Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Gidrometeorologiya fakulteti Gidrologiya yo’nalishi
Download 208 Kb.
|
Daryolarning suv rejimi fazalari va ularning elementlarini aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Suv sathi, uni kuzatish va qayta ishlash usullari
1-Bob. Daryolarning suv rejimi
1.1. Daryolar suv rejimining elementlari Daryoda oqayotgan suv miqdori, ya’ni suv sarfi, suv yuzasi sathining holati, uning oqish tezligi, harorati, erigan moddalar oqimi miqdori va boshqalar ma’lum omillar ta’sirida vaqt bo’yicha o’zgarib turadi. Daryoda mana shu qayd etilgan elementlarning birbiriga bog’liq holda o’zgarishi uning suv rejimini ifodalaydi. Suv sarfi (Q) deb, daryoning ko’ndalang qirqimidan vaqt birligi ichida oqib o’tadigan suv miqdoriga aytiladi. U m3/s yoki l/s larda ifodalanadi. Suv sathi (N)-ma’lum bir o’zgarmas, gorizontal holatdagi doimiy ”0” tekislikka nisbatan o’lchanadigan suv yuzasi balandligidir. U sm larda ifodalanadi. Suvning oqish tezligi ( ) m/s larda ifodalanib, uning qiymatini ko’ndalang qirqimning ayrim nuqtalarida, alohida vertikal (tiklik) lar yoki butun jonli kesma bo’yicha aniqlash mumkin. Demak, jonli kesmaning ayrim nuqtasida o’lchangan tezlik vertikallar yoki butun jonli kesma uchun aniqlangan o’rtacha tezliklardan qiymati jihatidan farq qiladi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda daryo suvining harorat rejimi, gidroximiyaviy rejimini o’rganish ham muhim ahamiyatga ega. SHularni e’tiborga olib, quyida daryolar suv rejimining barcha elementlari alohida mavzularda yoritiladi. 1.2. Suv sathi, uni kuzatish va qayta ishlash usullari Daryoda suvning oz yoki ko’p bo’lishiga bog’liq holda va boshqa sabablar ta’sirida suv sathi o’zgarib turadi. Uni kuzatish ishlari maxsus suv o’lchash joylaripostlarda amalga oshiriladi. Bu ish suv yuzasi sathining "nol" tekislik deb qabul qilinadigan doimiy gorizontal faraziy tekislikka nisbatan balandligini aniqlashdan iborat. Bunday faraziy tekislik uchun odatda suvning tarixiy eng past yuzasi balandligidan 0,5-1,0 m pastroqda joylashgan tekislik qabul qilinadi. SHu tekislikning mutlaq yoki nisbiy balandligi "nol" grafigi deb ataladi. Suv sathi shu "nol" grafikka nisbatan suv o’lchash taxtacha (reyka)lari yordamida 1 sm aniqlikda o’lchanadi. Suv o’lchash taxtachalari ikki turdadoimiy va ko’chma bo’ladi. Doimiy suv o’lchash taxtachalari ko’priklar ustuniga yoki maxsus qoziqlarga o’rnatiladi. Katta qiyalikdagi qirg’oqlarda yoki suv sathi tebranishi katta amplitudaga ega bo’lgan hollarda, kuzatishlar ko’chma suv o’lchash taxtachalari yordamida olib boriladi. Buning uchun daryo o’zani va qayirida oqimga ko’ndalang yo’nalishda qator qoziqlar qoqiladi. Ularning har birining balandligi suv o’lchash posti reperiga nisbatan nivelir yordamida aniqlanadi. Reper daryoning suv bosmaydigan qirg’og’iga mustahkam o’rnatilib, mutlaq yoki nisbiy balandligi aniqlangan qoziqdir. Qoziqning ustki qismidagi tekis yuzaga ko’chma reykani tik holda qo’yib, suv sathi kuzatiladi (o’lchanadi). Har bir qoziqning balandligini bilgan holda barcha o’lchangan suv sathlari "nol" grafikka nisbatan aniqlanadi. Suv o’lchash postlarida kuzatishlar odatda bir kunda ikki marta-soat 800 va 2000 larda o’tkaziladi. Suv sathi toshqinlar tufayli tez o’zgarib turadigan mavsumlarda kun davomida qo’shimcha har bir soatda, har ikki soatda, har uch soatda yoki har olti soatda kuzatishlar olib boriladi. Suv sathi o’zgarishini kun davomida uzluksiz hisobga olib boruvchi o’zi yozar suv o’lchash postlari ham bor. Ularda "Valday" tipidagi qurilmalar o’rnatiladi. Keyingi yillarda suv sathi kuzatishlarini avtomatik tizimga o’tkazish ishlariga katta e’tibor berilmoqda. Bu esa kelajakda gidrologik axborotlarni jamlashni tezlashtirib, ularning samaradorligini oshiradi. Barcha o’lchashlar ma’lumotlaridan har bir kun uchun o’rtacha suv sathi hisoblanadi va kundalik suv sathining yillik jadvali tuziladi. Ushbu jadvalda bulardan tashqari o’rtacha o’n kun(dekada)lik, o’rtacha oylik va yillik suv sathlari, har bir oy uchun, yil uchun suv sathlarining eng kichik va eng katta qiymatlari beriladi. O’rtacha, eng katta va eng kichik sathlar xarakterli suv sathlari deb ataladi. Suv sathini kuzatish ma’lumotlari maxsus gidrologik yilnomalarda chop etiladi. Suv sathini kundalik kuzatishlar natijasida to’plangan ma’lumotlar asosida uning yil ichida o’zgarish grafigi chiziladi. Unda suv sathining ayni yildagi o’zgarishi aniq ko’rinib turadi. Download 208 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling