Referat mavzu : akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika fanlarining
Download 236.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Jalilov Shavkat
O‘ZBEKISTON-FINALNDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI AMALI MATEMATIKAVA FIZIKA FAKULTETI MATIMATIKA-INFORMATIKA YUNALISHI Fan: informatika va axborot tixnologiyalarini o‘qitish metodikasi REFERAT MAVZU : AKADEMIK LITSEY, KASB-HUNAR KOLLEJLARI INFORMATIKA FANLARINING MAQSADI, MAZMUNI, UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGI Fan: informatika va axborot tixnologiyalarini o‘qitish metodikasi Bajardi: 304 -guruh talabasi Jalilov Shavkat Tekshirdi: o’qituvchi: Mansurov Umid Samarqand - 2023 Reja: Kirish. 1. O’rta-maxsus kasb-hunar ta’limining maqsadi va mazmuni. 2. Informatika va axborot texnologiyalari o’quv predmeti sifatida. 3. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning uzluksiz tizimi. 4. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni. Xulosa. Foydalangan adabiyotlar ro’yxati. Kirish So’ngi yillardagi tub islohotlar ta'lim mazmunini yaratish yo’lida dastlabki qadam bo’la oldi. Bundan keyingi strategik vazifa esa ta'limning shaxsga yo`naltirilgan demokratik modelini vujudga keltirishdan iboratdir. Butungi kunning xarakterli xususiyatlaridan biri sanoatlashgan jamiyatdan axborotlashgan, yuksak texnologik qurilmalarga ega bo’lgan jamiyatga o`tish bilan belgilanadi. Bunday o`tish davri bilan bevosita bog`liq bo`ltan ijtimoiy, moddiy, madaniy taraqqiyotni tamoman yangi bosqichga ko`taradigan qator o`zgarishlarni vujudga keltira oladigan yangi davr kishisi mustaxkam bilim, ko`nikma va saloxiyatga ega bo’lishi kerak. Bu esa ta'lim tizimi, ayniqsa, ta'lim mazmunini yangi model asosida ko`rishni taqozo qiladi. Ta'lim mazmuni—o`qitish tizimining muhim tashkiliy qismi xisoblanib, uning asosiy maqsadi o`zgarishlarni ta'lim mazmuniiing DTSda belgilab qo`yilgan negiziga mutanosib tarzda kiritishdan iboratdir. O`qitish tizimidagi tashqiliy- boshqaruv, iqtisodiy, xududiy islohotlarning mohiyati yangi, yuqori sifatli - ta'lim jarayonini tashkil etishning barcha shart-sharoitlari va mexanizmlarini belgilab berishni taqozo etiladi. Bunday tashkiliy chora-tadbirlarning maqsadi esa yangilangan ta'lim mazmunini amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Bugungi kunda amaliy jihatdan o’rta maxsus kasb-hunar ta'lim mazmunini yangilash, uning demokratik modelini ishlab chiqish zaruriyati o`z yechimini kutayotgan strategik muammolardan biriga aylanib qolgan. Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida, ayniqsa, o`quv-biluv jarayoni mazmunida tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Davlat ta'lim standartlari negizida ta'lim mazmuni muayyan darajada yangilandi. Bir qadar shaxsga yo`naltirilgan ta'lim texnologiyalari o`quv jarayoni amaliyotiga olib kirildi. Lekin fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi, shaxs extiyojlarining muntazam ortib borishi davlat va jamiyatning yosh avlod bilim saviyasi, kasbiy bilim, ko`nikma va malakalariga bo`lgan talabning globallashuvi natijasida ta'limning yangi ko`pxadli axborotlashgan mazmundagi modelini tanlash zaruriyati tug`ilmoqda. O`zbekiston Resvublikasi mustaqil davlat sifatida dunyoning rivojlangan davlatlari bilan ilmiy, iqtisodiy, texnikaviy hamda ta'lim soxasida keng ko`lamda hamkorlikni yo’lga qo`ygan. O`zining axborot almashinuvi va muloqot ko`lamini globallashtirib bormoqda. Natijada tobora rivojlangan bozor iqtisodiyoti munosabatlari vujudga kelmoqda. Bu esa o`z navbatida yuksak darajada ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy bilim, texnik va texnologik maxoratta ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalab yetishtirish zaruriyatini qo`ymoqda. "O`zbekiston Respublikasi davlat siyosatida ta'lim mazmunini muntazam yangilab borish, uning demokratik modelini vujudga keltirish muxim strategik masalalardan biri xisoblanadi. Axborot va texnologiyalar asri bo’lgan XXI asrda esa bu muammo yanada ko`proq dolzarblik kasb etmoqda. Download 236.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling