Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

O‘quv-ishlab chiqarish majmuasi – o‘quvchilarga kasbiy 
bilimlar berish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat 
va kasb ko‘nikmalarini egallashlari, shuningdek ularning o‘ziga 
xos kasbiy 
qobiliyatlari 
va 
sifatlari 
rivojlantirilishini 
ta’minlaydigan ta’limni tashkil etish shakli. 


115 
Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik
iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga 
o‘qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi 
ishlarning qoniqarli emasligini ko‘rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik 
litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta'lim sifatini oshirish va mazmunini 
yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta'lim muassasalariga 
o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-
tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda. 
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish hamda akademik litseylarda 
o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda 
umumta'lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta'lim 
maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab 
olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar maqsadida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil
14-martdagi 
«
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
»
PQ-2829-son qarori qabul qilindi. 
Mazkur qarorning 2-bandida akademik litseylarning muhim vazifalari va 
faoliyati yo‘nalishlari belgilab berildi: 
umumta'lim maktablarining eng iste'dodli o‘quvchilarini tanlash, ularning 
intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta'lim 
muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash; 
o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va faollashishiga 
ko‘maklashuvchi, 
individual 
iste'dodlarni 
va 
har 
bir 
o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling