Мирзо улуғбек номидаги
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy universitet Lobar bilan tezis
Фойдаланилган адабиётлар
1. Файзуллаев О. Аналитик кимё. Toшкент, “Янги аср авлоди”, 2006, 488 бет. 2. Д.Рўзиева, М.Усманбаева, З.Ҳалиқова. “Интерфаол методлар: моҳияти ва қўлланилиши”. Методик қўлланма. Тошкент, 2013 йил. YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR BO’LIMINI O’QITISHDA O’YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI Maxmatkulova Z.X., Abduazimova D.Sh. Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Toshkent sh. O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng o’tgan vaqt davomida jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Bu madaniy-ma’rifiy mazmunga ega bo’lgan tub islohotlarning samarasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Bu islohotlardan ko’zlangan yagona maqsad- 232 O’zbekiston Respublikasida insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan “2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Mazkur strategiyaning IV bobi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” deb nomlangan bo’lib, unda ta’lim va fan sohasini rivojlantirish hamda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar jamiyat hayotini yangilashda muhim o’rin tutadi. Jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyoti ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning bilim darajasi hamda ular tomonidan egallangan kasbiy ko’nikmalariga bog’liq.Jamiyat hayotidagi barcha o’zgarishlar ta’lim tizimida ham o’z aksini topishi tabiiy. Kimyoni o’qitishda faqat axborot berish davri allaqachonlar o’tib ketgan. Endilikda, bilim oluvchilarni mustaqil fikrlashga, didaktik yangiliklarni izlab topishga undash va ularni shunday faoliyatga yo’naltirish payti yetib keldi. Bugungi kun o’qituvchisi har bir mashg’ulotga kirar ekan, har doim uning oldida “Darsni qanday tashkil etish kerak?”, “Qaysi didaktik materialdan qay tarzda foydalanish kerak?”, “Ushbu mavzuni o’tishda qaysi metodlardan foydalanish samarali bo’ladi?” degan savol turadi. Darsda ko’zda tutilgan ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlarga erishishda o’qituvchining o’z mutaxassisligi doirasidagi chuqur bilimi, intellektual salohiyatining o’zi yetarli emas. O’qituvchi o’zidagi bilimlarni o’quvchilarga to’liq singdira olishi hamda ularda egallangan bilimlarini amalda qo’llay olishga qaratilgan ko’nikma va malakalarni shakllantira olishi kerak. SHu bois har bir fan o’qituvchisi, xoh u maktab o’qituvchisi, xoh u oliy taolim o’qituvchisi bo’lsin, nafaqat o’z tajribasi, balki o’zgalar tajribasiga ham suyangan holda dars o’tish metodlari ustida jiddiy bosh qotirishi zarur. Yangi o’tilayotgan mavzuni hayotga bog’lab, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda qiziqarli bayon etish, o’quvchilarda mavzuga bo’lgan qiziqishni oshiruvchi va ularning darsdagi faolligini ta’minlovchi muhim vosita hisoblanadi. Bizga ma’lumki, yuqori molekulyar birikmalar bo’limi, organik kimyo kursining asosiy bo’limlaridan biridir. Shu jihatdan bu bo’limni o’quvchilar ongiga singdirish, fanni o’zlashtirishning muhim omili hisoblanadi. O’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish va ta’lim berish jarayonida kimyoviy bilimlarni rivojlantirish, darslarni uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etish, o’qituvchi va o’quvchi munosabatlari asosida tashkil etilishi bilan baholanadi. Buni bajarishga erishish uchun kimyoni o’qitishning dastlabki bosqichlaridanoq “Yuqori molekulyar birikmalar” bo’limi mavzularining muhim tomonlarini anglash va o’quv-tarbiya jarayonida turli uslublar orqali o’qitish yuqori samara beradi. Kimyo darslarini pedagogik texnologiyalardan foydalanib o’qitish metodikasiga doir adabiyotlarni o’rganish, ularning mazmunini tahlil 233 qilish shuni ko’rsatdiki, ushbu bo’lim mavzularini didaktik o’yinli texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish, o’quvchilar ushbu mavzularni yaxshi o’zlashtirishlari uchun asos bo’ladi. O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini o’quvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. Tadqiqotchilar didaktik o’yinli texnologiyalar xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. O’yinlarning muhim qirralari L.S. Vigodskiy tomonidan yoritilgan. U o’yinni o’quvchining ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o’zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi. Yuqori molekulyar birikmalar bo’limini o’qitishda o’quvchilarni faollashtirish va dars samaradorligini oshirish uchun “Bahsda g’olib kelish san’ati” deb nomlangan o’yindan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’yinning maqsadi-o’quvchilarning bahs-munozara olib borish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda baholash. O’yin ishtirokchilarining rollari va vazifalari. Boshlovchi-o’qituvchi o’yinning ma’nosi, asosiy bosqichlari va ishtirokchi vazifalarini aytib beradi. Ikki raqobatbardosh 7-10 kishidan iborat guruhlar mavzuga oid qiziqarli savollar bo’yicha munozaraga kirishadilar. Boshlovchi o’qituvchi o’yinni lozim topgan oqimiga yo’llab, uning a’zolari faolligini ta’minlab turadi. Ekspert talabalar munozara ishtirokchilariga baho beradi, guruhga va uning a’zolariga quyidagi me’yorlarga asoslangan holda baho qo’yadi: Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling