Мирзо улуғбек номидаги
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy universitet Lobar bilan tezis
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANALITIK KIMYODAN TANLOV FANLARINI O’QITISH Ruziyev E.A., Eshonqulov Z.A.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mavlonov O.M. Mustaqil bilim olish va o‘z-o‘zini baholash orqali bilimni nazorat qilish. –Toshkent.: 2001. -24 b. 2. Олимов Қ. Т., Ашурова С.Ю., Ўринов У.А. Замонавий таълим технологиялари. Тошкент. 2007. 84 б. 291 ANALITIK KIMYODAN TANLOV FANLARINI O’QITISH Ruziyev E.A., Eshonqulov Z.A. Samarqand davlat universiteti, Samarqand sh. Respublikamiz hukumatining malakali va sifat jihatdan bugungi kun talabiga javob beradigan yetuk mutaxassis kadrlar yetishtirish to’grisidagi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ta’lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida” gi farmonida belgilab berilgan vazifalarni hayotga tadbiq etish davlatimiz siyosatining va ta’lim tizimida mehnat qilayotgan har bir professor o’qituvchining ustuvor maqsadli vazifalaridan biri bo’lib qolmog’i lozimdir. Samarqand davlat universitetianalitik kimyo kafedrasida bakalavr va magistrlar tayyorlashda asosiy va ixtisoslik fanlaridan tashqari analitik kimyoning turli sohalarini o’rganish bo’yicha rejalashtirilgan tanlov fanlarini o’qitish tizimi ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Analitik kimyo kafedrasida bitiruvchi kurs talablariga mutaxassislik tanlov fani sifatida ko’p yillardan beri elektrkimyoviy analiz usullari fani o’quvi yo’lga qo’yilgan. Ushbu fanni ba’zi yillari fizik kimyoviy analiz usullari talaba tanlov fanining bir qismi tarzida faqat suvdagi eritmalarda bo’ladigan elektrokimyoviy jarayonlar bilan cheklangan nazariy tushunchalarga e’tibor qaratilgan. Bunda bitiruvchi kurs talabalariga barcha elektrokimyoviy analiz usullari haqidagi nazariy, amaliy va laboratoriyaga oid bo’lgan tushuncha hamda bajariladigan ishlar analitik kimyodan ikkinchi kursda o’tilgan fizik-kimyoviy analiz usullariga tegishli nazariy tushunchalar va alboratoriya ishlari takrorlanib qolayotgan edi. 2017-2018 o’quv yillaridan elektrokimyoviy analiz usullari tanlov fanini talabalarga suvsiz eritmalar analitik kimyosining fizik-kimyoviy asoslari nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqilib o’quv jarayoniga tadbiq etildi. Darslar esa prof. O.Fayzullayevning O’zbekiston Respubliksi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi oily o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya qilgan. “Suvsiz eritmalar elektr kimyoviy analiz usullari”tashkil etildi. Talaba tanlov fanidan darslar qo’llanmada qayt etib o’tilgan elektrokimyoviy analiz usullarida (Potensiometriya, kulonometriya, konduktometriya va voltamperometriya) suvsiz eritmalarning qo’llanilishi asoslari, suvsiz erituvchilarning tasniflari, erigan moddalar xossalariga suvsiz erituvchilarning ta’siri, ularning analitik imkoniyatlari, elektrokimyoviy usullarda ishlatilishi xususiyatlari, elektrodlarda boradigan jarayonlarga erituvchilarning ta’siri, kislota va asoslarning kislota-asos konstantalarini baholash usullari kabi ko’plab tushunchalrni hisobga olingan holda tashkil etildi. Elektrokimyoviy analiz sullariga asoslangan titrlash jarayonlarining barcha hollarida ham suvli-suvsiz eritmalar va erituvchilarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarga alohida e’tibor qaratildi. 292 Amaliy-laboratoriya ishlari uchun ajratilgan 36 soat mobaynida talabalr suvsiz erituvchilarning ionlanishi konstantalarini aniqlash bo’yicha ham tajribalar olib boorish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Suvsiz eritmalar elektrokimyoviy analiz usullari fanini o’qitish uchun malaka talabi va standartlariga mos keladigan, o’quv smestrlariga taqsimlangan ma’ruza, laboratoriya mashg’ulotlari, seminarlar hamda mustaqil ishlarni o’z ichiga olgan ishchi o’quv dasturi tuzilgan. Ishchi o’quv dasturi oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning maxsus majlis bayoni bilan ma’qullangan fanning o’quv dasturiga moslab tuzilgan. Unda shu fanning o’qitishning maqsadi va vazifalari, fa bo’yicha talabalarning bilimiga, malaka va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar, fanning ishlab chiqarishdagi o’rni, fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan ketma-ketligi kabi jihatlar o’rin olgan. Hozirgi kunda “Suvsiz eritmalar elektrokimyoviy analiz usullari” talaba tanlov fanini bitiruvchi kurs talabalariga o’tishda amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun shu o’quv yilidan boshlab keltirilayotgan zamonaviy asbob- uskunalarga moslashtirish jarayoni ketmoqda. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling