Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Umumiy pedagogika oquv qollanma2
10 www.google.ru . 21.10.2015. 24 Pedagogikaning asosiy tarmoqlari Умумий педагогика Ёшлар педагогикаси Мактабгача таълим педагогикаси Катта ёшдагилар педагогикаси Махсус педагогика Педагогик фанлар тизими Методика Мактабгача таълим методикаси (услубияти) Умумтаълим методикаси Касб-хунар таълими методикаси Махсус таълим методикаси Олий таълим методикаси Сурдо педагогикаси Тифлопедагогика Алигофрено педагогика Педагогика тарихи Умумий таълим педагогикаси Мактабгача таълим педагогикаси Оила педагогикаси Касб-хунар таълими педагогикаси Олий таълим педагогикаси Ишлаб чиқариш педагогикаси Иқтисодий педагогика Тиббиёт педагогикаси Ҳарбий педагогика Менежмент педагогикаси Спорт педагогикаси Мактаб педагогикаси Халқ педагогикаси Андрогигика (катталар педагогикаси) Герогогика (қариялар педагогикаси) Ижтимоий педагогика Инновацион педагогика 25 Pedagogika tarixi va nazariyasi asosini tashkil qiluvchi birinchi guruhning uchta pedagogik fan tarmoqlariga umumiy tasnif beradigan bo‘lsak, bularning uchalasi boshqa pedagogik fan tarmoqlariga asos bo‘lib, o‘zaro aloqadordir. Didaktika va umumiy pedagogikada ishlab chiqilgan asosiy prinsiplar, qoidalar va maxsus tushunchalar maktab hamda maxsus pedagogika guruhlaridagi pedagogik fan tarmoqlari, didaktika prinsiplari va umumiy pedagogikadagi qonun-qoidalarni, ta'lim-tarbiya berishning o‘ziga xosligidan kelib chiqib o‘zgartiradilar va o‘z sohasiga moslashtiradilar. Pedagogika insonlar orasidagi munosabatlarni va ijtimoiy muhitning insonga ta'sirini tadqiq etuvchi fan sifatida iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishining o‘ziga 26 xosligi hamda ularning inson shaxsi shakllanishiga ta'sirini o‘rganadi. Shu bilan birga, pedagogika o‘quv muassasasi tizimining tashkiliy jihatlaridagi ko‘pgina masalalarni hal etishga, shaxslarni tarbiyalashda o‘quv muassasasi, oila va jamoatchilikning o‘zaro hamkorlikda ish olib borishiga yordam beradi. «Pedagogika» fani tarbiya jarayonini ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganar ekan, tabiiy ravishda jamiyatdagi barcha fanlar bilan bog‘liqdir. Pedagogika (fan sifatida) falsafa fani zamirida rivojlandi. Har qanday fan yakka holda o‘zi mukammalikka erisha olmaydi. U boshqa fanlar bilan aloqada, ularning yutuqlaridan foydalangan holda mazmunan boyib boradi. Xuddi shuningdek pedagogika fani ham hozirgi kunda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqidagi ma'lumotlarga tayanadi. U tabiat va jamiyat rivojlanishi qoidalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarga asoslanadi, o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib, insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat kiladi. U falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika, estetika, biologiya, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadadir . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling