Мирзо улуғбек номидаги
ANALITIK KIMYODAN TALABALAR BILIMINI
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy universitet Lobar bilan tezis
ANALITIK KIMYODAN TALABALAR BILIMINI BAHOLASHNING INNOVATSION USULLARI Mamirzayev M.A., Ruziyev J.E. Samarqand davlat universiteti, Samarqand sh. Mamlakatimiz ta’lim tizimi sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan hukumatimizning yangi qarorlari, ta’limni hayot bilan bog’lanishi, o’qitish va o’zlashtirish samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni ta’lab qiladi. Respublikamizda oliy ta’lim tizimini va kadrlar tayyorlashni tubdan isloh qilish, barkamol avlodni tarbiyalash uchun avvalo zarur shart-sharoit hamda imkoniyat yaratish lozim. Buning uchun birinchi navbatda ta’lim tizimining hozirgi ahvolini chuqur tahlil qilish, yuqori malakali pedagoglar, ilmiy salohiyati yuqori olimlar bilan ta’minlanganligini, zamon talablariga mos o’quv- uslubiy adabiyotlar, ilmiy hamda ilmiy-ommabop kitoblar mavjudligini, moddiy-texnika ta’minot darajasini, ilmiy laboratoriyalar, zaruriy reaktivlar, asbob-uskunalarning yetarli darajada ekanligini aniqlash muhimdir. Endilikda o‘qitish jarayonida talabalarni zeriktirib qo‘ymaydigan, fikrlashga, mustaqil ishlashga yo‘naltiradigan har xil usullar va o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Olingan bilimlarni baholashda axborot komminukasion texnologiyalardan foydalanib xolisona baholashi mumkin. Umuman olganda baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin: - O’quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun. - Keyingi bosqichga o’tishdan oldin avval o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash lozim. - Natijaga erishilganligini tasdiqlash uchun. - Ta’lim oluvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun. - Yutuq va kamchilikliarni aniqlash uchun. - Ta’lim beruvchi o’z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun. 289 - Yalpi o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun. - Ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun. - Ta’lim oluvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun. - Tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga,yuqori tashkilotlarga va ota – onalarga ma’lumot berish uchun. Ta’lim jarayonini takomillashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan bir vaqtda masofaviy o’qitish jarayoniga ham juda katta e’tibor berilmoqda, jumladan hozir masofaviy ta’lim tizimlari asosida ta’lim vazirliklari, oliy o’quv yurtlari o’zlarining virtual ta’lim tizimlarini yaratib, shu asosda o’quvchi va talabalarga masofadan o’qitish jarayonlarini tashkillashtirmoqda. Kompyuterda testlash bu qisqa vaqt davomida o’qituvchi tomonidan ko’p sonli talabalarni xolis tekshirishga ruxsat beradigan vositadir. Testni o’tkazishning yaxshi rejalashtirilgan grafigi talabani semestr davomida tizimli ishlashga undaydigan yaxshi omil hisoblanadi. Kompyuyerli testlar talabalar tomonidan yaxshi kutib olinadi. Kompyuyerli testning afzalligi natijalarni avtomatik tekshirish va o’tkazilayotgan testga inson tomonidan ta’sir yo’qligi hisoblanadi. Test nazoratining ijobiy tomonlariga quyidagilar kiradi: 1. Yaxshi tuzulgan pedagogik test obyektiv pedagogik o’lchashning instrumenti bo’lib , uning natijasi nazorat o’tkazuvchi odamga bog’liq bo’lmaydi. 2. Pedagogik test o’quv materiali mazmunini to’liq qamrab olishi mumkin, ta’lim natijasini test usulida o’lchashda- hamma talabalarga nisbatan bir xil , oldimdan belgilangan shkalaga belgilangan aniq va to’g’ri baho qo’yiladi. 3. Test nazoratida texnikani ishlatish qulay, bu ma’lum o’quv materialini yoki butun bir fanni , nisbatan oz vaqt kuch sarflab, ommaviy nazorat qilishga imkon beradi. 4. Test nazoratini kompyuterlar vositasida avtomatlashtirish oson. Bu uning muhim ustunliklaridan biridir. Lekin test usuli ham nuqsonlardan holi emas, masalan, test nazoratining ko’p shakllari talabaning og’zaki va yozma javoblarini mustaqil ifodalash imkoniyatidan mahrum etadi. Talabaning ruhiy kechinmalari ham o’qutuvchi oldida erkin javob berayotganidagidek namoyon bo’lmaydi; Bilimdonligi, shaxsning o’zigagina xos ruhiy xususiyatlarini ko’rsatish imkoni yo’q. Imtihon topshiruvchi to’g’ri javobni tanlashigina mumkin, xolos. Shunga qaramay pedagogik testlarning ijobiy imkoniyatlari katta, ulardan o’rinli, to’g’ri foydalanish ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida o’qish va o’qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi.Har bir pedagog , ta’lim boshqaruvi idoralarining xodimlari test madaniyatini test nazariyasi va amaliyotini chuqur o’rganishlari lozim. Pedagogik testlarni qo’llash o’qitish jarayoni va natijalariga katta ta’sir o’tkazishi mumkin: sifatli tuzulgan testlar talabaning bilish faolligini oshiradi va 290 aksincha, yomon tuzulgan testlar o’qish jarayoniga salbiy ta’sir etishi ham mumkin. Analitik kimyo kafedrasida bu yo’nalishda talabalar bilimini baholashda bir qator ishlar olib borilmoqda. Talabalar bilimini baholashda maxsus test Test_S tizimi joriy etildi va bu tizim orqali talabalarning bilimini baholashda JN ga 10 ball va ON ballari 9 ball ajratildi. Bu dasturda har bir mavzu bo’yicha mavzulashtirilgan testlar banki tuzilgan bo’lib, talabaga login va parol berilgan. Talaba bundan foydalangan holda har bir mavzu bo’yicha o’z bilimini sinashi munkin. Talaba tamonidan ishlangan testlar haqida to’liq ma’lumot dastur xotirasida saqlanadi. Yaratilgan dasturiy taminotdan ba’zi sabablarga ko’ra talaba ma’ruza, amaliy yoki seminar darslariga qatnasha olmasa, qoldirilgan darslarni o’zlashtirish uchun u dekanat ruxsati bilan qayta topshirish blankasi bilan kafedraga keladi. Talabaga o’zlashtirishi kerak bo’lgan mavzu bo’yicha test topshiradi va uning o’zlashtirish ko’rsatkichi aniqlanadi. Bundan tashqari talabalar laboratoriya darslarida kollokvium savollariga javob topshirishda shu mavzu yuzasidan test topshirishlari olishlari mumkin. Test savollari har bir mavzu bo’yicha tuzilgan bo’lib, bunda talaba mavzular bo’yicha ketma-ket test topshiradi. Bundan tashqari talabalar bo’sh vaqtlarida mustaqil bilimini baholashda fakultetda mavjud bo’lgan kompyuter sinflarida mavzular bo’yicha test topshirishlari mumkin. Topshirilgan test natijalari kampyuter xotirasida saqlanadi. Topshirilgan test natijalari asosida talabaning mustaqil ta’limini baholashda foydalanish mumkin. Analitik kimyodan talabalar bilimini elektron nazorat qilishni ta’minlaydigan dasduriy ta’minot yaratilgan.. Bundan tashqari analitik kimyo talabalar bilimini baholashda har bir mavzu boyicha test savollari tuzilgan. Turli sabablarga ko’ra dars qoldirgan talabalar o’zlashtirish ko’rsatkichini baholashda, laboratoriya darslarida, darsdan tashqari tadabalar bilimini nazorat qilishda juda qo’l keladi. Yaratilgan dasturiy ta’minotdan faqat analitik kimyodan emas, balki barcha fanlardan talabalar bilimini baholashda foydalanish mumkin Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling