Мирзо улуғбек номидаги


ANALITIK KIMYONI O’QITISHNI MUKAMMALLASHTIRISHDA


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

ANALITIK KIMYONI O’QITISHNI MUKAMMALLASHTIRISHDA 
“KIMYOVIY ANALIZ USULLARI” BO’YICHA MASALALAR 
TO’PLAMINING O’RNI 
Hasanov Sh.I. Ruziyev E.A.
Samarqand davlat universiteti, Samarqand sh. 
Mamlakatimizda ta’lim tizimini samarali tashkil etishda turli zamonaviy 
innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari taklif etilmoqda ularni amalga 


287 
oshirish jarayonida yangi talablar ham qo’yilmoqda. Innovatsion pedagogik 
texnologiyalar ta’lim jarayonini oldindan rejalashtirishni talab qiladi va bunda 
fan o’qituvchisi talaba o’zlashtira oladigan o’quv materiallaridan dars 
mobaynida foydalaniladigan qo’shimcha masalalar, test topshiriqlari amaliy va 
mustaqil ravishda bajariladigan topshiriqlardan foydalanishni ko’zda tutadi va 
unga darsning mazmunini tushuntirishni va amalda qo’llashga o’rgatishni 
maqsad qilib qo’yadi.
Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohatlar, 
ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan mamlakatimiz 
hukumatining qaror va qonunlari ta’limning hayot bilan bog’lashni, o’qitish 
samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun har 
tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni va zaruriy, 
mukammal ta’lim berishni talab qiladi. 
O’zbekiston Milliy universitetining yuz yilligi va akademik 
Sh.T.Tolipovning 110 yilligiga bag’ishlangan ushbu “O’zbekistonda analitik 
kimyoning rivojlanishi va istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy amaliy 
anjumanida Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasida yangi 
nashr etilgan “Kimyoviy analiz usullari bo’yicha masalalar to’plami” nomli 
o’quv uslubiy qo’llanmaga kiritilgan ma’lumotlar to’g’risida ma’ruza qilinadi. 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi tabiiy fanlarni o’zlashtirish 
jarayonida talabalarda hisoblashga doir masalalarni yechish ko’nikmalarining 
shakllanishi ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirib, kimyoviy analiz 
jarayonlarining mohiyatini har tomonlama chuqur talqin etish va tushunib 
olishlariga turtki bo’ladi. 
Ushbu kimyoviy analiz usullaridan masala va mashqlar yechishga 
bag’ishlangan to’plam yangi davlat ta’lim standartlari asosida yaratilgan o’quv 
dasturlariga mos keladigan o’zbek tilidagi qo’llanmadir. Ushbu to’plamga 
analizning kimyoviy usullari bo’yicha masalalar kiritilgan. Masalalar kimyoviy 
analiz jarayonida olingan natijalar asosida kimyoviy formulalar tuzish
neytrallash usullari, eritmaning muhiti, aktivligi, aktivlik koiffitsenti, ion kuchi, 
bufer eritmalarning muhitini, cho’kmalarning eruvchanligini aniqlashga doir va 
titrimetrik analizning kislota – asosli, cho’ktirish, kompleks hosil bo’lish, 
oksidlanish – qaytarilish reaksiyalariga asoslangan titrlash usullariga 
bag’ishlangan. Har bir bo’limda qisqacha kirish berilgan bo’lib, unga zaruriy 
hisoblar va masalalarning yechimlaridan namunalar berilgan. 
Mazkur qo’llanma kimyo mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan 
talabalar, magistrantlar va akademik litsey va kasb – hunar kollejlarining kimyo 
chuqurlashtirilib o’qitiladigan guruhlari talabalariga mo’ljallangan. 
Bundan tashqari qo’llanmaga kiritilgan masalalardan oliy va o’rta maxsus 
ta’lim tizimida ta’lim olayotgan talabalar respublika va xalqaro miqyosdagi 
olimpiadalariga tayyorlanish jarayonida, hamda analiz jarayonlari bilan bog’liq 
bo’lgan ishlab chiqarish korxonalarining mutaxassislari, laborant va texnik 
xodimlari ham foydalanishlari mumkin.


288 
Qo’llanmaning har bir bo’limida avvalo qisqacha mavzuga oid bo’lgan 
nazariy ma’lumotlar, formula va tenglamalar, ularning izohlari berilgan bo’lib, 
ushbu ma’lumotlar tavsiya qilinayotgan masala va mashqlarni yechishda 
talabalarga katta yordam beradi. Mavzu bo’yicha berilayotgan masalalarning 
namunaviy yechimlaridan keyin mustaqil yechish uchun tavsiya qilinayotgan 
masala va mashqlar javoblari bilan keltirilgan. 
Kimyoviy analiz usullari bo’yicha masalalar to’plamiga masala va 
mashqlar chet mamlakatlarda shu yo’nalishda chop ettirilgan va yurtimiz 
kimyogar analitiklari tomonidan yaratilgan masala va mashqlar to’plamlaridan 
hamda analitik kimyo bo’yicha nazariy manbalardan keng foydalaniladi. 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling