Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Bolalar ijodini o'rganish. Bolalar ijodini o'rganish ko‘p qirrali jarayondir. 
Bunda ta'lim va tarbiya maskanlari tarbiyalanuvchilarining o'ziga xos individual 
tartibdagi faoliyatlari tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Ularrning
turli yozma ishlari, daftarlari, tutgan kundaliklari, she'r va hikoyalari, hayotiy 
rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari, chizgan rasmlari, haykaltaroshlik 
ishlari, bastalagan kuylari, yozgan va ijro etgan qo‘shiq va raqslari ularning 
dunyoqarashi va ma'naviyatini o'rganish uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Bu 
metod orqali yoshlar orasidan iqtidor egalari, noyob qobiliyatga ega bolalar 


93 
ajratib olinadi. Ayniqsa, bizning respublikamizda mustaqilligimizning dastlabki 
kunlaridanoq iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish 
maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilayapti. Bugungi kunda iqtidorli 
yoshlarimiz jahon mamlakatlarining fan olimpiadalarida, turli ko‘riklarda (san'at, 
musiqa va boshqa), sport maydonlarida o‘zlarining iqtidorini namoyish 
qilishmoqda, zehn va bilim, kuch va chaqqonlik, shijoat va g‘ayrat bobida 
dunyodagi boshqa millatlardan kam emasligini namoyish qilishmoqda
g‘olibliklarni qo‘lga kiritishmoqda. Ta'lim va tarbiya muassasalarida iste'dodli, 
iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib borilmoqda. Bolalar ijodi 
fan olimpiadalari, mavzular bo'yicha ko‘rgazmalar, qushiq va raqs tanlovlari
maktablar bo'yicha viktorinalar, musobaqalar, sayohatlar va boshqalarda 
namoyon bo‘ladi.
Tajriba-sinov metodi – tajriba- («eksperiment» so'zi lotincha «sinab 
ko'rish», «tajriba quyish» ma'nosini anglatadi) tajriba ishlari, asosan 
ta'lim -tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning 
tadbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Tajriba 
–sinov metodi sharoitga qarab 3 xilda o'tkaziladi: 1. Tabiiy tajriba, 2. 
Laboratoriyaviy tajriba, 3. Amaliy tajriba. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling