Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Adabiyotlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish metodi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Adabiyotlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish metodi – tadqiqot 
doirasida Muhtaram Prezidentimizning ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari, nutqlari, 
risolalari, pedagogika, psixologiya, valeologiya, falsafa, sotsiologiya, madaniyat, 
iqtisod, siyosat va boshqa adabiyotlar, ilmiy izlanishlar, qo‘lyozmalar, 
dissertatsiyalar, normativ hujjatlarni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Bunda tadqiqot 
mavzusi bo‘yicha o‘rganilayotgan jarayonlarning umumiy miqdori, uning o‘sishi 
yoki 
kamayish 
sabablari, 
tavsifi, 
tatbiq 
qilinayotgan 
tushunchalarni 
shakllanganlik darajasiga e'tibor beriladi. 
Uzluksiz ta'lim tizimi ishtirokchilari, ular orasidagi munosabatlar, fanlarni 
o‘zlashtirish darajalari, muayyan sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish, 
kamchilik va nuqsonlarni korreksiyalash (bartaraf etish) va monitoring 
(nazorat)ini olib borish bilan bog‘liq masalalar tadqiq qilinayotganda, albatta 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni”, “Kadrlar tayyorlash 
Milliy Dasturi”, DTS, Namunaviy va o‘quv Dasturlar, rejalar, ta'lim-tarbiya 
tizimidagi barcha normativ hujjatlar, ta'lim muassasasi hujjatlari (Nizomlar, 
“Tarbiyaviy soat”lar rejalari, majlis bayonnomalari, dars jadvallari, jurnal, guruh 
rahbarining jurnali, tahsil oluvchilarning shaxsiy hujjatlari va boshqalar) 
o‘rganiladi va tahlil qilinadi. 
Pedagogik kuzatish metodi - ushbu metod t a'lim -tarbiya jarayonlarining 
amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam 
beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig'ish 
imkonini tug'diradi. Bu usul ancha murakkab bo'lib, nazarda tutilgan maqsad 


89 
qanday amalga oshayotganligini aniqlash, “sub'ekt-sub'ekt” munosabatlarining 
o'zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo'llaniladi. 
Tabiiy kuzatishda o‘rganilayotgan respondentlarning (tadqiq qilinuvchilar. 
Masalan, o'quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, 
o‘quvchilarning 
fanlarni 
o'zlashtirishlari, 
ularning 
xulq-atvori 
va 
muammolaridagi o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta'lim iy-tarbiyaviy
ta'sir ko'rsatish yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa 
nafaqat respondent(o‘rganilayotgan sub'ekt)larning tabiiy faoliyatini 
balki 
ularning 
ilmiy 
dunyoqarashlarini 
shakllanishi, 
fikrlash 
jarayonining 
koeffitsientini, 
kuchini, 
xulosalar 
chiqarishdagi 
faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil qiladi. Bunday kuzatishlar qibat 
natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo'ladi. Ilmiy 
kuzatish orqali respondentlar (bular maktabgacha tarbiya yoshidagilar, o‘quvchi, 
talabalar bo‘lishi mumkin)ning o‘rganilayotgan muammo yuzasidan sifat va son 
ko‘rsatkichlarini aniqlashga yordam beradi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik 
tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib 
tashkil etiladi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob'ekti, vaqti, 
pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va boshqalar 
hisobga olinadi. 
Pedagogik kuzatish metodini qo‘llash jarayonida ta'lim muassasalarining o‘quv-
tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holati 
aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi 
farq to‘g‘risidagi ma'lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va 
tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib 
borilayotgan pedagogik kuzatish ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini 
shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. 
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning 
uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 


90 
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 
2) kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish; 
3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish; 
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling