Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti doktoranti Suyunov Baxodir Turdiyevichning
“Tibbiy terminlar tezaurusi modellari”
Download 44 Kb.
|
Dissertatsiyaga taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘zbek tili tibbiy terminlarining semantik maydon tezaurus modeli”
“Tibbiy terminlar tezaurusi modellari” ilmiy asosda yoritilgan. Tyezaurusning maxsus zamonaviy lug‘at sifatida leksikologiya va terminologiya uchun ahamiyatli ekanligi, uning keng qamrovli xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.
Tezaurusning hozirgi zamonaviy tilshunoslikda leksik birliklar o‘rtasidagi semantik aloqalar – omonim, sinonim, antonim, paronim, giponim, giperonim va boshqalarni ko‘rsatadigan umumiy yoki maxsus lug‘at turi ekanligi izohlangan. Unda boshqa lug‘atlardan farqli o‘laroq, so‘zning bir mavzu, bir tushunchaga aloqadorligi nuqtai nazaridan guruhlanishi asoslab berilgan. Ushbu bobda tadqiqotchi terminlarni o‘zlashtirishda ikki xil jihatdan yondashish mumkinligini qayd etadi: Birinchisi, terminlarni alohida, avtonom holda o‘zlashtirish; ikkinchisi tushunchalarni o‘zlashtirishda terminlar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanish. Dissertant bunday yondashuv tezaurus lug‘atlarda kuzatilishini ta'kidlab o‘tgan. Shartli ravishda birinchisini avtonom yondashuv, ikkinchisini tizimli yondashuv deb nomlagan. Terminologiyani tadqiq qilish va tizimlashtirish jarayonida paradigmatik munosabatlarning antonimiya, gipero-giponimiya (tur-jins munosabati), butun-qism, butun orqali namoyon bo‘luvchi golonim, qism orqali anglashiladigan meronim kabi turlari aks ettirilgan. Tadqiqotning “O‘zbek tili tibbiy terminlarining semantik maydon tezaurus modeli” deb nomlangan uchinchi bobida o‘zbek tilida ilk bora tibbiy terminlar semantik guruh, semantik maydon nazariyasi asosida o‘rganilgan. Unda fizikadagi maydon nazariyasi asosida tilshunoslikda ham “maydon” nazariyasining shakllanishi, xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan. Tibbiy terminlarning semantik maydon tezaurus modeli macmillan thesaurus dasturi asosida tizimlashtirilgan. Ushbu dastur tezaurus haqida ma'lumot, eng ko‘p qidirilgan so‘zlar, so‘rovnomalar, lug‘at, so‘z birikmalari va tagqismlarni o‘z ichiga oladi. Dissertant o‘zlashma tibbiy terminlarni ma'no jihatdan shartli ravishda 5 ga bo‘lib, tahlil qilgan: 1. Tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar nomi. 2. Anatomik terminlar. 3. Kasallik nomlari. 4. Davolash jarayoni bilan aloqador terminlar. 5. Tibbiyotga oid o‘rin-joy nomlari. Mazkur mavzuiy guruhlarga mansub terminlar quyidagi modellar asosida tahlil qilingan: SS – semantik soha, SM – semantik maydon, SSM – semantik submaydon, SMM – semantik mikromaydon. Tahlil jarayonida tibbiy terminlarning semantik xususiyatlari, semantik paradigmalariga ham e'tibor qaratilgan. Dissertatsiyaning to‘rtinchi bobi Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling