Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Amaliy matematika” fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi 101-20 guruhning “Til bor ekan


Download 25.84 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi25.84 Kb.
#220190
  1   2   3
Bog'liq
8-bayonnoma


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Amaliy matematika” fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi 101-20 guruhning “Til bor ekan, millat barhayot” mavzusida Zoom dasturi orqali o`tkazilgan onlayn murabbiylik soati

BAYONI

Sana:

23.10.2020 y.

Qatnashdilar 101-20 guruh

Murabbiyi Primqulov Oybek va 101-20 guruh talabalari





KUN TARTIBI

1. Axborotlardan xabardorlik va yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan qisqacha tanishish.

2. “Til bor ekan, millat barhayot” mavzusida dars suhbati.

3. Talabalar bilan Kamtarlik fazilati haqida suhbatlashish va shu fazilatni keng targ‘ib qilish.

Eshitildi: Guruh rahbari Primqulov Oybek talabalarni O`zbekiston respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan tanishtirdi.

O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i (http://uza.uz /oz/documents/simliklar-karantini-b-yicha-davlat-khizmati-faoliyatini-yana-13-10-2020 ), Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i (http://uza.uz/oz/documents/a-olini-tadbirkorlikka-zhalb-ilish-tizimini-takomillashtirish-14-10-2020), Sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i (http://uza.uz/oz/documents/sarimso-piyez-amda-t-sonbosti-usulida-sabzavot-ma-sulotlarin-15-10-2020 ) qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 oktyabr' kuni intellektual mulk ob'ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlatning davlatligi, xalqning xalqligi qiyin paytlarda bilinadi.

Afsuski, 2020 yil juda og‘ir keldi. Koronavirus balosi, u keltirgan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz yetmaganidek, bir hafta ichida Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida tabiiy-texnogen ofatlar ro‘y berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev ikkala joyga ham zudlik bilan yetib borib, vaziyatni o‘z nazoratiga olgan edi. “Sabr qilib, og‘irlikni yelkamizga olib, chidashimiz kerak. Bironta xonadon, bironta odam e'tiborsiz qolmaydi”, degan edi Prezident o‘shanda.

Avvalo, eng katta og‘irlikni davlatimiz rahbari o‘z zimmasiga oldi. Talafot oqibatlarini bartaraf etib, hayotni tiklash ishlariga bosh-qosh bo‘ldi. Bu esa jabrdiydalarga kuchli dalda va madad bo‘lib, butun xalqimiz birlashdi. Kimdir mablag‘i, kimdir mehnati bilan yordamga keldi.

Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi oqibatida 2 ming 211 ta xonadon yaroqsiz va 2 ming 499 tasi ta'mirtalab holatga kelib qolgan edi. Davlatimiz rahbari o‘shanda bu ahvolni ko‘rib, vayron bo‘lgan mahallalarni nafaqat oldingi holatiga qaytarish, balki undan-da yaxshi qilish, hammaning havasi keladigan maskanga aylantirishga va'da bergan edi.

Shu maqsadda uchta hudud tanlanib, 50 gektar maydonda 86 ta 5 qavatli uy-joy barpo etildi. Xususan, Sardoba tumani "Do‘stlik" mahallasida 37 ta, Mirzaobod tumani "Haqiqat" mahallasida 40 ta hamda "Navbahor" mahallasida 9 ta uy-joy qurildi. Ularda jami 2 ming 640 xonadon bor.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 13 oktyabr' kuni yana Sirdaryo viloyatiga keldi. Davlatimiz rahbari dastlab Mirzaobod tumanidagi "Haqiqat" mahallasiga tashrif buyurdi.

14 oktyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va gumanitar loyihalar ijrosini tanqidiy ko‘rib chiqish, yangi o‘sish nuqtalarini belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Xitoy va Janubiy Koreya O‘zbekistonning strategik sheriklaridir. Ikki davlat bilan ham oliy darajadagi tashriflar doirasida keng ko‘lamli kelishuvlarga erishilgan, savdo, iqtisodiyot, investisiya, gumanitar va boshqa sohalardagi loyihalarni qamrab olgan “yo‘l xaritasi” qabul qilingan.

Lekin koronavirus pandemiyasi barcha mamlakatlar iqtisodiyoti uchun kutilmagan sinov bo‘ldi. Karantin cheklovlari tashqi savdo aloqalarining qisqarishiga, transport qatnovlari kamayishiga, investisiya loyihalari kechikishiga olib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari 6 oktyabr' kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali suhbatlashdi. Muloqotda qo‘shma dastur va loyihalarni tezlashtirish hamda ularni amalga oshirishda ko‘maklashish, kerak bo‘lsa, imtiyozli kreditlarni oshirish yuzasidan kelishib olindi. Yil oxiriga qadar davlat rahbarlari ishtirokida onlayn sammit o‘tkazilishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 15 oktyabr' kuni davlat kadastrlarini yuritishning yangi tizimini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda yer ajratish va davlat kadastri sohasida bir necha o‘n yillar mobaynida tizimli muammolar to‘planib qolgani sir emas. Tartib-intizom, hisob-kitob bo‘lmagani sababli minglab gektar yerlar talon-toroj bo‘lib ketgan. Bu sohadan aholi ham, tadbirkorlar ham norozi edi.

Shu bois joriy yil 7 sentyabrda “Er hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatda sohani ilg‘or tajriba asosida isloh qilish, yangicha boshqaruv tizimini joriy etish, yerning hisobini to‘liq yuritish va raqamlashtirish bo‘yicha komleks vazifalar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, narx-navo barqarorligini saqlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr' kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishdi.

Yuqoridagi fikrlarni eshitgan holda yig’ilish


Download 25.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling