Мирзо улуғбек номидаги
YER OSTI VA YER USTI SUVLARI TARKIBIDAGI
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy universitet Lobar bilan tezis
YER OSTI VA YER USTI SUVLARI TARKIBIDAGI
SULFIDLARNI ELEKTROKIMYOVIY NAZORAT QILISH Ruziyev J.E., Abdihamidov M.Q., Ruziyev E.A. Samarqand davlat universiteti, Samarqand sh. Mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida “Fuqorolar atrof-muhitga ehtiyotkorona bo’lishga majburdirlar”, 55-moddasida esa “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi 283 hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deb belgilab qo’yilganligi bejiz emas. Uzoqni ko’zlangan ushbu oqilona siyosat atrof muhitning barcha tomonlari-havo, suv zahiralari, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari, landshaftlar va tabiiy yodgorliklarni muhofaza qilish orqali izchil amalga oshirilmoqda. Barcha tirik mavjudotni atrof-muhit atmosferasi, yer va suvning ekologik jihatdan noqulay sharoitlarini keltirib chiqayotgan himoyalash vositalaridan yana bir jihati atrof-muhit ob’yektlarini doimiy analitik nazoratda ushlab turish va analiz usullarini mukammallashtirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirish uchun esa doimiy analitik nazorat zarurdir. Zararli ta’sirga ega bo’lgan ingrediyentlardan biri vodorod sulfid bo’lib, uning turli hosilalari sulfidlar, disulfidlar va merkaptanlar hisoblanadi. Sulfidlar o’ziga xos hid va ta’mga ega bo’lib, tabiatda mineral suv manbalarida, vulqon gazlarida, tabiiy gaz va neft konlarida ko’p uchraydi. Tabiiy suv manbalarida sulfidlar va vodorod sulfidining uchramaganligi ma’qul. Vodorod sulfid suvli eritmalarda uch xil ko’rinishda, ya’ni ionlanmagan vodorod sulfid, ionlar ko’rinishidagi gidrosulfid va sulfid ionlari ko’rinishida uchraydi. Tekshiriladigan ob’yektning suv fazasidagi bu ko’rinishlarning nisbiy konsentratsiyasi avvalo eritmaning pH iga, haroratiga va uning umumiy tuz tarkibiga bog’liqdir. Sulfidlarning yer osti va yer usti suv ob’yektlaridagi ruxsat etilgan me’yori 0.08-0.1 mg/l bo’lib, undan ortiq miqdori inson asab tizimining yemirilishiga, nafas yo’llarining yallig’lanishiga, xushdan ketish va harakat organlarining bo’g’imlarida doimiy og’riq paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Suvning sifatini baholashda belgilangan standartlarning eng muhim xususiyatlaridan biri zararli moddalarning ruxsat etilgan me’yori bo’lib, suv muhitidagi inson salomatligiga zarar keltiruvchi jihatlarni baholash mezonlarini ta’minlaydigan muhim me’yoriy hujjatdir. Zararli moddalarning ruxsat etilgan me’yordan past konsentratsiyalari inson salomatligiga yetarli darajada zaharlovchi ta’sir ko’rsata olmaydi va ularning yer osti va yer usti ichimlik suvlari tarkibidagi miqdori qayd etilgan konsentratsiyalar darajasida doimiy nazorat qilishni talab qiladi. Ushbu O’zbekiston Milliy universitetining 100 yilligi va akademik Sh.T.Tolipovning 110 yilligiga bag’ishlab o’tkazilayotgan “O’zbekistonda analitik kimyoning rivojlanishi va istiqbollari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanda qilinadigan ma’ruzada suvli eritmalardagi sulfid ionlari miqdorini aniqlash uchun sulfid selektiv elektrod tanlash va uning ko’rsatgichlariga eritmaning umumiy tuz tarkibi, eritmaning muhiti, harorati va ion kuchi ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan ilmiy ishlar natijalari haqida fikr yuritiladi. Sulfidlarni ion-selektiv elektrodlar yordamida aniqlash uchun ionometrik usul tanlandi. Taqqoslash elektrodi sifatida esa Ag\AgCl li elektroddan foydalanilgan. 284 Sulfid selektiv elektrodlarni tayyorlash jarayonlari ko’plab ilmiy tadqiqot ishlarida ta’kidlangan usul asosida tayyorlandi. Tanlangan usul asosida tayyorlangan indikator elektrodi 400-700 soat davomida o’zining ish qobiliyatini saqlab qolishi tajriba natijalari asosida o’rganilgan. Elektrodning sulfid ionlariga sezuvchanligi kamayib boshlasa, uning oltingugurtli birikmalarini ekvivalent nuqtalarigacha titrlab, elektrod potensiali 100 mV gacha pasaysa, 5-10 minut davomida toluol eritmasida chayqatib titrlash, elektrodning aktivlanganligini kuzatish mumkin. Shundan so’ng elektrod distillangan suvda saqlanishi maqsadga muvofiqdir. Sulfid selektiv elektrodning ionselektiv qattiq membranasi vazifasini kumush sulfid bilan to’yintirilgan polimer membrana bajaradi. Bunday membrana esa yuqori ion o’tkazuvchanlikka ega bo’lib, qarshiligi va eruvchanligi juda kamligi bilan alohida xususiyatga ega. Quyida keltirilgan jadvallarda sulfid selektiv elektrodning sulfid ionlari miqdorini aniqlash imkoniyatlari o’rganilgan ma’lumotlari keltirilgan: 1-jadval Suvdagi eritmalarda sulfid selektiv elektrod potensialining sulfid ionlari konsentrtsiyasiga bog’liqligi. n=3; p=0.95; t p,f = 4.30 Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling