Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti geologiya fakulteti geologiya yo‘nalishi


Yaponiyadagi zilzila oqibati, yo'l yorig'i


Download 1.47 Mb.
bet6/10
Sana20.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1630044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbekistonning xududining geologik

Yaponiyadagi zilzila oqibati, yo'l yorig'i
Yer silkinishida katta moddiy yoʻqotish hamda minglab odamlar oʻlimi yuz beradi. Masalan, 1990-yilda Erondagi 8 balli yer qimirlashi oqibatida 50 ming odam oʻlib, 1 mln.ga yaqin odamlar esa, qon yoʻqotib, jarohatolganlar. Xuddi shunday holat 1988-yil 7-dekabrda Armanistondagi yer qimirlashida ham kuzatildi. U yerda juda katta kuch bilan (10,5 ball) yer silkinishining oqibatda 25 ming odam oʻlgan. Bunda 8 mln. kv.m uy joy yoʻq boʻlib ketgan, 514 ming kishi boshpanasiz qolgan. Yer ostida qolganlardan 15250 kishi qutqarilgan. Yer silkinish 4 ta katta shaharlarni, Leninakan, Kirovokan, Spitak va Stepanavan hamda 58 ta yashash punktlarini oʻz ichiga olgan. Shulardan 1500 ta qishloq vayron boʻlgan, 12 ta shahar shikastlangan, ulardan 3 tasi batamom yoʻq boʻlib ketgan.
Bulardan tashqari, sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalari deyarli izdan chiqqan, avtomobil va temiryoʻllarning koʻp qismi, aloqa, koʻpriklar yaroqsiz holga kelgan. Bu tabiiy ofat munosabati bilan dunyoning turli burchaklaridan, jumladan, Oʻzbekistondan ham yordam kuchlari kelib, u yerdagi jabrlangan xalqqa moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilgan. Shuningdek, fuqarolar mudofaasi organlari (sobiq ittifoq, mudofaa vazirligiga qarashli) tomonidan 23000 dan koʻp kishilar safarbar etilib, ular xizmatida 3000 dan ortiq turli xildagi texnikalar ishtirok etgan. Juda katta miqyosdagi tabobat xizmati armiyasi ham yordam koʻrsatdi. Hattoki yer ostida, inshoatlar tagida qolgan odamlarni chiqarish uchun chet ellar — Angliya, Fransiya, Shveysariya va boshqa davlatlardan mutaxassislar kelib yordam berganlar.
Xuddi shunga oʻxshash holat 1966-yildagi Toshkent zilzilasida ham kuzatilgan. Unda 8 balli silkinish sodir bulib, imoratlarga, katta qurilishlarga ziyon yetgan. Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan.
Buning oqibatida 78 ming oila boshpanasiz qolgan, 2 mln. kvadrat metr yerdagi turar joylar 7600 oʻrinli maktablar, 2400 oʻrinli maktabgacha tarbiya muassasalari ishdan chiqqan, 690 savdo va 84 turli korxona idoralari ziyon koʻrgan. Oʻsha vaqtda moddiy zarar miqdori xech qayerda yozilmagan edi.
Gyandja zilzilasi Gyandja zilzilasi — hozirgi Ozarbayjon hududining Gyandja shahri yaqinidagi 1139-yili 30-sentabr kuni bo'lgan 11 ballik zilziladir. Oqibatda 230 ming kishi halok bo'ldi, 8 ta ko'l hosil bo'ldi (Geygel ko'li). Bu zilzila tarixdagi eng falokatli 5 zilzilalar toifasiga kiradi.
Buyuk Xitoy zilzilasi Buyuk Xitoy zilzilasi (Shensi provinsiyasida 1556-yil 23-yanvar kuni sodir bo'lgan. Salkam 830 000 kishi halok bo'ldi. Epetsentr Vey daryosi vodiysida bo'lib, Xuasyane shahri butkul yo'q bo'ldi. 20 mlik yoriqlar paydo bo'ldi, 500 kmlik hududga zilzila ta'sir ko'rsatdi. Zilziladan so'ng ancha vaqt aftershok holati kuzatildi.
Yamayka zilzilasi 1692-yilning 7-iyun kuni tahminan 11:43 da Port-Royal shahrida sodir bo'lgan. 2 ming kishi sunami oqibatida, 3 ming kishi tarqalgan kasallik va jarohatlar oqibatida halok bo'ldi.
Ulug' Sitsiliya zilzilasi Sitsiliya tarixidagi eng kuchli zilziladir, 1693-yil Etna vulqoni otilishi ortidan sodir bo'ldi. 60-100 ming kishigacha insonlar halok bo'ldi. Shundan so'ng arxetikturaning barokko uslubining yangi ko'rinishi "sitsiliya barokko"si yaraldi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling