Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

 
maxsus 
pedagogika 
turlari: 
defektologiya 
(rivojlanishida nuqsoni mavjud bo‘lganlar),  surdopedagogika (kar va soqovlar 
bilan 
ishlash), 
tiflopedagogika 
(ko‘zi 
ojizlar 
bilan 
ishlash); 
oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolganlar bilan ishlash);  
logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmaganlar bilan ishlash) mavjud bo‘lib, bu 


22 
tarmoqlar tarbiyalanuvchilarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari bilan 
shug‘ullanadi. 
Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni o‘qitish 
va o‘rgatishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi  metodika,  ya'ni uslubiyat fanining 
xizmatlari beqiyosdir. Butun pedagogik jarayonni amalga oshirish yo‘l-
yo‘riqlarini qo‘rsatib beruvchi (metodika, ya'ni uslubiyat), fani ham, o‘z 
navbatida, maktabgacha ta'lim uslubiyati (metodikasi), umumta'lim uslubiyati
kasb-hunar ta'limi uslubiyati, maxsus ta'lim uslubiyati, oliy ta'lim uslubiyati, 
malaka oshirish uslubiyati va boshqa fan uslubiyati tarmoqlaridan iborat. Bu 
tarmoq fanlar o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi va 
pedagogika fanlari tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. ( - rasm). 
Metodika (uslubiyat)- muayyan sohaga oid o‘qitish va o‘rganishning 
qonuniyatlarini tadqiq etadi. Metodika maxsus va uzluksiz ta'lim bosqichlaridagi 
pedagogikalar kabi ta'limning o‘ziga xos turi va qonuniyatlaridan kelib chiqqan 
holda didaktika prinsiplari va umumiy pedagogikadagi qonun-qoidalarni o‘z 
sohasiga moslashtiradi va soha uslubiyatini yaratadi. Pedagogika fanlari 
tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni o‘qitish va o‘rganishning 
qonuniyatlarini o‘rganuvchi uslubiyot (metodika) fanining ham xizmatlari 
beqiyos kattadir. Hozirgi kunda o‘quv muassasalarida Matematika fanlarini 
o‘qitish metodikasi, Tarix fanlarini o‘qitish metodikasi, Adabiyot o‘qitish 
metodikasi, Maxsus fanlarni o‘qitish va boshqa metodikalari mavjud. 
Androgogika - (yunon tilida: »andros»- katta yoshli odam», «agogeyn»- 
«etaklamoq», ya'ni “katta yoshli odamni yetaklamoq”) – ta'lim nazariyasiga 
taalluqli soha bo‘lib, katta yoshli sub'ektlarning bilim, ko‘nikma egallashlari 
hamda 
pedagoglar 
tomonidan 
ushbu 
jarayonni 
boshqarish 
faoliyati 
qonuniyatlarining xususiyatlarini yoritib beradi.

Valeologiya – insonning butun hayoti mobaynida jismoniy, axloqiy, 
ma'naviy jihatdan shakllanishi, rivojlanishini o‘rganadi. XX asrning 80 yillaridan 
9
 
www.google.ru
. 21.10.2015. 


23 
e'tiboran G‘arbiy yevropa va MDH mamlakatlarida sog‘lom turmush tarzini 
shakllantirishga mo‘ljallangan o‘quv predmeti sifatida maktab dasturlariga 
kiritilgan. O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng ushbu o‘quv predmeti tanlov fani 
sifatida oliygohlarda o‘qitila boshlandi. 
10
Valeologiya - salomatlik yoki qanday qilib sog‘lom bo‘lish mumkinligi 
haqidagi pedagogikadagi tarmoq fandir. «Valeologiya» lotincha so‘z bo‘lib, 
“aloe”-«salomatlik», «sog‘lom bo‘lish» ma'nosini anglatadi. Bu atamani birinchi 
bo‘lib K.I.Brexman 1987 yilda fanga kiritdi. Valeologiya fan va o‘quv predmeti 
sifatida keng e'tibor qozonmoqda. Bugungi kunda valeologiya darsliklari chop 
etilmoqda.
Darslik mualliflaridan biri V.N.Vayner (2001) ning fikricha «Valeologiya» 
oliy o‘quv yurtlarida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. 
Valeologiya talabalarda jismoniy tarbiyaning nazariy, amaliy va mustaqil 
mashg‘ulotlariga ongli barqaror va pozitiv munosabatlarini shakllantirishga 
yo‘naltirilgan 
bo‘lib 
salomatlikni 
yaxshilaydi, o‘quv 
jarayonlarining 
unumdorligini oshiradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling