Referat mavzu : akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika fanlarining


O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi maqsadi va mazmuni


Download 236.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana28.10.2023
Hajmi236.99 Kb.
#1732369
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jalilov Shavkat

O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi maqsadi va mazmuni 
O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim mazmunini modernizatsiyalash strategiyasi 
ta'lim mazmunini quyidagilar asosida belgilashni talab qilmoqda: 
1. O`quvchilarga taqdim qilinadigan yangi bilimlarni, ta'lim mazmunida 
muhim o`rin tutmagan ikkinchi darajali bo`lgan tushunchalarni o`quv dasturlari 
mazmuniga kiritishga yo’l qo`ymaslik, o`zaro bir-birini takrorlaydigan 
tushunchalarni va o`quv materiallarini dastur hamda darsliklarda uyg’un tarzda 
ifodalash, o`quv rejasida o`quv yuklamasini ratsional ifodalashga erishish. 
Barcha o`quv predmetlari mazmuniga kiritilgan bilim va tushunchalar, 
o’quvchi ning maktabdan keyingi xayoti va ish faoliyatida kerak bo’lishi, 
yaroqliligini ta'minlashga erishish, buning uchun pedagogik prognosgikaning 
imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim tizimi 
uchun tuziladigan yangi o`quv dasturlari DTS talablariga mos bo`lishi, shu bilan bir 
qatorda o`quvchilarning salomatligini muxofaza qilish maqsadida o`quvchini 
mantiqiy mushoxada qilishga undovchi o`quv topshiriqlari va o`quv materiallarini 
belgilab berishga asos bo’lishi kerak. O`quv dasturining kirish qismida o’rta maxsus 
kasb-hunar ta'lim mazmunini belgilashga asos bo`la oladigan nazariy didaktik 
qarashlar, yondashuvlar, mezonlar, o`quv jarayonida qo`llaniladigan texnologiyalar 
bayonidan iborat bo`lishi kerak. Bunda o`quvchilarga muayyan o`quv fanidan taqdim 
etiladigan muayyan nazariy bilimlar mavzular shaklida bayon qilinadi. Turli 
yo`nalishdagi amaliy topshiriqlar hamda interfaol ish turlarini kengaytirishga imkon 
yaratish zaruriyati vujudga kelmoqda. Shuningdek, o`quv qo`llanmalari tarkibida 
beriladigan ta'limiy materiallar, savol va topshiriqlar, mustaqil ishlar, uy vazifalari, 
o`quvchining individual bilim olishi, voqea- xodisalarni taxlil qilishi, egallagan 
bilimlarini amalda qo`llashi uchun qulay bo`lishi kerak. Mustaqil ta'lim olish va 
ma'lumotlarni taxlil qilib amaliy ko`nikmalarini shakllantiruvchi topshiriqlar 
ko`lamini kengaytirish orqali ta'lim mazmunini maqsadga muvofiq tarzda belgilash 
imkoniyati vujudga keladi. Bu esa dars jarayonida o`quvchilarning mustaqil faoliyat 
ko`rsatishlariga imkoniyat yaratadi. Ularning individualliklarini ta'minlaydi. O’rta 
maxsus kasb-hunar ta'lim 


muassasalari o`quv dasturlarini o`quvchini pedagogik qo`llab-quvvatlash nuqtai 
nazaridan yondashgan xolda yaratish imkonini beradi. Ta'limning nisbatan yuqori 
bosqichlarida o`quv rejasida ta'lim mazmunini integrallashtirish orqali o`quv 
yuklamalari xajmi qisqartiriladi. Bunda mustaqil ishlar, jumladan, referatlar yozish, 
loyixalashtirish, izlanuvchanlik va tadqiqotchilik faoliyatiga ko`proq vaqt ajratish 
nazarda tutilishi kerak. 
O’rta maxsus kasb-hunar ta'limning barcha o`rinlarida izchil ravishda ta'lim 
mazmunini yangilashga erishish zarur. 
Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, ta'lim mazmunini yangilash deganda 
ta'limning amaldagi mazmunidan voz kechish, degan fikr tushunilmasligi kerak. 
Ta'lim mazmuni birinchn navbatda fan-texnika, ishlab chiqarish hamda jamiyat 
xayotining ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy o`zgarishlarini o`zida ifodalay olishi kerak. 
Shundagina ta'lim o`quvchi shaxsiga nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb etishi 
kerak. 
Ta'lim jarayoni yakunida ko`zda tutilgan natijalarga erishish uchun 
quyidagilarni amalga oshirish lozim: o`quv rejasida ortiqcha o`quv yuklamalarining 
miqdorini 
kamaytirish, 
ya'ni 
takror 
va 
adekvat 
o`quv 
materiallarini 
integrallashtirishga erishish. 
Bugungi kunda ta'lim mazmunini unda mavjud bo’lgan va o`quvchilarning ijtimoiy 
tajribasiga kirmay qolayotgan o`quv materiallarini ekstensiv tarzda chiqarish yo’li 
bilai ta'lim mazmunini yangilab bo’lmaydi. Ta'lim mazmuni birinchi navbatda ilmiy-
nazariy jixatdan asoslangan xolda yangi modellarni joriy etish orqali yangilanadi. 
Bunda amaldagi ta'lim jarayonining chuqur ilmiy taxliliga tayanish talab etiladi. 
Mazkur o`rinda o`quvchilar salomatligini saqlash nuqtai nazaridan yondashgan xolda 
o`quv materiallarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Bunda birinchi navbatda o`quv 
yuklamasi xajmini minimum darajada cheklash maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, 
bu amaldagi ta'lim mazmunida mavjud bo’lgan, lekin o`quvchining ijtimoiy 
tajribasiga kirmay qolayotgan bilim va tushunchalardan xalos bo’lishni taqozo etadi. 
Ya'ni: 
— ko`prok yuqori darajada umumlashtirish uchun tayanch bo’ladigan bilimlarning 
uzoq muddatda o`zlashtirilish; 


— faqat ma'lum bir ixtisoslikdagi kasbiy ta'lim uchun ahamiyatli bo`lgan bilim va 
ko`nikmalarning barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishi kabi xolatlarni ko`zda 
tutib ta'lim mazmunini belgilash tendentsiyasida voz kechish kerak. 
Yuqorida ko`rsatilgan natijalarga erishishning muxim shartlaridan biri shaxsga 
yo’naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishdan iborat. Buning uchun o`quv-biluv 
jarayonida o`quvchining faolligini ta'minlash zarur. Shu bilan birga o`quvchining 
tanlash imkoniyatlari va unda mujassamlashgan qobiliyatlar shakllanishini 
jadallashtirish lozim. 
Ko`rinib turibdiki, amaldagi o’rta maxsus kasb-hunar ta'lim mazmunidagi 
asosiy kamchiliklardan biri bu nafaqat ortiqcha o`quv yuklamasining mavjudligi
balki uning o`quvchi shaxsiga yo`naltirilmaganligida ham namoyon bo`ladi. Ta'lim 
mazmunining shaxsga yo’naltirilganligini ta'minlovchi yo`nalishlarini kengaytirish 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Ta'lim mazmunini yangilash strategiyasi o`qitish samaradorligini oshirish 
nuqtai nazaridan yondashgan xolda belgilanadi. O`quv jarayoni samaradorligi esa 
ta'lim natijalarining sifat ko`rsatkichlari bilan kafolatlanadi, Shuni aloxida ta'kidlash 
kerakki, yangilangan ta'lim modeli imkon qadar ko`prok o`quvchining ijtimoiy 
tajribasiga kirishi lozim. Shuning uchun ham ta'lim mazmunining muntazam 
boyitilib, modernizatsiyalashtirilib borilishi o`quvchilar o`quv faoliyatinnng yuqori 
darajadagi 
motivatsiyasi 
shakllanishiga 
yordam 
berishi 
kerak. 
Bunda 
o`quvchilarning o`quv faoliyati natijasini baxolash tizimi, asosan, rasmiy, ijodiy, 
intellektual xarakterdagi o`quv materialining o`zlashtirnlishini ko`zda tutadi. 
Rivojlaitiruvchi ta'lim xar bir o`quvchining imkoniyatini xisobga olgan xolda 
o`qitish jarayoni bo`lib, unda o`quvchini xar tomonlama rivojlantirish maqsad qilib 
qo’yiladi. Rivojlantiruvchi ta'lim tizimida bilim, ko`nikma va malakalar 
o`quvchining rivojlanganlik darajasini belgilovchi natijalar bo`lib xisoblanadi. 
Ta'lim jarayonini individuallashtirish bilan bog`liq bo`lgan qarashlar 
o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos rivojlanish darajasi shuningdek o’rta 
maxsus kasb-hunar ta'limning turli bo’g`inlarida o`quv jarayonining o`ziga xos 
xususiyaglarini ifodalovchi savollarga javob izlashni taqozo etaladi. 
Ta'lim jarayoni jamiyat xayotining ustuvor yo’nalishi bo`lib, u yosh avlodni 


shakllantirish va muntazam rivojlantirshp bilan bog`liq bo’lgan bir qator muxim 
vazifalarni bajarishga yo’naltirilgandir. Mazkur o`quv vositalari, ya'ni darslik, o`quv 
qo`llanmalari, lug`atlar, o`quv adabiyotlari yordamida o`quvchilarga izchil tizimga 
solingan xolda yetkaziladi. 
Bugungi kunda ta'lim jarayoni oldiga qo`yilgan talablardan biri yetuk shaxs
ijtimoiy bilimdonlik darajasiga ega bo’lgan yoshlarni tayyorlashdan iborat. Ushbu 
yoshlar istiqbolda malakali mutaxassis bo’lishi, mikrosotsiumda o`ziga munosib 
o’rin topishit uchun, birinchi navbatda munosib xayot tayyorgarligi, bilim va 
ma'naviyatta ega bo’lishlari talab etiladi. 
Kelajakda o`quv yuklamalarini maqsadga muvofiq tarzda belgilashda 
quyidagilar xisobga olinishi kerak: 
1. Ta'lim mazmuni yangi modelining tarkibiy qismlarini aniqlashda o`quv 
materiallarini integratsiyalash yo’lidan borish lozim. Bunda integral tarzda 
ifodalangan tushunchalar xisobiga u yoki bu o`quv fani buyicha taqdim etiladigan 
o`quv yuklamasining miqdorini asosli ravishda cheklash mumkin. 
3. O`quvchilarning 
loyixachilik 
ko`nikmalarini, 
ijodkorlik 
faoliyatini 
shakllantirishda, 
asosan 
ta'lim 
mazmuni 
o`quv-biluv jarayonining 
ko`p 
faoliyatlilikka asoslanganligi muxim ahamiyatga ega. Xar bir o`quv fani mazmunida 
nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko`nikmalar uyrunligini ta'minlash lozim. 
O`quvchilarni ta'lim mazmuni vositasida akliy rivojlanish, ularning individual 
faoliyat ko`rsatishlarini ta'minlashga xizmat qiladigan o`quv materiallarini tanlash 
imkoniyati ta'minlanishi kerak. 
4. Ta'lim mazmunida fanlararo aloqadorlikni tanlash o`quvchilarning moddiy 
borliqni yaxlit tasavvur etishlari uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Ta'lim 
mazmunida o`quvchini rivojlantirishga xizmat qiladigan axborotlarni taqdim etish 
natijasida qo`yidagi pedagogik imkoniyatlar vujudga keladi: 
— ta'lim mazmunining yaxlit model sifatida namoyon bo’lishi; 
— ta'lim mazmunining axborotliligi ta'minlanishi; 
— ta'lim mazmunida amaliy natijalarning yaqqol ifodalanishi; 
— ta'lim mazmunidan murakkab nazariy tushunchalarning tez ajratib olinishi; 
— o`quvchi o`zlashtirishi zarur bo’lgan bilimlar yig`indisining yaxlit ifodalanishi. 


Ma'lumki, O`zbekiston Respublikasining «Ta'lim tug`risida»gi qonunida 
ilmiylik tamoyili bilan birga ta'limni insonparvarlashtirish tamoyili hamda uning 
axloqiy yo`nalishlarini kuchaytirish masalalari ko`tarilgan. Bunda ta'limni 
insonparvarlashtirish tamoyili jamiyat rivojlanishining hozirgi boskichi vazifalari va 
xususiya'glariga moe keladigan darajada bo’lishi nazarda to`tilgach Istiqbolda ilmiy-
texnik taraqqiyotni ta'minlash uchun tabiiy - ilmiy bilimlar, texnik va texnologik 
mahorat bilan bir qatorda ijtimoiy bilimdonlik, tolerantlik, xuquqiy madaniyat, 
ishbilarmondik, rakobatbardoshlilik nixoyatda zarurdir. Shu nuqtai nazardan olib 
karalganda, bilimdonlik va insonparvarlikka qullash tamoyili ta'lim- tarbiyaning 
yagona vazifalaridan biri bo`lib xisoblanadi. Ta'lim mazmunini belgilashda mazkur 
tamoyilning qullanilishi ta'lim-tarbiya element-larining yuzaki aloqadorligiga chek 
qo`yadi. 
Ta'lim mazmunini belgilash uchun dastlab ta'lim maqsadlarini uni islox qilish 
asoslarini ilmiy taxlil qilish lozim. Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, ta'lim xar doim 
tarbiyaviy ahamiyat kasb etib kelgan, lekin hozirgi tarixiy-ijtimoiy taraqqiyot 
jarayonida bu birlikning didaktik moxiyati ortib bormoqda. O’rta maxsus kasb-hunar 
ta'lim jarayonida o`quvchilarning axloqiy, g`oyaviy-siyosiy jixatdan shakllanganlik 
darajasini nazorat qilish hamda baxolab borish tizimi mavjud emas. Bu tizimning 
asosiy yo`nalishlari ta'lim mazmunining tarbiyaviy maqsadlaridan kelib chiqishi 
lozim. 
Ta'lim mazmunini belgilash soxasida amalga oshirilayotgan xarakatlarning 
quyidagi asosiy yo`nalishlari mavjud: 
— ta'lim mazmunini tanlashda demokratiya, insonparvarlik tamoyillariga amal 
qilish; 
— ma'naviy meros, mentalitet, fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish yutuklarini 
o`quvchilar ongiga yetkazishga xizmat qiladigan tushunchalarni ta'lim mazmuniga 
singdirish; 
— O`qituvchilarni yangi mazmundagi ta'lim modelini o`quvchilar ongiga 
yetkazishga tayyorlash; 
— yangi mazmundagi ta'lim modellarini o`qituvchilarga yetkazishga xizmat 
qiladigan ta'limiy topshiriqlar, dars ishlanmalari, ta'lim texnologiyalarini taqdim 


qilish kabilar. 
O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim jarayonida amalga oshiriladigan o`quv-biluv 
jarayonida o`quvchi shaxsi kamolotini ta'minlashda ustuvor maqsad sifatida qarash 
kerak. Buning uchun ta'lim mazmuniga ajdodlarimiz merosini omilkorlik bilan 
singdirish talab etiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «O`zbekistonning o`z 
istiqlol va taraqqiyot yo`li» asarida ta'kidlaganidek: «Ta'lim O`zbekiston xalqi 
ma'naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O`sib kelayotgan avlodning 
barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb-kori, maxorati uzluksiz 
takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodlarga 
o`tadi». Bu fikrlardan ta'lim mazmunini belgilashda samarali foydalanish lozim. 
Ta'lim bugungi kunda o`quvchining ham individual, ham umumiy 
taraqqiyotini ta'minlovchi jarayon sifatida namoyon bo`lmog`i kerak. Shuning uchun 
ham mazkur jarayon turli yoshdagi o`quvchilarning aqliy rivojlanish dinamikasini, 
o`quv-biluv jarayonida 
o`quvchi 
shaxsining 
faoliyati, 
ta'lim 
olishi 
va 
rivojlanishiiining o`zaro aloqadorligini ta'minlashga yordam bermog’i lozim. 
Qaysikim, bu xolat rivojlantiruvchi ta'lim g’oyasida o`z aksini topmoqda. 
O`quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga yo’naltirilgan o`quv- biluv 
jarayonini tashkil etish o’ta muhim masalalardan biridir. Bunda bilish jarayonining 
o`zi o`quvchini kuzatish, uning faoliyatini tashkil etishga yo’naltirilmog’i zarur. 
Shuningdek, hozirgi zamon gumanistik yo’nalishdagi psixologiyaning g’oyasi 
o`quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishdan iboratdir. Buning 
uchun o`z-o`zini rivojlantirish maydonini vujudga keltirishga bo’lgan extiyoj tarkib 
topmog`i zarur. Shaxsning o`ziga xos yaxlitligini tarkib toptirishda o`quv-biluv 
jarayoni muhim omildir. Bu jarayon ilmiy-metodik hamda moddiy- texnik jixatdan 
to’la ta'minlangandagina samarali natijalar beradi. O`quvchida bilish extiyojining 
paydo bo’lish motivlari ham mana shu shart-sharoit natijasida vujudga keladi. 
Bularning barchasi o`quvchi shaxsi rivojlanishinining psixologik, pedagogik, 
didaktik yo’nalishlarini belgilaydi. 
Shaxs taraqqiyotini ta'minlovchi ta'lim jarayonini tashkil etish «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»ning asosini ifodalaydi. O`quv-biluv jarayonida 


o`quvchining o`ziga xosligini pedagogik qo`llab-quvvatlash choralarini rivojlantirish 
muammosining yechimlarini izlash bugungi kunda o’ta muximdir. 
O`quvchi shaxsini axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning jismoniy hamda ruxiy 
salomatligini muxofaza qilish hamda mustaxkamlash xar bir bolaning o`ziga 
xosligini saqlab kolish, rivojlantirish, qo`llab-quvvatlash uning taraqqiyot darajasiga 
muayayn talablar qo`yish hamda ta'lim jarayonini tashqil etishda unga rioya qilish 
muximdir. Barcha o`quv fanlaridan ta'lim mazmunini gumanitarlashtirish bilan 
bog`liq bo’lgan talablarni belgilab olishni taqozo qiladi. 
Ta'limning variativligi hamda o`quvchi shaxsiga umuminsoniy madaniyatni 
singdirishga yo’naltirilishiga erishish ham didaktikada muxim ahamiyatga ega 
bo’lgan muxim masalalardan biridir. Muayyan o`quv predmeta vositasida dunyoning 
yaxlit tarzdagi manzarasini ifodalash talabiga ham ta'lim mazmunini belgilashda, 
darsliklar yaratishda rioya qilish talab etiladi. Asosiy g`oyalar va didaktik tamoyillar 
insonparvarlikka intilish pedagogik-psixologik ma'lumotlarga asoslangan xolda 
barcha o`quvchilar ta'lim olish jarayonida bilim olish layoqatiga ega ekanliklarining 
qay darajadaligini aniqlash lozim. Shundagina ular uchun yetarli pedagogik, didaktik, 
moddiy' texnik shart-sharoitlarni maqsadga muvofiq, tarzda yaratish mumkin. Bu esa 
ularning bilim darajasining yuqori bo’lishining asosiy omilidir. Xar bir bosqich 
uchun yaratiladigan darsliklarda o`quvchi 
shaxsining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan o`zgarishlar aniq xisobga olinishi kerak. 
Xar bir yosh davrida o`ziga xos o`quv yuklamasini taqdim qiladigan o`quv- 
metodik majmualar zarurligini davrning o`zi taqozo qilmoqda. Bu o`quv jarayoni 
muvafaqqiyatli kechishining muhim shartlaridan biri hamdir. Chunki bolaning yoshi, 
uning tajribasini tavsiflovchi bosh omildir. Buni o`quv-metodik majmualarning 
yangi avlodini yaratishga kirishganda xar bir mutaxassis anglab yetishi lozim. 
Darslik mualliflari o`quvchining ijtimoiy tajribasini xisobga olish deganda, faqat 
turli-tuman manbalar, kompyuterlar, istiroxat bog’lari, madaniyat o’choqlariga 
qilinadigan sayru sayohat va boshqalar vositasida xar daqiqada boyib borayotgan 
shaxardagi o`quvchining ijtimoiy tajribasini emas, balki shaxar xayotidan, kino, teatr, 
istiroxat bog’laridan uzoqda kompyuter kirib bormagan qishloq va ovul bolalarining 
ijtimoiy tajribasini boyitishni ham nazarda tutgan xolda darsliklarni yaratishga 


erishishlari lozim. 
Xar bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda ularni 
pedagogik qo`llab-quvvatlash, qobiliyat va iqtidorlarini ro`yobga chiqarish, muayyan 
sharoitga moslashuvchanligini qaror toptirishga yo’naltirilgan maxsus o`quv 
faoliyatida o`quvchining optimal rivojlanishini ta'minlash muhimdir. Yangi sharoitda 
optimal rivojlanishlaganda, biz o`quvchining o`ziga xosligini pedagogik jixatdan, 
uning rivojlanishi boshqa, yangicha bir o`quv modeli ta'sir qilishini ko`zda tutamiz. 
Agar o`qituvchiga ta'lim berish va rivojlangirish muammosi uyg`unlashtirilsa, uning 
o`ziga xosligini pedagagik qo`llab-quvvatlash birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 
Didaktik va psixologik talablarni xisobga olgan xolda muayyan o`quv predmet 
doirasida maxsus tashkil etilgan individual hamda aloxida guruxlarda, jamoa bo`lib 
olib boriladigan ishlar orqali hamda turlicha murakkablik darajasida bo`lgan 

Download 236.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling