Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Amaliy matematika” fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi 101-20 guruhning “Til bor ekan


Download 25.84 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi25.84 Kb.
#220190
1   2   3
Bog'liq
8-bayonnoma

QAROR QILADI:

1. Guruh murabbiysi Primqulov Oybekning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Talbalarga Davlatimizning rivojlanish yo’lidagi odimlari, bu borada erishilayotgan doimiy ravishda ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib borilsin.
Eshitildi: Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan guruh murabbiyi Primqulov Oybek o`z fikrlarini bildirdi.

Til har bir millatning eng aziz boyligi, uning ma'naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita sanaladi. Ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak – millatning ruhini yo‘qotmakdur” degan hikmatli so‘zlari ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.

Xaqlqimizning bebeho boyligi bo‘lgan o‘zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir.

Prezidentimiz o‘z nutqlaridan birida “Ulug‘ alloma, XX asr boshida olti tilli – o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug‘at tuzgan Ishoqxon Ibratning mana bu hikmatli so‘zlarini eslatgan edilar: “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa'y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”.

Darhaqiqat, hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida o‘zbek tilining o‘ziga xos betakror xususiyatlarini saqlab qolish, uni kelajak avlodga beshikast yetkazish bizning ajdodlarimiz va kelgusi avlod oldidagi muqaddas burchimizdir.

O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi mavqeyi tobora yuksalmoqda. Dunyo miqyosida o‘zbek tilida gaplashuvchilarning umumiy soni 50 millionga yetadi. Vikipediya ma'lumotlariga ko‘ra, o‘zbek tili so‘zlashuvchilar soni bo‘yicha dunyoda 27-o‘rinda turadi. Agar dunyoda 7000 ga yaqin til va lahja mavjudligini e'tiborga olsak, bu yaxshi ko‘rsatkich.

O‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘lgan 100 ta tildan biridir. Holbuki, dunyoda bunday yuksak maqomga ega bo‘lmagan, ammo yuz millionlab kishilar so‘zlashadigan tillar ham bor. O‘zbek tili qo‘shni davlatlarda ham muomaladagi asosiy tillardan sanaladi. Xususan, qo‘shni Tojikistonda va Qirg‘izistonda o‘zbeklar tub millat vakillaridan keyingi o‘rinda turadi. Afg‘onistonda esa o‘zbek tili pushtu va dariy tillaridan keyingi uchinchi rasmiy til sanaladi.

Bugun o‘zbek tili dunyo axborot makonida ham o‘z o‘rniga ega tillar qatoridan o‘rin olgan. O‘nlab yirik xalqaro axborot mahkamalari, radio va telekanallar o‘z materiallarini o‘zbek tilida ham tarqatishmoqda. Vikipediya, Gugl, Feysbuk singari yirik messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, internet platformalarida o‘zbek tilining mavqeyi oshib bormoqda.

O‘zbek tili Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin ko‘paymoqda.

Mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari qoshida “O‘zbek tilining do‘stlari” klublari tashkil etilmoqda.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida Prezidentimiz yurtimizda 3-renesansni yaratish masalasini kun tartibiga qo‘ydilar. Aminmizki, oradan yillar o‘tib yurtimizda 3-uyg‘onish davri bo‘ladi va o‘zbek tilida yaratilgan ilm-fan rivoji yana dunyo tamadduniga katta hissa qo‘shadi. O‘zbekning yangi Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiylari dunyoga o‘zbekning tafakkurini, ziyosini taratadi.

Dars so’ngida talabalar tomonidan o’zbek tili, ona tilimizga bag`ishlangan she’rlar aytildi.

Yuqoridagi fikrlarni eshitgan holda yig’ilish


Download 25.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling