Referat mavzu : akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika fanlarining
Download 236.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Jalilov Shavkat
topshiriqlarning xar tomonlama o`ylab ishlab chiqilgan tizimi, xar mavzuning
o`zlashtirilishi muayyan pedagogik shart-sharoitlarni talab qiladiki, bunday sharoitda ta'lim rivojlanishga nisbatan ilgarilab boradi. O`quvchi, odatda mustaqil bajariladigan topshirig`ini kichik guruxda o`zaro yordam, hamfikrlik natijasida tez bajaradi. Kichik gurux uchun murakkablik qiladigan mashq va masalalarni o`quvchilar jamoa bo`lib oson va sifatli bajarishlari mumkin. Savol va topshiriqlarning differentsiallik darajasidan kelib chiqqan xolda hamda bir mavzu bo`yicha belgilab beriladigan topshiriqlar, udarning sifati, xar bir o`quvchining namoyon qilishni talab qiladi. Shu bilan bir qatorda bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida o`quvchi o`z rivojlanishi va bilim sifatining darajasi va individual xarakatlarini ham belgilab oladi. O`quvchi shaxsining o`ziga xos taraqqiyot jarayoni quyidagilarda namoyon bo’ladi o`z bilimlarini oshirishda, u yoki bu o`quv predmetini o`zlashtirishga moyillik tarzida ijodiy tafakkur, aqliy qobiliyatning taraqqiyoti predmetiga nisbatan bilimdonlik, aqliy qobiliyat ijodiy tafakkurning rivojlanishi, xissiyotni tarbiyalash, jamoa xayoti va o`quv-tarbiya jarayoniga ijtimoiy psixologik jixatdan moslashish, o`z zimmasiga javobgarlikni olish mustaqil qarorlar qabul qilish va unga mos xarakatlarni bajarish, jamoa orasida odatlanish, tengdoshlari kabi kattalarga ham murojaat qila olish, hamda dadil tanqid qila olish, boshqalarga yordam ko`rsatish, shaxsiy fikrini asoslash va isbotlash, jismoniy madaniyat elementlarini namoyon qila olish, sog`lom turmush tarzining qimmatli ahamiyatini anglab yetish, alkogol va narkotiklar zararini tushunib yetish, estetik didga ega bo’lish, atrof-olamning go`zalligini xis etish, tabiatga extiyotkorona munosabatda bo`lish ko`nikmalarini ma’nosini bila olish, tahlil qilish, farqlash ko`nikmalariga ega bo’lish, boshqalarning fikrlarini xurmatlash, jamiyat a'zolar bilan muloqot qilish madaniyatiga ega bo`lish. Bu ko`nikmalarning qimmati va zarurligini anglash o`quvchilarning ongida dunyoning ilmiy manzarasini yaxlit tarzda gavdalantirish, bu manzarani uning uchun qulay bo`lgan materiallar orqali yetkazish lozimligini tasdiqlaydi. Bu materiallar turli ta'lim soxalarining mazmuni orqali yetkaziladi, Xar bir o`quv predmetining mazmunida dunyoning ilmiy manzarasi o`ziga xos integratsiyalashgan tarzda ifodalanishi lozim. Bugungi kunda ta'lim mazmunini tanlashda xar bir o`quvchining o`ziga xosligiga tayangan xolda uning o`ziga xosligini ta'minlashdan iborat. Bunda o`quvchining o`ziga xos imkoniyat va qobiliyat darajasi aloxida xisobga olinishi kerak. Davlat ta'lim standarti talablari asosida tuzilgan dastur materiallarini o`zlashtirishda xar bir o`quvchiga yordam va o`zaro yordam nixoyatda zarurdir. Chunki bunday yordamsiz standart talablarini o`quvchi to’liq o`zlashtira olmaydi. Bu yordam aynan o`quv-biluv jarayonida turli-tuman mikromaydonlarni tashkil etish sharoitida amalga oshirilishi kerak. Xuddi shunday bir sharoit yaratilgan taqdirda xar bir o`quvchi DTSda ko`rsatilgan ta'lim mazmuni negizini tashkil qilgan hamda o`quv dasturiga kirgan o`quv materiallarini o`zlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu tadbir ta'limning turli bosqichlarida pedagogik yordamning turli ko`rinishlari sifatida o`qituvchi hamda o`quvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Uzluksiz ta'lim jarayonida bilim, ko`nikma va malakalar o`quvchilarni rivojlantirishning maqsadi emas, balki vositasi sifatida qaralishiga erishish lozim. DTS da ko`zda tutilgan ta'lim mazmunini o`zlashtirish natijasi mustaxkam bilim, ko`nikma va malakalar sifatida namoyon bo’lishi kerak. Shu bilan bir qatorda ko`pvariantli o`quv materiallarini o`quvchilarning individual imkoniyatlarini xisobga olgan xolda taqdim etishni ham nazarda tutish lozim. Bunday tadbirni amalga oshirish muxim didaktik qimmatga ega. Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, DTSda ko`zda tutilgan ta'lim mazmunini barcha o`quvchilar ko`nikma darajasida egallashlari shart. Shundan keyingina o`quvchining individual imkoniyati va xoxishini xisobga olgan bir qadar murakkabroq o`quv materiallarini taqdim etish lozim. Bunday o`quv materiallari alternativ, o`quv dasturlari, darslik va o`quv adabiyotlarida o`z aksini topmog`i lozim. Bunda o`quvchining bilim sifati va muayyan fanni o`qitishga qo`yiladigan talablar ham bir qadar oshiriladi. Ta'lim mazmunini integrallashning muhim shartlaridan biri, avvalambor, ta'lim mazmuniga singdirilgan barcha tushunchalarni tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy-gumanitar soxaga oid bilimlar sifatida taqdim etishdan iboratdir. Integrallashgan o`quv kurslari o`quvchilarda dunyoning yaxlitligi xakida bir butun tasavvur xosil qilishga ko`maklashadi. Tabiiyki, bir qator o`quv fanlarini integratsiyalashga bugungi kunda kuchli extiyoj sezilmoqda. Bir o`quv predmetining mazmuni nafaqat muayyan fan uchun dasturida ko`zda tutilgan mavzularni, balki moddiy borlik xodisalarini ham o`zida mujassamlashtirgan xolda ifodalaydi. Matematik hamda til, mulokot qonuniyatlarining ifodalanishini aks ettiradi. Bu manzaralarni o`quvchi anglab olishini ta'minlashga erishish muxim ahamiyatga ega. Jonli va jonsiz tabiatning aloqadorligi, tabiat bilan kishilik jamiyati madaniyatining mutanosibligi manzarasi o`quv predmetlari mazmunida o`z aksini topmog`i kerak. Amaliy ijodning texnikasi hamda texnologiyasining ifodalanishi fan-texnika rivojlanayotgan bizning asrimizda muxim ahamiyatga ega. Xar bir o`quvchining umumiy rivojlanishi uchun didaktik jixatdan qulaylik yaratish kerak. Buning uchun o`quv-biluv jarayonida, avvalambor, psixologik qulaylik bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Bu, o`z navbatida, o`quv-biluv jarayonida o`quvchining xar tomonlama rivojlanishi uchun qulay pedagogik shart-sharoit vujudga kelishiga imkon beradi. Turli-tuman o`quv hamda kommunikativ ko`nikma va malakalarning shakllanishi ta'lim jarayonining muvafaqqiyatli bo`lishini ta'minlaydi. O`quvchilarning ruxiy salomatligini mustaxkamlash imkoniyatini yaratadi. O`quv jarayonining barcha qulayliklar asosida tashkil etilishi natijasida o`quvchida ruxiy ishonch qaror topadi. Bu esa o`quv-biluv faoliyatini jadallashtiradi. O`quv faoliyatiga bunday qulaylik xar bir o`quvchining DTSda ko`zda tutilgan ta'lim mazmunining asosiy negizini to`liq o`zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi. Ta'lim jarayonida o`quvchilarning o`quv materiallarini puxta o`zlashtirishlari, bilimlarining mustaxkam bo`lishi uchun qulay pedagogik muxitni vujudga keltiradi. O`qitishning tashkiliy shakllari samaradorligini aniqlash quyidagi talablarga rioya qilishga bog’liq: 1. O`qitish jarayonining maqsadi, mazmuni va sharoitlari o`rtasidagi aloqadorlikni ta'minlash. O`qitishning tashqiliy shakllarini tanlash o`quv materialining o`ziga xosligi, uning hajmi, murakkablik darajasi, tushunarlilmgi, darslikdagi bayoniga bog’liq. 2. Barcha o`quvchilarni intensiv o`qitish, ularda puxta bilim, ko`nikma va fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish. O`qitishning tashqiliy shakllari bu jarayonga mos ravishda tanlanishi kerak. Masalan, guruh ishi faqat tashqi faollikka olib kelmasdan, o`qitish samaradorligini oshirgandagina o`zining asosiy vazifasini bajargan bo`ladi 3. O`quv faoliyatini rejalashtirish. O`qitishning tashkiliy shakllarini muntazam yangilab borish. Masalan, o`quv dasturida berilgan o`quv yuklamasini bajarish uchun zarur bo’lgan vaqtni oshirib yubormaslik lozim. 4. O`qitish jarayonida turli tarbiyaviy masalalarni yechish. Masalan, do’stlik, o`zaro yordam, ishbilarmonlik, qat'iyatlilik, mustaqillikni qaror toptirish. 5. O`qitish jarayonida muhim bo’lgan pedagogik shart-sharoitlar va imkoniyatlarni xisobga olish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling