Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Gidrometeorologiya fakulteti Gidrologiya yo’nalishi
Download 208 Kb.
|
Daryolarning suv rejimi fazalari va ularning elementlarini aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Daryolarning suv rejimi fazalari va ularning elementlarini aniqlash Bajardi: Quranboyev Sh. Qabul qildi: Xakimova Z. Toshkent-2022
- 2-Bob. Qashqadaryo daryosi suv rejimi davrlari va ularning elementlarini aniqlash
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Gidrometeorologiya fakulteti Gidrologiya yo’nalishi 3-kurs talabasi Quranboyev Shahzodning Umumiy gidrologiyadan KURS ISHI Mavzu: Daryolarning suv rejimi fazalari va ularning elementlarini aniqlash Bajardi: Quranboyev Sh. Qabul qildi: Xakimova Z. Toshkent-2022 MUNDARIJA KIRISH.....................................................................................……............... 1-Bob. Daryolarning suv rejimi 1.1. Daryolar suv rejimining elementlari……………………………….......... 1.2. Suv sathi, uni kuzatish va qayta ishlash usullari…………………............ 1.3. Daryolarning suv sathi rejimi………………………………………......... 1.4. Daryolar suv rejimining davrlari……………….…………………........... 1.5. Daryolarni suv rejimi davrlariga ko’ra tasniflash 2-Bob. Qashqadaryo daryosi suv rejimi davrlari va ularning elementlarini aniqlash 2.1. Qashqadaryo daryosi suv rejimi davrlari va ularning elementlarini aniqlash bo’yicha amaliy mashg’ulot…………………………………...................... XULOSA.......................................................................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………... KIRISH Mazkur kurs ishi mavzusi Daryolar suv rejimi davrlari bo’lib, ishni tayyorlash jarayonidan amaliy mashg‘ulot ham o‘rin olgan bo‘lib, u Qashqadaryo suv havzasi misolida namuna variantida bajarilgan. Ushbu kurs ishini tayyorlash jarayonida zarur bo‘lgan gidrometeorologik ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi - O‘zgidromet tomonidan chop etilgan gidrologik va meteorologik yilnomalardan hamda maxsus ma’lumotnomalardan olindi. Daryolar suv rejimining yillik o‘zgarishini bir necha xarakterli qismlarga ajratish mumkin. Ular suv rejimi davrlari deb nomlanadi. Bu davrlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning davom etishi daryolarning to‘yinish manbalari hamda ularning yil davomida o‘zgarishi bilan belgilanadi. O‘z navbatida bu sharoitlar daryolar havzalarining iqlimiga bog‘liqdir. Suv rejimi davrlari soni turli daryolar uchun turlicha, aniqrog‘i ikkitadan to to‘rttagacha bo‘lishi mumkin. Masalan, tekislik rayonlarida suv rejimining quyidagi to‘rt davri kuzatiladi: bahorgi to‘linsuv davri (polovode), yozgi kam suvli davr (mejen), bahorgi yoki kuzgi toshqin davri (pavodok) va qishki kam suvli davr (mejen). Ba’zi tekislik daryolarida kuzgi toshqin davri kuzatilmasligi mumkin, yozgi to‘lin suv davri uzoq muddatga cho‘ziladigan daryolarda esa yozgi kam suvli davr (mejen) kuzatilmaydi.Ushbu kurs ishida daryolar suv rejimi davrlarini ko’rsatib beruvchilar ya’nidaryolar suv rejimi, suv rejimining elementlari, suv sathi va uni kuzatish hamda qayta ishlash usullari, daryolar suv sathi rejimi, daryolar suv rejimi davrlari hamda daryolar suv rejimi davrlari bo’yicha tasniflanishi haqida birinchi bobda yoritiladi. Ikkinchi bobda esa Qashqadaryo daryosi haqida umumiy ma’lumot keltirilib, Qashqadaryo daryosi suv rejimi va uning elementlari amaliy mashg’ulot misolida yoritiladi. Kurs ishiga kiritilgan amaliy mashg‘ulot, dastlab ishning maqsadini va mavzuga oid nazariy bilimlarni qisqacha yoritishdan boshlanadi. So‘ng ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va maqsadni amalga oshirish uchun talab qilingan vazifalar aniq belgilanib, ishni bajarish tartibi esa qo‘yilgan vazifalar ketma-ketligiga asoslanadi. Barcha ishlar tahlil bilan yakunlanadi. Download 208 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling