Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitet


Download 37.11 Kb.
bet1/7
Sana31.03.2023
Hajmi37.11 Kb.
#1310939
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Utayev Shahzodjon 1 (2)1 (1)

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitet


Tarix fakulteti Tarix(mamlakat va yo’nalishlar) yo’nalishi 2-kurs 101-c-guruh talabasining Tarixiy o’lkashunoslik fanidan tayyorlagan


KURS ISHI


Mavzu: O’lkamizda saqlanib qolgan urf-odat va marosimlar (Buxoro va Navoiy misolida)


Bajardi: O’tayev Shahzod
Qabul qildi: Haydarov Zuhriddin
Toshkent-2022

Reja:


Kirish.



  1. Navoiy viloyatida saqlanib qolgan urf-odat va an’analar to’g’risida

    1. Navoiy viloyatining to’y marosimlari

    2. Navoiy viloyatining qadimiy an’analari

    3. Navoiy viloyatining urf-odatlari




  1. Buxoro viloyatida saqlanib qolgan urf-odat va an’analar to’g’risida

    1. Buxoro viloyatining an’analari

    2. Buxoro viloyatining urf-odatlari va qadimiy marosimlari

    3. Buxoro viloyatining to’y marosimlari va Buxoro yahudiylari



Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalqning o’zining tarixan shakllanib kelgan an’ana va urf odatlariga ega. Shu jumladan o’zbek xalqi ham yillar davomida shakllanib kelgan, o’ziga xos etnogtrafik tarixiga ega. Shunday an’analar ichida o’zbek xalqining to’ylari qadim o’tmishdan to hozirgacha amal qilinayotgan asosiy marosimlari hisoblanadi. An’analar va urf-odatlar : O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik va yoshi kattalarga an’anaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. O’zbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bo’lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular ko’proq hovlisi bo’lgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondo’stlikning bir qismi bo’lgan choyxo’rlik marosimi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib berish faqat mezbonning mutlaq huquqi bo’ladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni doimo qabul qilish va o’z vaqtida kelish qabul qilingan. Mehmonga kelayotganda o’zi bilan birga mezbonning bolalari uchun suvenirlar yoki shirinliklarni olgan yaxshi. Odatda faqat erkaklar bilan qo’l berib so’rashishadi. Ayollar hamda uzoqroq o’tirgan kishilar bilan o’ng qo’lini yuragiga qo’yib, boshini ohista egib salomlashish lozim. Qo’l berib so’rashish paytida an’anaga ko’ra kishining salomatligi, ishda va uydagi ishlari ahvoli to’g’risida so’raydilar. Qishloq joylarda mehmon kelgan paytda ayollar odatda erkaklarning suhbatiga xalal bermaslik uchun ular bilan bir dasturxonga o’qtirmaydilar. Ayollarning go’zalligiga qoyil qolish va ularga jiddiy e’tibor berish qabul qilinmagan. Turar joy xonasiga kirishda poyafzal yechiladi. Mezbon ko’rsatadigan o’ringa o’tirish kerak. Bunda ushbu joy kirishdan qanchalik uzoqda bo’lsa, shunchalik hurmatli bo’ladi. Urf- odatlar O’zbek xalqining urf-odatlari asrlar bo’yi o’zbeklar millatining tashkil etopishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va an’analarining uyg’unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular
o’ta o’ziga xos, yorqin va turli-tuman bo’lib, urug’chilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko’pchiligi oilaviy hayotga oid bo’lib, bolaning tug’ilishi va tarbiyasi (beshik to’yi, xatna qilish), nikoh (fotiha to’yi, to’y) bilan bog’liq bo’ladi. Ko’pincha ular islom urf-odatlarining sehrgarlik amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan undan ham qadimiyroq shakllarga uzviy kirib ketishini namoyon etadi. Islom qabul qilinganidan beri ko’pgina oilaviy-maishiy urf-odatlar uning ta’sirida o’zgargan, o’zbeklarning hayotiga musulmon diiy marosimlari kirib kelgan. Juma kuni bayram kuni hisoblanadi va shu kuni barcha yig’iladigan masjidda umumiy namoz (duo) o’qiladi. Patriarxal urf-odatlar masjid, choyxonalar, bozorda o’tadigan hamda faqat erkaklar ishtirok etadigan ijtimoiy hayotda hozirgacha ham yashamoqda. Beshik to’yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog’liq bo’lib, nishonlanadigan marosimli bayramdir. Bu eng qakdimgi va O’zbekistronda eng keng tarqalgan marosimlardan biri. Odatda bu to’y chaqaloq tug’ilishining yettinchi, to’qqizinchi, va o’n birinchi kuni o’tkaziladi. Turli viloyatlarda marosim o’zicha xususiyatlarga ega bo’ladi va oilaning boyligi darajasiga bog’liq bo’ladi: o’ziga to’q oilalar odatda bu to’yni katta ko’lamda o’tkazadi, kambag’al oilalar esa uni kamtarona nishonlaydilar. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar va o’yinchoqlar o’rab beriladi. Chaqaloqning ota- onasiga, uning bobo-buvilariga sovg’alar tayyorlanadi. Boy bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovg’alar transport vositasiga qo’yilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va nog’ora sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jo’natiladi. An’anaga ko’ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o’ng yelkasiga qo’yadi, keyin o’g’lining yelkasiga uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga beradi. O’tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo’lishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirgan
paytda qo’shni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka solish marosimi o’tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani ko’rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg’alarni beradi va beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan marosim tugab, mehmonlar uy-uylariga qaytadilar. Xatna qilish to’yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o’zbek odatidir (sunnat to’yi). Bu marosim o’g’il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan- kam hollarda 11-12 yoshda o’tkaziladi. Sunnat to’yining o’tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. O’g’il bolaning tug’ilgan paytidan boshlab uning ota- onasi asta-sekinlik bilan kerakli narsalarning hammasini sotib olib, sunnat to’yiga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ko’pincha oddiygina «to’y» ham ataladigan marosimning o’tkazilishidan bir necha oy avval unga bevosita tayyorgarlik boshlanadi. Qarindoshlar va qo’shnilar ko’rpalarni tikishda, to’y sovg’alarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi ko’p bolali onalarga topshiriladi. To’ydan avval mahallada yashovchi oqsoqollar, masjidning imomi va qarindoshlarning huzurida Qur’on o’qiladi1.
Sunnat to’yining o’tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. O’g’il bolaning tug’ilgan paytidan boshlab uning ota-onasi asta-sekinlik bilan kerakli narsalarning hammasini sotib olib, sunnat to’yiga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ko’pincha oddiygina «to’y» ham ataladigan marosimning o’tkazilishidan bir necha oy avval unga bevosita tayyorgarlik boshlanadi. Qarindoshlar va qo’shnilar ko’rpalarni tikishda, to’y sovg’alarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi ko’p bolali onalarga topshiriladi. To’ydan avval mahallada yashovchi oqsoqollar, masjidning imomi va qarindoshlarning huzurida Qur’on o’qiladi. Dasturxon yoziladi. Shundan keyin Qur’ondan suralar o’qiladi va oqsoqollar o’g’il bolaga duo o’qiydilar. Shundan so’ng katta «to’y» boshlanadi. «To’y» dan avval



1 https://hozir.org/ananalar-va-urf-odatlar.html
bolaga qo’shnilar, oqsoqollar, qarindoshlarning oldida sovg’alarni, zar tikilgan kiyimlarni kiydirishadi. O’tmishda toychoqni sovg’a qilish rasm bo’lgan edi, bolani endilikda u jangchi bo’lganligini bildirib, unga bolani o’tqazar edilar. Hamma o’g’il bolani tabriklab, unga pul va shirinliklar sepadi, keyin bularning hammasi ichkarida, ayollarning xonalarida davom etadi. Shu kunning o’zida ayollaring davrasida
«taxurar» - ko’rpalar, yostiqlarni supaga taxlash marosimi o’tkaziladi, buni odatda ko’p bolali ona bajaradi. Marosimni mo’l-ko’l dasturxon, jumladan bayram oshi tamomlaydi. An’anaga ko’ra oshdan keyin kechqurun hovlida katta gulxan yoqiladi va odamlar gulxan atrofida o’ynaydilar, turli o’yinlarni uyushtiradilar. Ertasiga bayram davom etadi2.
Buxoroda Yahudiylarning diniy marosimlari haqida gapiradigan bo’lsam Yahudiylar O’rta Osiyodagi ma’lumki, yahudiylar O’rta Osiyoga qadim zamonlardan ko’chib kelganlar. Ularning bu kelishlari haqida turli xil rivoyatlar mavjud. Ularning ichida umum e’tirof etilganlaridan biri shuki, yahudiylar bu mintaqaga Eron orqali kirib kelganlar. Bu xalqning O‘rta Osiyoga hijrati ko‘p asrlar mobaynida davom etdi. Taxminlarga ko‘ra, ular Assuriya quvg‘inlari paytida mil. avv. VII-VI asrlarda Eronga ko‘chib kela boshlaganlar. Hatto mil. avv. VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o‘lkalarda boshpana topganliklari haqida ham xabarlar bor. Fors davlati ma’lum muddat O‘rta Osiyoni o‘z hukmlari ostida tutib turgan va xuddi shu davrda yahudiylarning ko‘chib kelishi amalga oshgan. Bu fikrni mahalliy yahudiylarning fors lahjalaridan birida gaplashishlari ham quvvatlaydi. Ularning hayot tarzlari, urf-odatlari qadimiy yahudiy, fors va mahalliy -O‘rta Osiyo madaniyatlarining qorishmasidan iborat. Tarixning turli jarayonlarida bu uchmadaniyatdan ba’zilarining ta’siri kuchayishi yoki aksincha susayishi kuzatilgan. XVIII asrning boshlarida O‘rta





2 https://uz.denemetr.com/docs/810/index-44128-1.html
Osiyoda yuz bergan siyosiy jarayonlar tufayli yahudiylar Eron, Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketdi. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan O‘rta Osiyoning ma’lum bir qismining bosib olinishi yana yahudiylarning Turkiston Muxtoriyati va Buxoro Amirligi jamoalariga bo‘linib ketishiga olib keldi. Yahudiylik millat dini bo‘lganligi uchun yahudiylar qaerda bo‘lmasin, biri-ikkinchisidan qancha uzoq bo‘lmasin, o‘qiydigan kitobi –Tavrot, e’tiqod qiladigan dini yagona bo‘lib qolaverdi. XVIII asrda O‘rta Osiyo yahudiylari tushkunlik davrini boshdan kechirdilar. 1793- yili o‘zi G‘arbiy Afrikadan bo‘lib, Falastinning Sfat shahrida yashovchi Iosif Mamon Mag‘ribiy o‘z shahri yahudiylar uchun moddiy yordam to‘plash maqsadida Buxoroga keladi. U bu yerlik yahudiylarning o‘z dinlaridan uzoqlasha boshlaganliklarini ko‘rib, shu yerda qolishga va millatdoshlariga diniy ta’lim berishga ahd qiladi. Yahudiylar doimo tinch, kam aholili joylarda yashashni afzal ko‘rganlar. Agarchi O‘rta Osiyolik yahudiylarni Buxoro yahudiylari deyilsa ham, ular ko‘proq Samarqandda yashaganlar. XVIII asrning o‘rtalarida Nodirshoh Samarqandni bosib olganida uning lashkarlari orasida turklar, lazginlar, afg‘onlar, eroniylar, shuningdek, yahudiylar bo‘lganlar. Ular Samarqandning Shoh-Kash, Chor-Raga, Novadon, Qo‘shhovuz kabi guzarlarida yashab qolganlar. Buxoro hukumati Nodir-shoh davrida yahudiylarga nisbatan yumshoq muomalada bo‘lgan. Son jihatdan ko‘paygan yahudiylarning barchalari bir mavzega jam bo‘lib yashashni xohlashardi. Biroq, Buxoroda ham, uning Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Karmana kabi viloyatlarida ham yahudiylarni musulmonlardan ajralgan holda alohida yashashga majbur edilar. 1843-yilning bahorida mahalliy yahudiylarga Samarqandning sharqiy qismidan 2,5 gektar joyni 10000 kumush tangaga sotish haqidagi shartnoma tuzildi. Bu shartnomani yahudilardan 32 kishi imzoladi, davlat
uning haqiqiyligini to‘rt muhr bilan tasdiqladi. Shunday qilib, yahudiylar o‘zlarining birinchi mahallalariga ega bo‘ldilar3.
Buxoro yahudiylari, Oʻrta Osiyo yahudiylari (oʻzlarini "isroel", "bane iyeroel", "yahudiy - tojik" deb atashadi) - Oʻrta Osiyonyng turli shaharlarida yashaydigan etnik guruh. Buxoro yahudiylari atamasi birinchi boʻlib 16-asrda paydo boʻlgan. Buxoro yahudiylarining oʻtmishdagi u mumiy soni haqida aniq maʼlumot yoʻq.
Ingliz missioneri Volf Amir Nasrullaxon hukmronligi davri (1826-1860)da Buxoroda o’n ming yahudiy yashaganligini koʻrsatib oʻtgan. Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1926-yilda Oʻzbekistonda 18972, 1989-yilda esa 28369, shu jumladan Buxoroda 4200 Buxoro yahudiylari yashagan. Oʻzbekistonda Buxoro yahudiylari, asosan, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Xatirchi, Shahrisabz, Andijon, Margʻilon, Toshkent shahrilarida yashaydilar. Buxoro yahudiylari tili yahudiy- tojik tili boʻlib, tojik tilining jan. guruhiga kiradi. Buxoro yahudiylarining Oʻrta Osiyoda qachon paydo boʻlganlari munozarali. Baʼzi olimlar(M. Zand)ning fikricha, yahudiylar Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi VI asrda paydo boʻlganlar.




3 https ://studylib.net/doc/25322151/buxoro-diniy-marosimlari
Kurs ishi maqsadi: O’lkamizda saqlanib qolgan urf odat va marosimlar (Buxoro va Navoiy misolida)


    1. Download 37.11 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling