Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Xunnlar imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti


Download 0.73 Mb.
bet52/53
Sana02.06.2024
Hajmi0.73 Mb.
#1840239
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta

Xunnlar imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Xunnlarda barcha yaylovlar davlat mulki hisoblanib, shanyuy boshchiligidagi harbiy zodagonlar nazoratida bo‘lgan. Ko‘chmanchilar iqtisodiyoti chorva soniga bevosita bog‘lik bo‘lib, davlat boyligining asosi hisoblangan. V.S. Taskinning fikricha boqiladigan chorva (xunn tilida “mal”) asosan ot, qo‘y-qo‘zi, echki, tuya va yirik shoxli qoramoldan iborat edi. Umuman xunnlar, o‘troq ziroatkorssivilizatsiyalar yarata olmagan mutlaqo yangi davlatchilik yo‘lidan ketdilar. YA’ni ularda monoetnik mamlakat tushunchasining o‘zi yo‘q edi. Natijada imperiya chegaralari tez kengayib borib, taniqli ko‘chmanchishunos (nomadoved) olimlar N.N.Kradin, V.S.Taskin, L.N.Gumilev, S.G.Klyashtorniy, T.I.Sultanov va boshqalarning fikricha xunnlar imperiyasi aholisi 1,5 mln kishiga yaqinlashadi.
Ko‘chmanchi xunnlar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar keskin va o‘zgaruvchan bo‘lmagan chorvadorlar jamiyatida mono-etnik holat yo‘qligi tufayli, iqtisodiy hayot tarzi, o‘zgarishiga qarab shakllanib borgan. Ko‘chmanchi
chorvachilik qilishga qadar bo‘lgan barcha aholi yaylovlar taqsimoti asosida yashaganlar. Kambag‘allashgan nomadlar oilalari boyroq chorvador xizmatiga o‘tishgan. Ish topa olmaganlari esa, o‘troqlashuvga mahkum edi. Bu esa o‘z navbatida nomadizm inqirozini olib kelgan. Iqtisodiy omildan tashqari, siyosiy jarayonlar ham ko‘pincha o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Jumladan, harbiy harakatlar olib borish uchun, dasht zodagonlari qo‘lida xizmat qilish va talonchilik yurishlari ortidan daromad ko‘rish uchun harakatlar deyarli barcha ko‘chmanchilar jamiyatida uchraydi.
Ko‘chmanchilarning kambag‘allashuvi jarayoni tabiat injiqliklari va ijtimoiy-iqtisodiy holatga bevosita bog‘liq edi. Qulchilikni ham paydo bo‘lishi qisman yuqoridagi omillarda o‘z aksini topgan. Ammo, quldorlik jamiyati sifatida ko‘chmanchilar yuqori darajaga chiqa olmaganlar. Dasht sharoitida yirik qulchilik xo‘jaligi butunlay shakllana olmagan. Chorvani boqish uchun ichki mehnat kuchining o‘zi etib oshganligi tufayli, chetdan qullarni kelishiga ehtiyoj deyarli bo‘lmagan. Mol-holni yaylovda ushlab turish qobiliyati, ularni parvarishlash usullari alohida e’tiborga ega edi. Cho‘pon qulni ortidan nazorat qilish uchun odam qo‘yishi, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamasligi yaqqol ko‘rinib turadi. Uning ustiga unchalik zich bo‘lmagan nomadlar jamiyati uchun quldorlik xo‘jaligini yuritish kam foyda bergan. Shaxsiy manfaatdorlik asosida chorvachilikni yurgizish ozod chorvadorning asosiy maqsadi bo‘lganligi uchun quldorlikka ehtiyoj deyarli bo‘lmagan.
Iqtisodiy jihatdan “Imperiyalar dunyosi” (Xunn, Rim, Parfiya, Kushon, Xan) qaram yerlaridan undiriladigan o‘lponlar va soliqlar hisobiga yashagan. Ayniqsa, ko‘chmanchilar mulklari etarlicha markazlashmagan byurokratik apparat ta’sirida shakllanib borgan. Ammo iqtisodiyotdan siyosatni ustun qo‘yish holati chorvadorlar imperiyasiga xos holat bo‘lgan.ssivilizatsion jihatdan iqtisodiyotni shakllanishi chorvadorlikni o‘troq dexqonchilik bilan raqobatlashuvida nisbatan kuchsizligini ko‘rsatib berar edi.
O‘troq aholi yashaydigan hududlarda chorvachilik qilish imkoni bo‘lmaganligi uchun nomadlar o‘z mollarini alohida yerlarda boqqanlar. O‘troq
ziroatkorlar chorvadorlar bilan deyarli bir xil maqomda yashagan bo‘lsalarda, ammo harbiy masalada ularga munosabat o‘zgacha bo‘lgan. SHaharlar esa doimiy daromad va o‘lpon manbai hisoblangan. SHu bilan bir qatorda davlat xazinasini saqlash maskani bo‘lib xizmat qilgan. Misol uchun xunnlar davlatida o‘troq aholiga nisbatan harbiy siyosiy ustuvorlikni hisobga olmaganda xitoylik qochoqlar mahalliy o‘troq aholi bilan aralashib ketish imkoniga ham ega bo‘lganlar.
Ko‘chmanchishunos (nomadoved) tarixchilar A.M.Xazanov, N.N.Kradin, S.G.Klyashtorniy, T.I.Sultonov, E.I.Kichanov, L.N.Gumilev va G.Babayarov kabi olimlar o‘z tadqiqotlarida o‘troqlashuv jarayoni faqatgina iqtisodiy omillar bilan bog‘liq emasligini alohida ta’kidlab o‘tganlar. Tabiatdagi o‘zgaruvchanlik, epidemiyalar, bosqinchilik yurishlari oqibatida qo‘lga kiritilgan yerlarga ko‘chib o‘tish va boshqa jarayonlar yuqorida aytib o‘tilgan holatga sababchi bo‘lishi mumkin.
Nazorat ostidagi viloyatlarni boshqarayotgan chorvador hukmdorning vakillari maoshni markazdan (O‘rda) va qo‘shimcha daromadni mahalliy aholidan yig‘ilgan soliq hisobidan olgan. Yoki hukmdor uchun yig‘iladigan o‘lponning ma’lum bir qismidan o‘z hisobiga daromadni olib qolganlar. Joylardagi mahalliy xalq to‘langan soliqlar evaziga nomadlar ko‘pincha ularni tashqi dushmandan himoya qilib turganlar. Iqtisodiy jihatdan markazlashishga ulgurmagan o‘troq aholi ma’lum bir ko‘chmanchilar davlatiga qaram bo‘lib qolganlar. Antik davrda Kushonlar, Xunnlar va Qang‘liklar O‘rta Osiyoning o‘troq dexqonchilikka asoslangan yerlarini o‘zaro taqsimlab olganlar. Qonunchilik tizimi chorvador urf- odatlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, mahalliy o‘troq aholi qonunlari faqat o‘zlariga tegishli yerlarda amal qilgan. Bundan tashqari o‘troq va chorvador aholi uchun umumiy qonunlar ham mavjud edi.
Xulosa qilib shuni aytib o‘tish kerakki, mahalliy o‘troq va nomadlarning madaniyati, assimilyasiya bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan. Umumiy uyg‘unlashgan madaniyat chegaralarini ko‘pincha siyosiy hokimiyatga ega bo‘lgan sivilizatsiya “sanitarlari” hisoblangan ko‘chmanchilar belgilaganlar. Vaqt o‘tishi bilan sedentarizatsiya jarayonlari kuchayib, chorvadorlar uchun umumiy xususiy mulk
hisoblangan yaylovlar taqsimoti yuzaga kelgan bo‘lsa ham, o‘troqlashuv doimiy tusga ega bo‘lgan.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling