Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Suhbat metodi - an'naviy pedagogik metodlar turkumiga kirib, dialog, 
diskussiya tarzida o‘tkaziladi. Ushbu metod orqali insoniy munosabatlar, ularning 
istiqboldagi rejalari, qarashlari va xususiy fikrlarini o‘rganish mumkin. Pedagogik 
suhbat oddiy suhbatdan farq qiladi. Ushbu metod orqali suhbatdoshning ichki 
olamini o‘rganish, uning dunyoqarashi, kelajakdagi rejalari bilan tanishish 
imkoniyati tug‘iladi. Ta'lim-tarbiya tizimi sifatini oshirishda, takomillashtirishda 
yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida 
suhbat uslubidan foydalaniladi. 
Suhbat metodi – ta'lim muassasasi o‘qituvchilari va tahsil oluvchilar 
jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish 
olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, 
uni amalga oshirish yo'llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli 
xulosaga kelinadi. Bu metod so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining 
jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan 
bevosita aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining 
javoblarini yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi. Suhbat metodidan 
farq qilib, intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda 
intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit 
tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash 
nazariyasi va amaliyotida intervyu tashkil etishning bir necha usullari mavjud: 
- guruhlar bilan ishlash; 
- intensiv, rivojlantiruvchi; 
- sinash va boshqalar. 


91 
Ijtimoiy fikrni o‘rganish (so‘rovnoma, intervyu, test) metodi – 
tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki 
hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. Bu metod orqali o‘rganilayotgan 
muammoning yechimini topish yo‘llari belgilanadi. So‘rash savollari mantiqiy 
izchillikda, nazokatli shaklda bo‘lgani maqsadga muvofiq. Quyilayotgan savollar 
aniq ifodalanishi, mavjud nuqson va salbiy oqibatlarning oldini olishga 
mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. So‘ralgan savolga to‘liq javob olish bilan birga, 
qat'iy shaklda:«ha», «yo‘q» tarzida ham javob olinadi. So‘rashning 
modifikatsiyalashtirilgan shakli – intervyudir. Intervyudagi savollar oldindan 
tayyorlanib, suhbatdoshiga uzatiladi. Olingan javoblar har doim ham pedagogik 
muammoni yaxlitligicha tahlil qilishga imkoniyat yaratmaydi, chunki intervyu 
javoblari keng jamoatchilik ichida tahlil qilinadi. Shu sababli suhbatdosh ayrim 
paytlari o‘z fikrini aniq, va ravshan, baralla aytishga iymanadi. 
Test metodi –ijtimoiy fikrni o‘rganish, kichik vaqt ichida biron muammoga 
javob topish, tahsil oluvchilarning bilim darajasi va fanlarni o‘zlashtirish 
darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Test metodi qisqa vaqt ichida katta 
hajmdagi ma'lumotga ega bo‘lishga, ulkan auditoriya bilan ishlashga imkoniyat 
yaratadi. Test sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlari qisqa 
muddat ichida yoppasiga aniqlanadi va baholanadi. Masalan, XX 
asrning o‘rtalarida abiturient biron bir oliy o‘quv yurtiga kirishi uchun 
deyarli bir oy mobaynida bir necha fandan imtihon topshirar va ularning 
javoblarini kutish uchun ancha vaqt sarflardi. Baholar ko‘p hollarda 
sub'ektiv quyilar, imtihon qilinayotgan fanlar javoblari birin -ketin 
chiqarilar, natijada adabiyot shinavandasi birinchi imtihondan natijasi 
salbiy baholansa, keyingi imtihonga kirish huquqidan mahrum etilardi 
va shu bois yoshlarning talaygina qismi o‘z sevgan kasbini egallay 
olmasdi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq yoshlarning 
bilimiga xolisona yondashish, ular iqtidorini yuzaga chiqarish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'lim muassasalariga kirish 


92 
uchun 1993 yildan e'tiboran abiturientla rning bilim darajasini baholash 
uchun bir kunda (1 avgust) va aynan bir xil vaqtda test sinovlari 
o‘tkaziladi. Test javoblari qisqa muddat ichida tahlil qilinib,ob'ektiv 
baholanadi. Test metodi orqali yoshlarning bilimi baholanishi ularning 
fanlarni o‘zlashtirganlik darajasini xolisona baholashga yordam beradi 
va iqtidorini yorqinroq ifodalashga zamin yaratadi.
Test savollarining o'rni va ularning mazmunan rang -barang qilib 
tuzilishi, ko‘p variantda qo‘llanilishi tadqiq qilinayotganlarning
mustaqil fikrlarini o'stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini
taraqqiy ettiradi.
Ilmiy tadqiqotlarda test, so'rovnomalar metodi takchi bo'lib hisoblanadi. 
So'rovnoma - anketa metodi qo'llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini 
bilish, aniqlash, tadqiq qilinuvchilarning yakka yoki guruhli fikrlari, qarashlarini 
o‘rganishga imkon yaratiladi; qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-
istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida 
o'tkaziladi.
Test, anketa savollarini ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayondir. Pirovard 
natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan 
savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda test 
savollarining ma'lumotlarini kompyuterda matematik- statistika metodlari bilan 
ishlov berishga imkon beradigan qilib tuziladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling