab oladi. Bu geografik qobiqning bir butunlik 
qonuniyatini yodga soladi.
XX asrning o‗rtalaridan hududda konchilik sanoati rivojlanishi oqibatida tabiiy muhit o‗zgarishga 
uchragan. Natijada xilma-xil ekologik va geoekologik muammolar yuzaga kela boshladi. Olmaliq sanoat 
rayoniga ma‘dan yetkazib beradigan 60 ga yaqin foydali qazilma konlari mavjud. Masalan, Qalmoqqir
Yoshlik - 1, Saricheku, Kauldi, Qo‗rg‗oshinkon, Baliqti, Urgaz kabilarni keltirib o‗tish mumkin. Rayondagi 
konlarning ayrimlari ochiq usulda, ayrimlari yopiq usulda qazib olinadi. Ularning maydoni bir necha km

dan 
bir necha yuz m
2
ga teng. Eng yiriklar 4 tani tashkil etib, masalan, Qalmoqqir konining maydoni 7 km
2

Gushsoy alunit konining maydoni 10 km
2
ga teng. O‗rtachalari 7 ta bo‗lib, ulardan biri Sarichekuning 
maydoni 1,8 km
2
ni tashkil etadi [1, 165-b.]. 
Dastlab, ma‘danni qazib olish uchun qazib chiqarilgan keraksiz bo‘sh jinslar chiqindi sifatida 
chiqariladi (rasm). Tarkibida ma‘dan mavjud bo‗lgan jinslar esa ular ajratib olingandan so‗ng chiqindi 
sifatida ajratiladi. Natijaga yirik kon chiqindisi uyumlari, terrikonlar vujudga keladi. Qalmoqqir koni ochiq 
usulda qazib olinuvchi yirik kon hisoblanib, maydoni 1291,74 ga. ni tashkil qiladi. Ushbu kon ruda zaxirasi 
va qazib olish hajmi nisbatan yuqori bo‗lgan kon hisoblanadi. Asosan, 14 ta qazib olish nuqtalari mavjud. 
Kon bugungi kunda mis-molibden tipidagi obyekt sifatida ochiq usulda qazib olinadi va Mis boyitish 
fabrikasida qayta ishlanadi. Kombinat yaqinida maxsus joy ajratilgan bo‗lib u yerga ma‘dan ajratib olish 
jarayonida vujudga kelgan chiqindilar tashlanadi. Mazkur hudud qat‘iy nazoratga olingan bo‗lib, u yerga 
insonlarning kirishi ta‘qiqlanadi. Faqat chiqindi uchun ajratilgan maydon hisoblanadi.



Download 72.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling