Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Gidrometeorologiya fakulteti Gidrologiya yo’nalishi
Daryolarni suv rejimi davrlariga ko’ra tasniflash
Download 208 Kb.
|
Daryolarning suv rejimi fazalari va ularning elementlarini aniqlash
1.5. Daryolarni suv rejimi davrlariga ko’ra tasniflash
Daryolarni suv rejimi davrlariga ko’ra guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Sobiq ittifoq daryolari suv rejimi xususiyatlarini o’rganish asosida B.D.Zaykov shu hududdagi daryolarning tasnifini ishlab chiqdi. U o’rganilayotgan hududdagi barcha daryolarni, tabiiy yoki sun’iy ravishda boshqarilgan daryolarni hisobga olmagan holda, quyidagi 3 ta asosiy guruhga bo’ldi: a) to’linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar; b) to’linsuv davri yozda kuzatiladigan daryolar; v) toshqinli suv rejimiga ega bo’lgan daryolar. O’rganilayotgan hududda to’linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar ko’pchilikni tashkil etadi. To’linsuv davrining xususiyatlariga va suv sarfi hamda suv sathi rejimlarining boshqa davrlardagi o’zgarishlariga bog’liq holda bu guruhdagi daryolar beshta turga bo’linadi: Qozog’iston, SHarqiy Yevropa, G’arbiy Sibir, SHarqiy Sibir va Oltoy turlari. Qozog’iston turidagi daryolar yorqin namoyon bo’lgan bahorgi to’linsuv davri va yilning boshqa vaqtlarida kam suvliligi bilan ajralib turadi. Bu daryolarda to’linsuv davri qisqa muddatli (bir oydan kam) bo’lib, ko’pchiligi yoz oylarida qurib qoladi. Bu turdagi daryolar OrolKaspiy pastligining shimoliy chekkalarida va Janubiy Zavoljeda tarqalgan. SHarqiy Yevropa turidagi daryolar baland va shu bilan birga qiyosan uzoqroq davom etadigan to’linsuv davri va suv kamaygan yozgi hamda qishki kam suvli davrlari bilan xarakterlanadi. To’linsuv davrining davom etishi, daryo havzasi maydoni o’lchamiga bog’liq holda, kichik va o’rta daryolarda 12 oydan, katta daryolarda 34 oygacha davom etadi. Ularda yoz faslida yomg’irlar hisobiga hosil bo’ladigan toshqin davri kuzatiladi. Bu turdagi daryolar Rus tekisligi hududining katta qismida tarqalgan. G’arbiy Sibir turi daryolari nisbatan baland bo’lmagan va cho’zilgan bahorgi to’linsuv davri, suv birmuncha ko’p bo’ladigan yozgikuzgi davr va qishki kam suvli davri bilan ajralib turadi. Ularda bahorgi to’linsuv davri to’rt oy va undan ortiq davom etadi. Bu turdagi daryolarga Ob daryosi (quyi oqimida) va uning irmoqlari Ket, Vasyugan, SHimoliy Soseva va boshqalar kiradi. SHarqiy Sibir turidagi daryolar ancha baland bo’lgan bahorgi to’linsuv davri, yozgi va kuzgi toshqin davri hamda qishki kam suvli davrga ega bo’lgan rejimi bilan ajralib turadi. Bu turdagi daryolarga Yenisey daryosi suvayirg’ichidan sharqqa hamda Sayan tog’laridan shimolga oquvchi daryolar kiradi. Lekin, Saxalin oroli, Kamchatka yarim oroli va YanIndigirka hududlarining tog’li qismlaridagi daryolar bundan mustasno. Oltoy turiga kiruvchi daryolar baland bo’lmagan davomli to’linsuv davri, gidrografi cho’qqi ko’rinishli, nisbatan ko’tarilgan yozgi oqimi va qiyosan past bo’lgan qishki oqimi bilan xarakterlanadi. To’linsuv davrining cho’zilganligi turli balandlik mintaqalarida qor erishining turli muddatlarda kuzatilishi bilan bog’liqdir. Suv to’plash maydoni doimiy qorliklardan pastda joylashgan tog’li hududlardagi, jumladan, Oltoy, O’rta Osiyo, Kavkaz tog’laridan oqib tushadigan va shu shartni bajaradigan daryolar mazkur turga mansubdir. To’linsuv davri yilning iliq vaqtlarida kuzatiladigan daryolar guruhiga ikki turdagi daryolar kiradi: Uzoq SHarq va Tyanshan turlari. Uzoq SHarq turidagi daryolarda yilning issiq mavsumlarida teztez kuzatiluvchi yomg’irli toshqin davrlari birbiriga qo’shilib baland bo’lmagan va juda cho’zilgan to’linsuv davrini hosil qiladi. Uning davomliligi 4 oydan 6 oygacha bo’ladi va taroqsimon ko’rinishdagi gidrografga ega bo’ladi. Tyanshan turidagi daryolarda to’linsuv davri yoz oylarida o’tadi, chunki u baland tog’lardagi qor va muzliklarning erishidan hosil bo’ladi. To’linsuv davri cho’zilgan va har xil balandlik mintaqalarida erish vaqtining turlichaligi sababli uncha baland bo’lmaydi. Bu turdagi daryolar O’rta Osiyo tog’larida, Kamchatka va Kavkazda tarqalgan. Uchinchi guruh daryolarini toshqinli rejimga ega bo’lgan daryolar tashkil etadi. Ular to’linsuv davrining umuman bo’lmasligi hamda katta yoki kichik vaqt oraliqlariga bo’lingan, ketmaket kuzatiladigan yomg’irli toshqin davrlari bilan ajralib turadi. Bu guruhdagi daryolar nisbatan kam tarqalgan. Toshqin davrining yil davomida taqsimlanishiga ko’ra B.D.Zaykov ushbu guruh daryolarini uchta turga bo’ladi: Qora dengiz bo’yi, Qrim va SHimoliy Kavkaz turlari. Qora dengiz bo’yi turida toshqin davri butun yil bo’yi davom etadi. Qrim turida esa u qishda va bahor oylarida kuzatiladi. SHimoliy Kavkaz turi daryolarida qish oylarida kam suvli (mejen) bo’lib, toshqin davri yilning iliq mavsumlariga to’g’ri keladi. Bu turga Bosh Kavkaz tizmasining shimoliy yonbag’irlaridagi tog’oldi daryolari, masalan, Terek havzasi kiradi. Keltirilgan tasnif suv to’plash havzasi bir xil sharoitlarda joylashgan daryolarga tegishlidir. Suv to’plash havzasi kattalasha borgan sari, uning tabiiy sharoiti ham o’zgarib, oqibatda daryolarning suv rejimi davrlari ham murakkablasha boradi. Bu tasnifni hozirgi kun talablariga to’la javob beradi, deb bo’lmaydi. Turli balandlik zonalaridan suv to’playdigan va shu tufayli turlicha to’yinish manbalariga ega bo’lgan O’rta Osiyo daryolarining yagona Tyanshan turiga kiritilishi buning yorqin misolidir. Download 208 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling