365
o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq
muayyan yondashuvlar vujudga keladi.
Ta’lim sifati -avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan
natijalar; o‘rganilayotgan
material xususiyati va hajmi; o‘quvchilarga tashkiliy-
pedagogik ta’sir ko‘rsatish: o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim
vaqtiga bog‘liq;
Ta’lim tamoyillari - Ta’lim yamoyillari o’quv jarayonining umumiy maqsadlari
va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab
beruvchi boshlang’ich qoidalardir.
Ta’limni insonparvarlashtirish –
uning mazmuni, tamoyillari, shakl va
metodlarini
yangilash, ularning o‘zaro aloqasi va birligini ta’minlash orqali
shaxsni har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirish.
Ta’limning ilmiylik tamoyili – o‘quvchining o‘quv
materialidagi
qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri shart-sharoit
yaratish maqsadi uchun zarur ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyil ta’lim mazmunini
zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to‘plagan
tajribaga mos kelishini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: