364
Pedagogika - ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, vazifalari, davlat ta'lim
standartlarida belgilangan talablar asosida pedagogik jarayonni tashkil qilish, uni
boshqarish, yangi avlodni sifatli o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari,
vositalari, qonuniyatlari, uning ichki mexanizmlari, pedagogning kafolatlangan
natijaga erishishini ta'minlovchi maqsadli faoliyatini o‘rganuvchi fan.
Pedagogik muhit – ta'lim –tarbiya maqsadlariga
muvofiq ravishda tuzilgan
shaxslararo (o‘qituvchi – tahsil oluvchi; o‘qituvchi-o‘qituvchi; tahsil oluvchi-
tahsil oluvchi; o‘qituvchi-tahsil
oluvchi-jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil
oluvchi-ota-ona va boshqalar) orasidagi munosabatlar majmui.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, aqliy
fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi.
Tarbiya –
uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi
o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida
aniq maqsad hamda
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va
rivojlantiriladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: