Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti. Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi Tabiiy resurslar huquqi fanidan Mustaqil ish


Download 0.8 Mb.
bet3/7
Sana24.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1114902
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ruziyev Marufjon mustaqil ish

Ko`pgina mamlakatlarning kon sanoati hozircha litosfera qobig`ining yuqori qatlamini o`rtacha 500m. chuqurlikkacha «o`zlashtirgan». Lekin bundan chuqurda ham konlar va shaxtalar mavjud. Masalan, Germaniya va Belgiyada ko`mir 1300 m. chuqurlikdan qazib olinadi. Hindistonda oltin konlari 3800 m. chuqurlikda joylashgan.

Fan va texnikaning hozirgi davridagi rivoji va ishlab chiqarish qurol-aslahalarining takomillashganligi Yer sharidagi qazilma boyliklarni qayerda va qanday chuqurlikda joylashganidan qat'iy nazar ularni tadqik kilib topish va qazib olish imkonini berayotir. Bu, o`z navbatida, qazilma boyliklardan tobora ko`proq foydalanish bilan ularning zahirasini kamaytiriga va shu bilan birga ularning qoldiqlari bilan atrof muhitni tobora ko`p ifloslashiga olib kelmoqda.

 

Yer osti boyliklaridan foydalanishda tejamkorlik va atrof muhit muhofazasi masalalari

  • Ko`pgina hollarda qazilma boyliklardan foydalanishda isrofgarchilik salmog`i katta bo`ladi. Rudalarning foydalilik koeffitsiyenti odatda 20 dan oshmaydi, ya'ni ruda eritilib, undan ko`zda tutilgan 1-2 xil metall ajratib olinadi-yu qolgan 75-80% chiqindi sifatida atrof muhitga tashlab yuboriladi. Chiqindi miqdori ba'zi rudalarda 98-99% ni tashkil qiladi. Buning asosiy sababi rudani ko`p tomonlama ishlash serchikam va murakkab jarayon ekanligidadir. Holbuki 100 tonna granitdan 8 tonna alyuminiy, 5 tonna rux, 500 kg. titan, 80 kg. marganets, 30 kg. xrom, 17 kg, nikel va 14 kg. vanadiy ajratib olish mumkin.
  • Isrofgarchilik ayniqsa ko`mir, neft, kaliy tuzi, qurilish materiallari, qora va rangli metallar, tog–kimyo xomashyolarining qazib olishda yuqori bo`lib qolmoqda. Neft olishda uning konlarida neftning qariyib yarmi tuproq bo`shliqlarida qolib ketmoqda.
  •  Qazilma boyliklardan foydalanish salmog`i va shunga ko`ra ularning isrofgarchiligi ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda katta. Bu mamlakatlarda ayniqsa ko`mir, gaz va neft konlari tez sur'atlar bilan o`zlashtirildi. O`tgan asrning dastlabki 70 yil mobaynida dunyo yuzasida neft qazib olish 10 mln tonnadan 1,8 mlrd tonnaga yetdi ya'ni 180 martaga ko`paydi. Qazilma boyliklardan jadal sur'atlar bilan foydalanish ba'zi rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ularning zahiralari kamayib qolishga va hatto tugashiga ham olib keldi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling