Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети


-jadval  OTMK MBF chiqindilari to‗planadigan hudud yaqinidan olingan vertikal tuproq kesimida og‗ir


Download 72.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana18.09.2023
Hajmi72.16 Kb.
#1680759
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tezis 1

2-jadval 
OTMK MBF chiqindilari to‗planadigan hudud yaqinidan olingan vertikal tuproq kesimida og‗ir 
metallar miqdorining chuqurlik bo‗yicha tarqalishi*
Tuproq 
gorizonti 
Og‗ir metallar miqdori, mg/kg 
(cm) 
Pb 
Zn 
Cu 
Cd 
As 
0-10 
973 
2064 
1800 
150 
100 
10-25 
96 
180 
120 
30 
20 
25-65 

86 
30 
10 

65-125 

80 
15 


*Izoh: Jadval N.E.Shukurov tomonidan tuzilgan. 


Фундаментал ва амалий географик тадқиқотларда инновациялар, 14-15 октябрь 2022 йил 
130 
Og‗ir metallarning tuproqdagi yuqori miqdori faqatgina undagi tirik organizmlar va o‗simliklarni 
zararlantirib qolmasdan balki ifloslangan tuproqlarda o‗suvchi oziq-ovqat mahsulotlari orqali insonlar 
sog‗lig‗iga ham xavf tug‗diradi. Tog‗-konchilik sanoati rayonlari hududida ma‘dan boyitish fabrikalari, 
metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat korxonalari chiqindilarining ochiq holda saqlanishi atrof-muhit 
ekologik holatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Tuproqning yuqori qatlamlarini geokimyoviy xaritalash maqsadida 2009-2010-yillarda Olmaliq tog‗-
metallurgiya kombinatining mis boyitish fabrikasi (OTMK MBF) chiqindilari to‗planadigan hududda 
N.E.Shukurov tomonidan dala tadqiqotlari o‗tkazilgan. Tuproq na‘munalari taxmin qilingan texnogen 
anomaliyalar tarqalish yo‗nalishiga perpendekular yo‗nalishda 16 ta profil (16 km x11 km =17,6 km
2

bo‗yicha olingan. Namunulash tizimi 1000 x1000 oraliqda tuproqning yuqori gorizontlarida (0-20 cm) 
amalga oshirilgan. Ma‘lumotlarga ko‗ra arid iqlim sharoitiga gaz-chang zarrachali atmosfera yog‗inlari 
tushadigan tuproqning yuza qatlamida gumusli gorizontda to‗planadi. Ifloslanishni chuqurlik bo‗yicha 
tarqalishini o‗rganish maqsadida 1 m chuqurlikdagi shurflar qazilib ularda 20 cm oraliqda na‘munalash 
ishlari amalga oshirilgan [3, 448-b.].
Suv tiriklikning asosiy manbai hisoblanadi. Biroq konlarni qazib olish, eritish, qayta ishlash 
jarayonlarida suvning ham ifloslanishi kuzatiladi. Konlarni qazib olishga tayyorlash jarayonida yer osti 
suvlaridan quritiladi. Natijada yer osti suvlari balansida o‗zgarish yuzaga keladi. Bundan tashqari kon 
chiqindilarining tartibsiz suv havzalariga oqizilishi juda katta xavfni yuzaga keltiradi. 
Ma‘lumotlarga qaraganda, mazkur o‗rganilayotgan obyekt joylashgan Chirchiq-Ohangaron okrugida 
2844 xil flora borligi V.N.Pavlov tomonidan o‗rganilgan [1, 44-b.]. O‗z navbatida tog‗-kon sanoatining 
rivojlanishi mazkur xillarning zararlanishiga, nobud bo‗lishiga sabab bo‗lgan. Hududda, ayniqsa, o‗simliklar 
―kislota yomg‗iri‖ dan kuchli zararlanadi (asosan, bahor faslida kuzatiladi).
Bugungi kunda konchilik faoliyatini cheklash yoki to‗xtatishning imkoni yo‗q, zero mazkur jarayon 
natijasida vujudga kelgan chiqindilardan ham to‗g‗ri foydalanish, rekultivatsiya chora-tadbirlarini uzluksiz 
amalga oshirish zarur hisoblanadi. Bundan tashqari quyidagilarni ham tavsiya etish mumkin: Ma‘danlar 
sifatining pasayishi bilan bog‗liq mineral xomashyoni ajratib olish uchun ortib borayotgan tog‗ massasini 
qazish hajmining oshishi, tabiiy landshaftlar va konlarga tutash barcha geoekologik tizimlarning buzilishiga 
olib keladi. Foydali qazilmalarni qazib olishning geoekologik oqibatlarini real baholash va ekologik xavfni 
kamaytirish uchun tegishli muhim qarorlarni qabul qilishda texnogen massivlarni kompleks o‗rganish zarur. 
Bu hududlarda mevali daraxt va qishloq xo‘jalik sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish inson hayoti uchun 
xavfli bo‗lishi mumkin. Hududda o‗sish imkoniyatini hisobga olgan holda ―gibrid‖ daraxtlarni ham o‗stirish 
mumkin. Chunki ular faqat manzarali va qurilish materiallari uchun o‗stiriladi. Konlar chiqindilaridan 
to‗liqligicha qayta ishlab, foydalanish ham ekologik ham iqtidodiy jihatdan yaxshi samara beradi. 
Rekultivatsiya ishlarini amalga oshirishda hududning geografik sharoitlari inobatga olinishi kerak. 

Download 72.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling