Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti
Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari kafedrasi
umumiy majlisining 21-sonli bayonnomasidan
KO‘CHIRMA
Toshkent shahri 2023 yil 13 iyun
Qatnashdilar:
|
Kafedra mudiri, f.-m.,f.d. dots. M.O‘.Xudoyberganov, prof.v.b. L.P.Varlamova, dots. S.A.Baxromov, katta o‘qituvchilar O.N.Abdurahmonov, D.E.Ne’matova, E.Navruzov, stajyor o‘qituvchilar: O.A.Kabilova, A.O‘.Qaxxorov, N.B.Tulyaganova, D.K.Karimov, Sh.Sh.Berdiyorov, tayanch doktorantlar: V.B.Alimova, Z.N.Norqulova, M.X.Ovlayeva.
|
Kun tartibi:
|
Tayanch doktorantlarning 1-yarim yillik hisobotlari to‘g‘risida.
|
Eshitildi:
|
Majlis raisi f.-m.f.d. M.O‘.Xudoyberganov so‘zga chiqib, 01.01.03 – “Hisoblash matematikasi va diskret matematika” ixtisosligi 1-kurs tayanch doktoranti Alimova Vasila Bahodirovnaga 1-yarim yillik hisoboti bo‘yicha so‘z berdi. Alimova Vasila Bahodirovna so‘zga chiqib, 1-yarim yillik davomida bajargan ishlarini hisobot tarzida taqdim etdi. Kafedra mudiri M.O‘.Xudoyberganov shaxsiy rejada ko’zda tutilgan ishlar bajarilganligini so’radi. V.Alimova ishlar shaxsiy reja bo’yicha bajarilayotganini aytdi. Shundan so‘ng kafedra mudiri tayanch doktorant V.B.Alimovaning yakka tartibdagi shaxsiy ish rejasida 1-yarim yillik uchun mo’ljallangan ishlar to’liq bajarilganligini e’tiborga olib, tayanch doktoranturada o’qishni davom ettirishga tavsiya berishni kafedra a’zolaridan so’radi. Ushbu taklif kafedra a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
|
|
|
Qaror qilindi:
|
1-bosqich tayanch doktoranti V.B.Alimovaning 1-yarim yillik hisoboti axborot sifatida qabul qilinsin va uning tayanch doktoranturada o’qishini davom ettirish taklifi to`g`risidagi kafedra qarorini tasdiqlash fakultet kengashidan so’ralsin.
|
Kafedra mudiri: M.Xudoyberganov
Yig’ilish kotibasi: O. Kabilova
Do'stlaringiz bilan baham: |