Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi majlisining


Download 27.72 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi27.72 Kb.
#1602141
Bog'liq
F J Dastlabki himoya bayonnomasi 16 son 8 aprel 2023 Kodirova N


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi majlisining
16-sonli
BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA

2023 yil 08 aprel Toshkent shahri




Qatnashdilar: Yig‘ilish raisi-s.f.d.,dots. U.Bo‘tayev, f.f.n., prof. A.Utamuradov, s.f.d.,prof. I.Ergashev, f.f.d.,prof. B.To‘ychiyev, f.f.d.,prof. S.Agzamxodjayeva, f.f.d.prof., O.Musayev, s.f.d.,prof.v.b. B.Amonov, f.f.n.,dots. O.Muxammadiyeva, f.f.n.,dots. S.Xudaynazarov, f.d. (PhD)., dots. E.Nishanbayeva, f.d. (PhD)., dots. J.Yusubov, f.d. (PhD)., dots. K.Mirzaaxmedov, f.d. (PhD)., dots.v.b., M.Atavullayev, f.d. (PhD)., dots.v.b., G.Isanova, f.d. (PhD)., dots., J.Yusubov, f.d. (PhD). k.o‘., J.Akramov, k.o‘.(PhD)., M.Zoirova, k.o‘. S.A.Parmonov, o‘q. A.T.Turg‘unov, o‘q. J.A.Mirzavaliyev, o‘q. N.U.Jamalova, o‘q. R.Raimov, o‘q. A.Raximjonov, o‘q. X.Choriyeva, stajyor-o‘q. A.U.Fayzullayev, doktorantlar, izlanuvchi tadqiqotchilar, kabinet mudiri: S.Rizayeva.


KUN TARTIBI:

1. Kafedra magistrlarning magistrlik dissertatsiyasi bajarilishi haqidagi dastlabki ximoya muhokamasi.




Kafedra mudiri, s.f.d.dots., U.Bo’taev: - Assalomu alaykum, hurmatli kafedra a’zolari. Bugungi yig‘ilish kun tartibidagi masala Kafedra magistrlarning MD bajarilishi haqidagi dastlabki ximoya muhokamasi.
Kafedra mudiri, s.f.d.dots., U.Bo’taev: Dastlabki muhokamada Magistrlik dissertatsiyasidagi kamchiliklar ko‘rib chiqiladi.
Marhamat navbat 2 – kurs magistranti Kodirova Nigora Shaydullayevnaga.
So‘zga chiqdi 2 – magistranti: Kodirova Nigora Shaydullayevna. Avvallambor assalomu alekum hurmatli ustozlar mening mavzuyim: “Yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishning usullari”
Respublikamizda, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda eng avvalo ta’lim-tarbiya ishlarining tizimli va uzviy ravishda olib borilishi, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Bu borada yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, huquqiy tarbiyani tashkil etishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Mazkur tadqiqot ishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistoning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi farmonlari, 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora tadbirlari to’risida”, Vazirlar Mahkamasinig 2020-yil 6-iyuldagi 422-son “Umumiy o’rta ta’lim muassaslarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi va dolzarbligini ko’rsatib beradi.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti: Ob’yekti: Yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirish jarayonlari.
Predmeti: Yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va vositalar.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangiligi: Huquqiy bilimlar transiformatsiyasida axborot ta’sirchanligini oshirishda didaktik vositalar media loyihalar, uyali aloqa vositalarining yoshlarda huquqiy ong darajasining yuksalishiga olib kelishi tavsiflab berilgan;
Ta’lim jarayonida yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirish jarayonida hayotiy vaziyatlarni modellashtirishda yo’naltirilgan hamda ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi jamoaviy faoliyatini tashkil etishga doir shartli – vaziyatli, imitatsion, vaziyatni modellashtirish, ijodiy suhbat, o’yinlaridan foydalanishning samaradorligi aniqlangan;
Yoshlarda huquqiy ongni shakillantirishda differensial yondashuvni shaxsiy faollik, ma’suliyat, burchsingari sifatlari bilan milliy an’ana, huquqiy meros, diniy qadriyatlar kabi ijtimoiy mental xususiyatlarning dialektik aloqadorligi asoslangan;
Yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishda ta’lim – tarbiya institutlari faoliyatini uyg’unlashtirishning potensial imkoniyatlari (imtiyoz, rag’bat, hamkorlik) sohadagi nodavlat – notijorat tashkilotlari bilan funksional bog’liqligi ochib berildi.
Kafedra mudiri, s.f.d.dots., U.Bo’taev: Raxmat! Marhamat so‘z ustozlarga kimda qanday mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollar bor?
So‘zga chiqdi dotsent v.b J.Akramov: Huquqiy ongni shakllantirishda demokratik qadriyatlarning ro’li qanday?
So‘zga chiqdi 2 – magistranti Kodirova Nigora Shaydullayevna: avllambor savolingiz uchun katta rahmat bu savolga javob beradigan bo’lsam, Huquqiy ongni shakllantirishda demokratik qadriyatlarning ta’siri kuchli bo’lishi uchun jamiyatda institutlar to’laqonli ishlashi, davlat hokimiyati ustidan jamoatchilik nazoratining huquqiy va tashkiliy asoslari shakllangan va ular faoliyat ko’rsatib turibti. Shu bilan bir qatorda fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini ko’tarish maqsadida jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini takomillashtirish zarur.


QAROR QILADI:
2-kurs magistri Kodirova Nigora Shaydullayevna magistrlik dissertatsiyasii bajarilishi haqidagi dastlabki ximoya muhokamasidan o‘tkan deb qabul qilinsin.


Kafedra mudiri: s.f.d.dots., U.Bo’taev


Kabinet mudiri: S.Rizaeva
Download 27.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling