Boshqa ma'lumotlarga ko`ra alyuminiy zahirasi yana 570 yilga, mis-292 yilga, rux-232 yilga, temir-150 yilga yetishishi oltin, kumush va platina zahiralari esa 1990 yilda tugashi kerak edi. Xomcho`tga asoslangan bu qarama-qarshi fikrlar, garchi ular kelajak kartinasini aniq qilib ko`rsataolmasada, har holda qazilma boyliklar zahirasi cheklanganligini tasdiqlaydi. Bu esa mutaxassislar oldiga litosfera bag`rini yanada chuqurroq o`rganish, yangi zahiralarni axtarib topish, boyliklardan foydalanishda noan'anaviy usullarni qo`llash va rudalardan maksimal foydalanish, ularning chiqindilarini qayta ishlab, kerakli elementlarni ajratib olish texnologiyasini yaratish vazifasini qo`yadi. - Boshqa ma'lumotlarga ko`ra alyuminiy zahirasi yana 570 yilga, mis-292 yilga, rux-232 yilga, temir-150 yilga yetishishi oltin, kumush va platina zahiralari esa 1990 yilda tugashi kerak edi. Xomcho`tga asoslangan bu qarama-qarshi fikrlar, garchi ular kelajak kartinasini aniq qilib ko`rsataolmasada, har holda qazilma boyliklar zahirasi cheklanganligini tasdiqlaydi. Bu esa mutaxassislar oldiga litosfera bag`rini yanada chuqurroq o`rganish, yangi zahiralarni axtarib topish, boyliklardan foydalanishda noan'anaviy usullarni qo`llash va rudalardan maksimal foydalanish, ularning chiqindilarini qayta ishlab, kerakli elementlarni ajratib olish texnologiyasini yaratish vazifasini qo`yadi.
- Ana shunday izlanishlar natijasida o`laroq hozirgi paytda 30 dan ortiq mamlakatda neft va tabiiy gaz dengiz ostidan qazib olinadi. qidiruv ishlari ko`rsatishicha dengiz ostidagi neft zahirasi dunyo bo`yicha 150 mlrd. tonnani tashkil qiladi. Dengiz suvi tagidan shuningdek ko`mir, temir rudasi, oltingugurt va boshqa minerallar ham qazib olinmoqda. Angliyada qazib olinayotgan jami ko`mirning 1/10 qismi, Yaponiyada esa 2/5 qismi dengiz tubi zahiralariga to`g`ri keladi.
- Keyingi yillarda o`tkazilayotgan kosmik tadqiqotlar okeanlar tubida katta miqdordagi mineral boyliklar zahirasi mavjudligini ko`rsatmoqda. Umumiy maydoni taxminan 1000 mln. kv. km. bo`lgan ekvatoriyaning tubi tarkibida alyuminiy, mis, nikel, kobalt va marganets bo`lgan qizg`ish loy bilan qoplangan. Hozirgi kunda Dunyo okeanlari tubida 1500 mlrd. tonna murakkab tarkibli temir va marganets rudalari borligi taxmin qilinmoqda. Yaponiyalik mutaxassislar fikricha okean tubidagi metall konkretsiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste'mol darajasida mis bilan yana 2000 yil, nikel bilan 70 000 yil, marganets bilan esa 140 000 yil ta'minlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |