Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti doktoranti Suyunov Baxodir Turdiyevichning


“O‘zbek tili tibbiy terminlarining semantik tarmoq tezaurus modeli”


Download 44 Kb.
bet3/3
Sana18.01.2023
Hajmi44 Kb.
#1099459
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Dissertatsiyaga taqriz

“O‘zbek tili tibbiy terminlarining semantik tarmoq tezaurus modeli”ni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda soha terminologiyasiga mansub ayrim terminlarning etimologik tahlili keltirilgan. O‘z qatlamga oid tibbiy terminlar genezisi, tuzilishi va semantikasi tahlil qilingan, ularning muayyan shakllanish jarayonini bosib o‘tganligi misollar asosida ochib berilgan.
Turli xil belgilar asosida semantik usulda yasalgan tibbiy terminlar tahlil qilingan, bezgak, buqoq, temiratki, tutqanoq, shilpiq, qizamiq, qoqshol, tepki, tirishma, churra, quyon kabi kasallik nomlari izohlangan. Bunday terminlar etimologik xususiyatiga ko‘ra quyidagi asoslardan yuzaga kelganligi asoslangan:
1. Kasallik belgisi asosida shakllangan tibbiy terminlar.
2. Semantik usulda shakllangan tibbiy terminlar.
3. Rang bilan aloqador tibbiy terminlar.
Mazkur bobda, shuningdek ma'no ko‘chishi orqali yuzaga kelgan tibbiy terminlar tadqiq qilingan. Tadqiqotchi Z.Mirahmedovaning tasnifiga asoslangan holda, metafora asosida hosil qilingan tibbiy terminlarni guruhlarga ajratgan. Masalan, kundalik hayotda ishlatiladigan ro‘zg‘or buyumlari, turli narsa-predmet nomlari asosida hosil qilingan tibbiy terminlar (o‘t pufagi, miya o‘rog‘i, quloq saqichi, jigar tuguni, nog‘ora parda, shox parda, kalla gumbazi, suyak qavati, tish toshi, to‘r parda qadahchalari, kindik tizimchasi kabilar; botanik ob'ektlar va ularni anglatuvchi terminlar (karam buqog‘i, miya so‘g‘oni, ta'm piyozchasi); hayvonlarning nomlari, ularning tana qismlari, mavjudligi bilan bog‘liq boshqa ismlarni birlashtiruvchi bir qator zoomorfik metaforalar ajratib ko‘rsatilgan.
Shuningdek, tibbiy terminologiyani boyituvchi o‘z qatlam so‘zlari lakunar birliklar misolida tahlil etilgan. Lakuna lotincha asosga ega bo‘lgan fransuzcha lacuna so‘zidan olingan bo‘lib, “chuqur”, “bo‘shliq joy” ma'nolarini anglatadi. Meditsina termini sifatida ham ishlatiladi.
Tilshunoslikda lakuna biror tilda boshqa tildagi tushunchaning so‘z ko‘rinishidagi ifodasi mavjud bo‘lmasligi natijasida yuzaga kelishi, lakuna hodisasi turli xil tillar o‘rtasida ham, bir til doirasida ham kuzatilishi va ularning tibbiy terminologiyani boyituvchi ichki manba ekanligi ochib berilgan.
Xulosa o‘rnida aytish kerakki, dissertatsiya judayam dolzarb mavzuga bag‘ishlangan, himoyaga olib chiqilayotgan holatlar, tadqiqot ishining ilmiy yangiligi uning nazariy va amaliy ahamiyatini belgilaydi.
Dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi OAKning filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar oldiga qo‘yilgan talablariga har tomonlama javob beradi.
Suyunov Baxodir Turdiyevichning “Tibbiy terminlar semantikasi va tezaurusi” mavzusidagi tadqiqoti yakunlangan ilmiy ish bo‘lib, uning muallifi 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olishga loyiq.

Taqrizchilar: f.f.d.prof. Y.Ibragimov


Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
f.f.f.d. (PhD) M.Allambergenova
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling