21
Har bir yurtning fuqarolari bo‘lmish o‘qituvchi va murabbiylar, o‘sib
kelayotgan yosh avlod o‘z ona yurti tarixini bilishlari, vatanparvar bo‘lishlari
lozim. Ta'lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib,
o‘qituvchilik qilish mumkin emas.
Pedagogika tarixi pedagogik ta'limotlar tarixi
va tarbiyaning rivojlanish
masalalarini ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etib, insonparvar pedagogik
g‘oyalarning rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi, ilg‘or pedagogik konsepsiyalar,
qarashlar, ta'lim
va tarbiya nazariyalari, qonuniyatlari, tamoyillarini tahlil qiladi,
muhim umumiy xulosalar chiqaradi va bugungi kun uchun dolzarb muammolar,
ularning yechimini topishga oid g‘oyalarni aks ettiradi.
Tarixiylik pedagogika fani rivojlanishining zaruriy tamoyillaridan biri
hisoblanadi. Zero, o‘tmishdan qolgan ma'naviy merosni o‘rganish, ilg‘or
tajribalarni ommalashtirish – kelajak uchun poydevor yaratish bilan barobardir.
Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning
yoshi va kasbiy
omilkorligini shakllantirishga qaratilgan
maktabgacha ta'lim pedagogikasi,
maktab pedagogikasi, yoshlar pedagogikasi, katta yoshdagilar pedagogikasi
(androgogika), kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi,
oliy maktab pedagogikasi, menejment pedagogikasi, tibbiyot pedagogikasi,
harbiy pedagogika, iqtisodiy pedagogika, zamonaviy
pedagogik texnologiyalar va boshqa tarmoq pedagogikalari vujudga keldi.
Bu tarmoq pedagogikalar maktabgacha tarbiya maskanlari, umumiy va o‘rta
maxsus ta'lim
muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta'lim-tarbiya
jarayonini, uning qonuniyatlarini o‘rganadi.
Bulardan
tashqari
Do'stlaringiz bilan baham: