Мирзо улуғбек номидаги
KIMYOVIY ELEMENTLARNI TIBBIYOTGA BOG’LIQLIGI
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy universitet Lobar bilan tezis
KIMYOVIY ELEMENTLARNI TIBBIYOTGA BOG’LIQLIGI
Mamadaliyeva. A.A.,Saydaxmetova. Sh.R., Pirmatova. J.B. Nizomiy nomli TDPU Toshkent sh. Biogen elementlar-inson va hayvonlar organizmidagi hujayralarda bo’lib, ularning hayot faoliyatida katta rol o’ynaydigan kimyoviy elementlardir. Hujayralarda uchraydigan biogen elementlar 3 guruhga bo’linadi: 1 guruh makrobiogenlar bo’lib ularga 6 ta element (O 2 , C, H 2 , N 2 , Ca, P)- kiradi. 2 guruh oligobiogenlar bo’lib ularga 5 ta element (K, S, Cl 2 , Mg, Fe)- kiradi. 3 guruh mikrobiogenlar bo’lib ularga 7 ta elementlar kiradi (Mn, Co, Cu, Mo, Zn, F 2 , Br 2 , ) ular organizmda 0, 01% da bo’ladi. Bu 7 ta elementdan 5 tasini oraliq metall elementlari tashkil qiladi. Oqsil molekulalarida metallferment va metallproteinlar tarkibiga kiradi. 700 dan ortiq fermentlardan 4 tasini metallfermentlari tashkil qiladi. Barcha tirik organizmda davriy sistemadagi elementlarning 2/3 qismi mavjud. Bir qancha elementlar organizmda katalizator vazifasini bajaradi. Birinchi, ikkinchi, va uchinchi guruh s-elementlar (natriy, magniy, kaliy, kalsiy) jumlasiga kiradi. d-elementlar organizmda juda oz miqdorda bo’lib, ular organizmda fermentlarning xossasi va strukturasini belgilaydi. Inson organizmida doimiy ravishda elementlar almashinuvi bo’lib turadi, elementlar almashinuvini o’rganish va har qaysi elementlarni fiziologik rolini aniqlash, biologiya, kimyo va tibbiyotda asosiy vazifa hisoblanadi. d-elementlar orasida hayotiy muhim elementlardan: marganes, temir, ruh, mis kobalt, hisoblanadi. Oxirgi paytlarda titan, xrom, va vanadiyning roli kattaligi aniqlandi. Bo`lajak kimyo o`qituvchisini kriativ kompetentligini oshirishda, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ko`nikma va malakalarga, intelluktual salohiyatga ega bo`lishlarni bugungi kun taqozo etmoqda. Umumtalim fanlarni o’qitishda quyida biz ba’zi elementlarning kimyoviy xossalari va tibbiyot bilan bog’liq jihatlarini ko’rsatib beramiz. Na― Na + eng ko’p tarqalgan kationlar sifatida to’qimalararo suyuqlik tarkibiga kiradi, u mushak fermantlarining aktivligiga ta’sir qilib mushaklarning qisqarishi uchun keraklidir, NaCl oshqozon shirasi tarkibidagi xlorid kislota uchun manba bo’lib xizmat qiladi, u tibbiyotda izotonik va gipertonik eritmalarni tayyorlash uchun qo’llaniladi. NaCl 0,9% sterillangan eritmasi intoksikatsiyada, ko’p miqdorda suyuqlik yoqotilganda tomir ichiga yuboriladi, NaHCO 3 odam tanasidagi suyuqliklarda kislota-asoslik muvozanatini saqlaydi, 263 uning 0,5-2% eritmasi konyuktivitda, laringitda og`izni chayqash va ingalyatsiyada ishlatiladi. Natriy tiosulfat allergik kasalliklarda, simob, margimush, yod, brom, tuzlari va sianidlar bilan zaharlanganda ishlatiladi. NaBr tinchlantiruvchi va uxlatuvchi vosita sifatida qo’llaniladi. K― K + to’qimalar ichida uchraydi K + va Na + ionlari to’qimalar membramalarining ikkala tomonidagi osmotik bosimni doimiy saqlab turadi. Osmotik bosimning o’zgaruvchanligi to`qimalarda suv yig’ilishiga olib keladi bu esa o’z navbatida qon bosimining ko’tarilishiga sabab bo’ladi, homilador ayollarda homiladorlikning-homiladorlik gestozlari bilan asoratlanishga olib keladi ( qon bosimi ko’tariladi, siydikda oqsil miqdori hosil bo’ladi va tanada shish paydo bo’ladi) KBr markaziy nerv sistemasidagi qo’zg`alish va tormozlanish orasidagi muvozanatni tiklaydi. Shu sababli KBr gipertoniya, uyqusizilik, va nerv kasalliklarida tinchlantiruvchi dori sifatida ishlatiladi. KCl organizimda ko’p miqdorda K + yoqotilganda kuchli qayd qilganda hamda ich ketishda ishlatiladi. Cd (kadmiy) elementi qonda qand moddasi miqdorini boshqaradi, Sc (skandiy) esa ko’rish darajasini belgilaydi. Inson organizmida S-elementlar oilasiga mansub yengil metall ionlari Na + , K + , Mg 2+ , Ca 2+ ular bufer sistemasini tashkil etadi, organizmning osmotik bosimini hosil qilishda, nerv impulslarini tarkibida (Na, K) va hujayralarning tuzilishida (Mg,Ca) hosil qilishda ishtirok etadi. Mg― Mg +2 yer qobig`ida eng ko’p tarqalgan Mg +2 kishi organizimda nuklein kislotalar bilan birikmalar hosil qiladi. MgO oshqozonda kislotaning miqdori oshib ketsa uni neytrolashda va turli teri kasallarini davolashda qo’llaniladi. Magniy sulfat-qaqshashga qarshi, spazmolotik ta`sirga ega bo`lib, ich qotishda surgi dori sifatida ham ishlatiladi. Ca― Ca +2 suyak va tishning o’sishida zarur, homila skeletini rivojlanishida, emizikli ayollarda Ca sut hosil bo’lishida faol ishtirok etadi. Yuyrak ritmini normal holatda bo’lishda, qon ivishida fibrinogenni fibringga aylantirishda Ca +2 ning roli katta. CaO dizenfektsiyalovchi moddadir. CaCl 2 bronxial astma, allergik kasalliklarda, shamollashda, sil kasalliklarni davolashda qollaniladi. Mn―Marganes tirik mavjud va o’simliklar dunyosida keng tarqalgan mikroelementlardir. U odamning hamma organlarida va to’qimalarida uchraydi. Mn 2+ ko’p miqdorda jigarda hamda odam miyasining kul rang qismining tarkibida uchraydi. Mn 2+ fermentlarning aktivatorlari hisoblanadi, qon hosil bo’lishini yahshilaydi, imunitet oshirishda antitelalar ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Odamning marganesga bo’lgan sutkalik ehtiyoji 8 mg dir. Mn 2+ odam organizmiga o’simlik ozuqa mahsulotlari orqali kiradi. Marganes (II) sulfat va marganes (II) xlorid kamqonlikni davolashda tavsiya etiladi. Kaliy permanganat tibbiyotda antiseptik modda sifatida jarohatlarni tomoqni chayqab siydik yo’llari va jinsiy a’zolar kasalliklarida ishlatiladi. Klinik laboratoriyada qon va o`t tarkibidagi kaltsiyni aniqlashda ishlatiladi. 264 Zn― Zn +2 odam organizmida ko’zning to’rsimon pardasining tarkibida, prostata bezida, jigarda va mushakda uchraydi. Qon hosil bo’lishida, organizimning o`sishida, rivojlanishi va ko’payishida ishtirok etadi. Ruh sulfat konyuktivitda, surunkali laringitlarni davolashda ishlatiladi. Ruh naftalin pastasi teri kasalliklari ekzemalar va furunkullarni davolashda ishlatiladi. Fe― Fe ++ organizmda (0,005%) tarqalgan metallardandir. Katta yoshli odamning tanasida 4-5 g Fe bo’lib uning 65-70% gemoglabin tarkibida 15 % jigarda, taloqda, ilikda va buyrakda, qolgan miqdori esa oqsilni sintez qilishda hamda qonning plazma qismida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi. Temir organizimda qon ishlab chiqaruvchi organlar faoliyatini uyg`otib, to’qimalarning o`sishiga ta’sir qiladi. Organizimda temirning yetishmasligi og`ir potologik holatlarga olib keladi.Organizmda temir miqdorining yetishmasligi oshqozon osti bezi funksiyasining buzilishiga sabab bo’ladi. Organizmda Fe miqdori yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan kamqonlikda temir birikmalarini ishlatilishi katta ahamiyatga ega. Odam organizmida kimyoviy elementlarning miqdor ko`rsatkichlarining turlicha bo`lishi masalan-buyrakda kadmiy miqdori, jigarda molibden miqdori yosh ulg`ayishi bilan ortar ekan, xrom vannadiy kabi mikroelementlar kamayadi. Oziq moddalarda ruh miqdorining ortishi tarkibida temir tutgan fermentlar faoliyatini susaytirib yuboradi. Bir qancha elementlar(Kumush, simob, kadmiy) zaharli hisoblanadi, chunki ularning organizmga oz miqdorda kirishi ham og`ir kasalliklarga olib keladi. Ushbu ma`lumotlardan habardorlik bo`lajak kimyo o`qituvchisini tibbiyot kollejlarida kimyo fanlarini biologiya, tibbiyot bilan bog`lab o`qitishda qo`l keladi. Tibbiyot, biologiya, kimyo fanlarining o`zaro bog`liqligini ochib berishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etadi. O`quvchilar e`tiborini jalb etib, kasbga bo`lgan ishtiyoqini oshirishda kimyo faninig o`rnini bilib olishga undaydi. Umumta`lim fanlarini o`qitish bo`lajak o`qituvchilarda kimyo fanini turli kasblarga yo`naltirib o`qitish kimyo faninig dolzarbligi haqida ma`lumotlar beradi. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling