Мирзо улуғбек номидаги


“ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ USULLARIDAN MASALALAR”


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

“ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ USULLARIDAN MASALALAR” 
NING ANALITIK KIMYODAN TA’LIM BERISHDAGI O’RNI 
Mamadiyeva M.I. Ruziyev E.A. 
Samarqand davlat universiteti, Samarqand sh. 
Bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimi 
ham tub islohotlarga yuz tutmoqda. Bu mamlakatimiz hukumati tomonidan 
barkamol avlodni tarbiyalash, yurtimiz istiqboli, xalq faravonligini ta’minlashga 
nechog’lik e’tibor qaratilayotganligini ko’rsatadi. Har qanday mamlakatning 
jahon bozoridagi raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslarning balki birinchi 
navbatda 
zamonaviy 
muntazam 
yangilanib 
turgan 
texnologiyalarni 
o’zlashtirishga qodir bilimli va intizomli kadrlarni tayyorlashga bog’liqdir.
Hozirgi paytda nafaqat yuksak bilimli zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, 
intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarga ega yoshlargina mamlakatning 
buyuk kelajagini ta’minlashi mumkin. Bu bevosita mamlakatda ta’limning sifat 
va samaradorligi, uning nechog’lik darajada rivojlanganligi bilan bog’liqdir. Shu 
ma’noda ta’limning sifat va samaradorligini oshirish, jahon ta’lim tizimi 
andozalariga mos ravishda rivojlantirish hozirgi davrimizning dolzarb masalasi 
hisoblanadi. Barcha analitik masalalar aniqlanadigan moddani miqdoriy analiz 
qilishga qaratilgan bo’lib, kimyoviy jarayonlarni amalga oshiruvchi innovatsion 
mini-texnologiyalarni ifodalaydi.
Ushbu “Elektrokimyoviy analiz usullaridan masalalar” to’plami analitik 
kimyoning shu yo’nalishida masala va mashqlar yechishga bag’ishlangan bo’lib, 


293 
yangi davlat ta’lim standartlari va malaka talablari asosida yaratilgan o’quv 
rejasi, o’quv dasturi va ishchi o’quv dasturlariga mos keladigan, o’zbek tilida 
yozilgan yangi qo’llanmadir. 
“Elektrokimyoviy analiz usullaridan masalalar” to’plami nomli ushbu 
o’quv-uslubiy qo’llanmaga elektrokimyoviy analizning potensiometrik, 
ionometrik, kulonometrik, konduktometrik, polyarografik va amperometrik 
titrlash usullari bo’yicha masalalar kiritilgan. Bundan tashqari qo’llanmaga 
analitik kimyodan masalalar yechish uchun uslubiy tavsiyalar, elektrokimyoning 
boshlang’ich tushunchalari, galvanik elementlar va elektrogravimetrik analiz 
uslullari bo’yicha masalalar ham o’rin olgan. Har bir mavzu o’z-o’zini tekshirish 
uchun savollar (20 tadan), elektrokimyoviy analiz usullari bo’yicha qisqacha 
nazariy tushunchalar, mustaqil yechish uchun masalalardan namunalar va 
mavzuga oid masalalar yechish kabi alohida-alohida bo’limlardan iborat. Barcha 
masalalarning yechimlaridan namunalar va mustaqil yechish uchun masalalarga 
javoblar ham berilgan. 
Chop etilgan ushbu qo’llanmadan kimyo mutaxassisligi bo’yicha ta’lim 
olayotgan talabalar, magistranlar va akademik litsey hamda kas-hunar 
kollejlarining kimyo chuqurlashtirilib o’qitilayotgan guruhlaridan respublika va 
xalqaro olimpiyadalarga tayyorlanayotgan talabalari hamda analiz jarayonlari 
bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish korxonalarning mutaxassislari, laborant va 
texnik xodimlari ham foydalanishlari mumkin. 
“Elektrokimyoviy analiz usullaridan masalalar” to’plami nomli ushbu 
o’quv-uslubiy qo’llanmaga tavsiya etilgan masalalar va mashqlarni tanlashda 
chet mamlakatlarda shu yo’nalishda chop ettirilgan va yurtimiz kimyogar 
analitiklari tomonidan yozilgan masala va mashqlar to’plamlaridan hamda 
analitik kimyo bo’yicha nazariy manbalardan keng foydalanildi. 
Konferensiyada ma’ruza qilinishi rejalashtirilgan ushbu o’quv-uslubiy 
qo’llanma sifatini yaxshilashga qaratilgan hamkasblarimizning fikr, 
mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz. 


294 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling