Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti geologiya fakulteti geologiya yo‘nalishi
Download 1.47 Mb.
|
O\'zbekistonning xududining geologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Dunyo davlatlaridagi zilzila Toshkent zilzilasi
Messina zilzilasi
Messina zilzilasi Messina zilzilasi (ital. Terremoto di Messina) 1908-yil 28-dekabr kuni soat 5:20 da Sitsiliya va Appenin yarimoroli o'rtasida 7.8 magnitudada sodir bo'ldi. 3 m lik sunami yuzaga keldi. Halok bo'lganlar soni turli ma'lumotlarga ko'ra 200 minggacha bo'lgan. Ashxabod zilzilasi Rixter shkalasi bo'yicha 7.3 ballik zilzila 1948-yil 6-oktabr kuni mahalliy vaqt bo'yicha 02:17 da sodir bo'ldi. Z. O'chog'i Ashxabod shahrining ostida 18 km chuqurlikda joylashgan edi. Markazda MSK-64 shkalasi bo'yicha tebranishlar 9-10 balgacha yetgan. Shahar to'liq buzildi, 35 ming kishi vafot etdi. II. Dunyo davlatlaridagi zilzila Toshkent zilzilasi 1966-yil 26-aprel soat 5 dan 22 minut 52 sekund o‘tganda Toshkentda qattiq yer qimirlash ro‘y berdi. Zilziladan avval kuchli portlashdagi kabi tovush eshitilib, shahar chekkasida shafaq ko‘rindi. Ilmiy tekshirishlarning natijalariga ko‘ra, shafaqning kelib chiqishiga sabab, yer ostida yig‘ilgan tektonik kuchlanishning yer yuzasiga chiqishi vaqtida elektr energiyasiga aylanishidir. Zilzila o‘chog‘i 5–10 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila energiyasi 1014 joulga yaqin, epitsentrda uning kuchi 8 ballga yetgan. Zilzila markazi (Qashqar mahallasi va Labzak o‘rnida) vertikal zarblar kuchining magnitudasi (M) 5,3 ga, silkinish 8 balldan ziyod, maksimal vayronalik zonasi 10–12 km2 ga teng bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i cho‘ziqroq shaklda bo‘lib, shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa yo‘nalgan. Zilzila natijasida atrofga seysmik to‘lqinlarning so‘nib borishi natijasida 8, 7, 6 balli maydonlar ajratilgan. Yerning 2-3 Gs chastotada tebranishi 10-12 daqiqa davom etdi. 9-maydan 10-mayga o‘tar kechasi, 24-may va 5-iyunda kuchli (6–7 ball) silkinishlar takrorlangan. Zilzila natijasida 2 mln. m2 dan ziyod turar joy, 236 ma’muriy bino, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 26 kommunal xo‘jalik korxonasi, 180 ga yaqin o‘quv yurti, 8 ming o‘rinli maktablar, 36 madaniy-maishiy muassasa, 185 tibbiyot va 245 sanoat korxonasi binolari zarar ko‘rdi, 78 ming oila yoki 300 ming kishi boshpanasiz qoldi, qurbonlar bo‘ldi. Asosiy tebranish 1966–68-yillar mobaynida bir qancha aftershoklar bilan davom etdi. Markaziy seysmik stansiya birinchi kuchli zarbadan so‘ng silkinishlarning 2500 dan ortiq takrorlanganini qayd qildi. Yaponiya zilzilasi (2011) Xonsyu orolining sharqiy qirg'og'idagi zilzila, yoki Buyuk sharqiy yapon zilzilasi (яп. Higasi Nixon daysinsay) 2011-yilning 11-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:46 da (UTS 5:46 ) 9.0-9.1 magnitudali zilziladir. Giposentr Tinch okeanining 35 km chuqurligida joylashgan edi. Zilzila ortidan sunami keldi va zilziladan 69 daqiqa o'tgandan so'ng sunami Senday suvga g'arq qildi. Bu Yaponiya tarixidagi eng kuchli, dunyo tarixidagi eng kuchli zilzilalar qatorida yettinchi, turli baholarga ko'ra 6, 5 yoki 4 o'rinda turadi. Halok bo'lganlar soni bo'yicha esa Yaponiyada 1896, 1923-yilgi zilzilalardan ortda qoladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling