Мирзо улуғбек номидаги
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy universitet Lobar bilan tezis
Фойдаланилган адабиётлар
1. Хидирова Б. Файзуллаева Н.С. Педагогик маҳорат. (Олий ўқув юрти талабалари ва ўқитувчилари учун ўқув қўлланма). Тошкент. “Янги аср авлоди”. 2009 . 2. Педагогика. Педагогические теории системы, технологии. Под.ред. С.А.Смирнова. – М.: Академия, 2004. 3. Розиқов О., Оғаев С., Маҳмудов М., Адизов Б. Таълим технологияси. – Т.: Ўқитувчи, 1999. “I VA II GURUH KATIONLARINI SISTEMATIK TAHLIL QILISH” MAVZUSINI O’QITISHDA INTERFAOL USULLARNING AHAMIYATI Toshboyeva Sh.K., Allanazarova D.M. Guliston davlat universiteti, Guliston sh. Hozirgi kunda an'anviy uslublardan tubdan farq qiluvchi innovatsion pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish zamon talabiga aylanib bo`ldi. Innovatsiya inglizcha "innovation" so`zidan olingan bo`lib, o`zbek tilidagi ma'nosi yangilik kiritish, yangilik demakdir. Har qanday pedagogik texnologiya asosini ilmiy jihatdan loyihalangan didaktik jarayon – o`quv-bilish faoliyati tuzilmasi tashkil etadi. Ana shu 227 jarayonni ajratilgan vaqt doirasida amalga oshirish o`qituvchining kasb mahoratiga bog`liq. Bugungi kunda analitik kimyo fanida ham yangi pedagogik texnologiyaning interfaol usullarini keng qo`llagan holda olib borish dolzarb muammolardan biridir. Yangi pedagogik texnologiyalarning interfaol usullaridan foydalanish talabalarni mustaqil fikrlashga, o`qituvchi tomonidan berilayotgan bahsli, muammoli vaziyatlarni hal etishga, topshiriq, vazifa va masalaning yechimini topishga undaydi, natijada talaba mustaqil fikrlay boshlaydi, adabiyotlarga murojaat qiladi, guruhdoshlari bilan maslahatlashadi, bahslashadi, izlanadi, ma'lumotlar to`playdi, natijada to`g`ri yechimni topishga erishishga muvofiq bo`ladi. Natijada bilishga, o`rganishga harakati, qiziqishi kuchayadi. Interfaol uslub va texnologiyalardan foydalanuvchilar o`quv jarayonini tashkil etish uchun texnologiya treninglarni aynan bir xil tartibda o`tkazishlari shart emas, har qaysi o`qituvchi bu treninglarning umumiy shaklini bilib olgan holda o`zlarining dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan treninglarning to`liq yoki ularning ba'zi bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari mumkin. “I va II guruh kationlari aralashmasini sistematik tahlil qilish” mavzusi bo`yicha o`tilgan ma'ruza va laboratoriya mashg`ulotlaridan so`ng talabalarni baholab olish maqsadida innovatsion pedagogik texnologiyaning interfaol usullaridan biri bo`lgan "Blits-so`rov" yoki “To`g`ri joylashtir” usulining qo`llanilishi ayni mavzuni har tomonlama kengroq o`rganishga mos keladi. Ushbu usul talabalarni harakatlar ketma-ketligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan fani asosida xilma-xil fikrlar, ma'lumotlar ichidan keraklisini tanlab olishni, o'z faoliyatini rejalashtira olishni o'rgatishga qaratilgan. O'qituvchi talabalarga ushbu mashg'ulot bir necha bosqichda o'tkazilishi haqida tushuncha beradi. Har bir bosqichga mo’ljallangan vazifalarni bajarishga aniq vaqt berilishi, talabalar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi, bu mashg'ulotni o'tkazish tartibi hisoblanadi. Keyin hammaga alohida tarqatma material beradi va ushbu materialni sinchiklab o'rganishlarini so'raydi. Bu jarayonni kompyuterdan foydalanib, videoproektor orqali ekranga uzatib ham bajarish mumkin. O'qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi: "Talabaning familiyasi va ismi" va "Guruhi" bo'limlarini to'ldirishni aytadi. Har bir talaba o'zining shaxsiy fikri asosida "Shaxsiy javob" bo'limiga berilgan jarayonlarni ketma-ketlikda raqamlab chiqadi, bu topshiriq uchun 6-10 daqiqa vaqt beriladi. Keyingi bosqich to`g`ri javobni e'lon qilish va ajratilgan kataklarni to`ldirishdan iboratdir. “To`g`ri javob” va “Shaxsiy javob” bo`limlarining kattasidan kichigi ayriladi hamda natija son jadvalining “Shaxsiy xato” kataklariga yoziladi. Talabalarga to`g`ri javobni e'lon qilib, ularning ziyrakligi, berilayotgan har bir masala haqida mantiqiy mulohaza yuritishi, nostandart 228 vaziyatlarda sarosimaga tushib qolmasliklari va vaziyatga ijodiy yondashish ko`nikmasi muhim ekanligi e'tirof etiladi. Ushbu texnologiyalardan talabalarning mantiqiy fikrlarishi shakillantirish va takomillashtirish maqsadida ham foydalanish mumkin. Topshiriqni “Blits- so`rov” yoki “To`g`ri joylashtir” usulida amalga oshirish vazifasi: I va II guruh kationlarini sistematik tahlil qilishda amalga oshiriladigan jarayonlar ketma- ketligini to`g`ri tanlang. Darsda mavzu bo`yicha tahlil ketma-ketligi tasvirining qo`llanilishi ayni mavzuni har tomonlama kengroq o`rganishga mos keladi: “Blits-so`rov” (yoki “To`g`ri joylashtir”) usulining "To`g`ri javob" variant Jarayonlar mazmuni S ha xsiy xa to S ha xsiy javob To` g` ri javob Cho`kmani eritib olish 5 K + kationini aralashmadan aniqlash 8 Ishqor qo`shib qizdirish 2 Ca 2+ kationini aralashmadan aniqlash 7 NH 4 + kationini aralashmadan aniqlash 1 Ba 2+ kationini aralashmadan aniqlash 6 Ammoniyli bufer va ammoniy karbonat eritmasidan qo`shish 3 Sentrifuga qilib I va II guruh kationlarini bir-biridan ajratib olish 4 Mg 2+ kationini aralashmadan aniqlash 9 Izoh: Savollar sonini ko'paytirish mumkin O`qituvchi boshqa mutaxassislik bo`yicha tahsil olayotgan talabalarga ham “I va II guruh kationlari aralashmasini sistematik tahlil qilish” mavzusini o`rgatishda mavzuning mutaxassislikka xos jihatini ta'kidlab o`tganda va yondoshgandagina yaxshi natijalarga erishish mumkin bo`ladi. Buning uchun esa o`qituvchidan ijodkorlik talab etiladi. Bundan tashqari yangi pedagogik 229 texnologiyalardan foydalanib, har bir mashg`ulotda zamonaviy interfaol metodlarni joriy etgan holda mashg`ulot olib borish, darsning samaradorligini oshiradi va kutilayotgan natijalarning ham yuqori bo`lishi kuzatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling