Mirzo Ulu`g`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiyali


Download 51 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi51 Kb.
#1461507
Bog'liq
Addiktiv Joriy


Mirzo Ulu`g`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiyali
Psixologiya (Oilaviy munosabatlar psixologiyasi)yo`nalishi I kurs magistrani Qarshiboyev Sardorning Addiktiv Xulq psixologiyasi fanidan joriy nazorat ishi
SAVOLLAR
1.Suitsidal xulq-atvor
2.Agressiv xulq-atvor
3.Addiktiv xulq-atvor
4. Kriminal xulq-atvor
2 Agrеssiv хulq. Аgrеssiya – kimgаdir zаrаr yеtkаzishgа yo’nаltirilgаn jismоniy
yoki vеrbаl (nutqli) хulq. Ikki хil аgrеssiya turi fаrqlаnаdi:
1. g’аzаbdаn pаydо bo’lаdigаn vа shахsiy mаqsаdgа аylаngаn
dushmаnlik аgrеssiyasi.
2. birоn-bir mаqsаdgа erishish vоsitаsi bo’lgаn instrumеntаl аgrеssiya.
Lpyuis Tоmаs fikricha: «Bundаn buyon hаyot kеchirish uchun biz bir nаrsаni
аnglаb оlishimiz kеrаk, butun hаyotiy hоdisаlаr ichidа insоnning bir-birigа nisbаtаn
хulqidаn ko’rа g’аlаtirоq, оldindаn аytib bo’lmаydigаn vа оldindаn hisоb-kitоb qilib
bo’lmаydigаn hоdisа yo’q. Butun tаbiаtdа insоngа uning o’zidаn bоshqа хаvf
sоlаdigаn mаvjudоt yo’q» deb ko’rsatadi. Evоlyutsiоnist psiхоlоglаrning fikrichа аgrеssiya bizning аjdоdlаrimiz uchun
аdаptаtsiya – mоslаshish оmillаridаn biri bo’lib хizmаt qilgаn. Аgrеssiv хulq оvqаt
tоpish, hujumgа qаrshilik ko’rsаtish, rаqibni qo’rqitish vа o’ldirishgа yordаm
bеrgаn. Оlim tadqiqotchilar hаyvоnlаr vа оdаmlаr miyasidа аgrеssiyaning nаmоyon
bo’lishidа rоl o’ynаydigаn sоhаlаr bоrligini аniqlаshgаn. Аyni pаytdа bu sоhаlаrdаn
biri аgrеssiya pаytidа fаоllаshsа, bоshqа biri tоrmоzlаnish jаrаyonidа fаоllаshаdi.
Masalan: mаymunlаrdа shundаy tаjribа o’tkаzilgаn. Ustun хulqli mаymun
miyasidаgi tоrmоzlоvchi sоhаgа elеktrоd kiritilgаn. Kichkinа mаymunchа
bоshqаruv pulptigа egа bo’lib оlgаndаn so’ng hаr dоim kаttа mаymun g’аzаblаnа
bоshlаshi bilаn elеktrоd оrqаli tоrmоzlоvchi sоhаni fаоllаshtirib turgаn.
2 O`z-o`zini o`ldirish, suitsid (lat.“o`zini o`ldirish”) – bu ongli ravishda
qilingan o`zini hayotdan mahrum etish. O`ziga hisob bermaydigan yoki ularni
boshqara olmaydigan, shuningdek, sub'ektning ehtiyotkorsizligi tufayli sodir
bo`lgan o`lim vaziyati o`z-o`zini o`ldirishga emas, baxtsiz hodisalarga kiradi.
Ko`pchilik holatlarda bu psixik jihatdan me`yoriy odamning axloqi. Ayni vaqtda
suitsidga o`z-o`zini parchalovchi axloqning o`zaro bir-biriga o`tuvchi shakli
qatorida oxirgi nuqta sifatidagi qarash keng tarqalgan.
Suitsidal axloq – o`zini hayotdan mahrum qilish haqidagi tasavvurlarga
yo`naltirilgan anglangan harakatdir. Ko`rib chiqilayotgan axloq tuzilmasida
quyidagilar ajratiladi:
– shaxsiy suitsidal harakatlar;
–suitsidal ko`rinishlar (fikrlar, maqsadlar, tuyg’ular, mulohazalar, ishoralar).
Shunday qilib, suitsidal axloq ichki va tashqi planda bir vaqtda amalga
oshiriladi.
Suitsidаl хulq-аtvоr vа suitsid tushunchаlаri оrаsidа mа`lum bir tаfоvut bоr.
Ya`ni, suitsidаl hulq-аtvоr kеngrоq tushunchаgа egа bo’lib, o’z jоnigа qаsd qilish
хаrаkаtlаri, ko’rinishlаrini ifоdаlаydi. Suitsidal хulq- аtvоr - bu suitsidаl fаоllikning
nаmоyon bo’lishi. Bu o’z ichigа suitsidаl fikr, mаqsаd, mulохаzа, tаhdidlаr, suiqаsd
vа ungа urinishni o’z ichigа оlаdi. Suitsidal хulq-аtvоrgа nаfаqаt puхtа o’ylаb o’z
jоnigа qаsd qilish, bаlki ko’pinchа, uzоq vаqt tаyyorlаnilаdi.
Suitsidal harakat suitsidal urinish va tugallangan suitsiddan iborat. Suitsidal
urinish – bu o`lim bilan tugamaydigan, o`zini hayotdan mahrum qilish vositalarining
maqsadga yo`naltirilgan operatsiyasi. Urinish o`zini yoki boshqalarni hayotdan
mahrum qilishga yo`naltirilgan qaytishli va qaytarilmaydigan bo`lishi mumkin. Suitsidal ko`rinish o`z ichiga quyidagilarni oladi:

  1. passiv suitsidal fikrlar (tasavvur, kechinmalar);
    2) suitsidal g’oyalar;
    3) suitsidal maqsad.

Suitsidal fikrlarning paydo bo`lishidan boshlab, ularni amalga oshirgungacha
bo`lgan muddatni suitsidoldi deb nomlanadi. Uning davomiyligi daqiqalar (o`tkir
suitsidoldi) yoki oylar (surunkali suitsidoldi) hisoblanishi mumkin. Davomli
suitsidoldi holatlarida suitsidal axloqning ichki shakllarining rivojlanish jarayoni
yuqorida ifodalangan bosqichlarda ochiq-oydin o`tadi. O`tkir suitsidoldi davrida
ketma-ketlik aniqlanmaydi va suitsidal g’oya hamda maqsadning darrov namoyon
bo`lishini kuzatish mumkin.
3 Addiktiv axloq og’irligining darajasi
turlicha amaliy me`yoriy axloqdan aniq ko`rinib turgan somatik va psixik patologiya
bilan birga boruvchi biologik bog’lanib qolishning og’ir shakligacha bo`lishi
mumkin. Tobe axloqning turlicha shakllari uyg’unlashish yoki bir biriga o`tish
tendentsiyasiga ega, bu esa uning ishlashidagi mexanizmlarning umumlashganini
isbotlaydi. Masalan, ko`p yillik stajga ega bo`lgan kashanda sigaretadan voz
kechgach, doimiy ravishda ovqatlanishga istakni his qilishi mumkin. Geroinga
muhtoj bo`lib qolgan odam ancha yengil giyohvandlar yoki ichkilikni iste'mol qilish
yordamida remissiyani qo`llab-quvvatlashga intiladi. Albatta, tashqi farq bo`lib
ko`rinishiga qaramay, axloqning ko`rib chiqilayotgan shakllari printsipial o`xshash
psixologik mexanizmlarga ega. Shu bilan bog’liq holda addiktiv axloqning umumiy
belgilari ajratiladi. Addiktiv axloq to`satdan paydo bo`lmaydi, u o`zida addiktsiya (tobe bo`lib
qolish) ning uzluksiz shakllanish va rivojlanish jarayonini aks ettiradi. Addiktsiya
boshlanish (ko`pincha beozor), individual oqim (tobe bo`lib qolishning kuchayishi
bilan) va natijaga ega. Axloq motivatsiyasi bog’lanib qolishning turli bosqichlarida
turlichadir.
4. Kriminal (jinoiy) hulq-atvor - (lotin tilidan, criminalis-jinoyatchiliq) huquqbuzarlik harakati bo`lib, jinoiy javobgarlik yoshiga yetguncha, jinoiy ish ochishda asos bo`lib xizmat qiluvchi va jinoyat kodeksining belgilangan moddalari bilan asoslanadigan hulq-atvor. Jinoyatchilikka nisbatan munosabatda umumiy qabul qilingan qarashlardan biri sifatida – bu shunchaki yomon insonlardan iboratligi, ularga nisbatan yagona munosabat – bu ularni jazolashdan iborat deb bilish bilan bog‘liq hisoblanadi. Insonlar ayrim holatlarda bir parcha non o‘g‘irlaganlik uchun aybdorni osgan, boshqa holatlarda jazo tariqasida esa o‘g‘ri tamg‘asi kuydirib bosilgan yoki qulog‘i kesib olingan. Biroq, bu ko‘rinishdagi qat’iy qattiqo‘l tartibdagi jazolashlar ish bermagan: jazo usullaridan majruhlik ortganiga qaramasdan jinoyachilik yuzlab yillar davomida avj olgan va yuqori darajada saqlanishi kuzatiladi.
Saudiya Arabistoni va boshqa ayrim musulmon mamlakatlarida o‘g‘irlik jinoyati hozirgi kunda ham aybdorning qo‘lini kesish orqali jazolanadi, ayrim boshqa turdagi qonunbuzarlik holatlari esa o‘lim jazosi bilan jazolanadi. Bunda o‘lim jazosi ommaviy tarzda amalga oshiriladi, ko‘pincha holatlarda jazo ijro etilayotganda jamiyatning barcha a’zolari ishtirok etishi ta’minlanadi. Biroq bu ko‘rinishdagi amaliyotning natijalari ham huddi o‘rta asarlar Yevropasida kuzatilgani kabi qayd qilinadi. Bu ko‘rinishdagi qishloq hayoti asosidagi musulmon jamiyatlarida, masalan qotillik darajasi juda yuqori ko‘rsatkichlarga egaligi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, bu turdagi jamiyatlarda xatto ko‘pgina qotilliklar statistik ma’lumotlar ro‘yxatiga tushirilmaydi va ular shunchaki umumqabul qilingan urf – odatlar asosida izohlanadi. Jabr chekuvchilarning ko‘pchiligi ayollardan iborat bo‘lib, ular ko‘pgina holatlarda o‘z erlari, aka – ukalari yoki otalari tomonidan «bevafo» sifatida an’anaviy urf – odatlarga ko‘ra o‘ldirilishi qayd qilinadi, xatto ayrim holatlarda oiladan tashqarida begona erkak bilan suhbatlashish holatlari ham qattiq jazolanadi. Bunday ko‘rinishdagi jamiyatlarda jinoyat uchun zo‘ravonlik asosidagi jazo qo‘llanilishi avtoritar ijtimoiy struktura me’yorlariga mos keladi va shuningdek jamiyat ichidagi guruhlar o‘rtasidagi urf – odatlarga binoan to‘siqlar mavjudligi bilan ham izohlanadi.
Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling