Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Amaliy matematika” fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi 101-20 guruhning “Til bor ekan


Download 25.84 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi25.84 Kb.
#220190
1   2   3
Bog'liq
8-bayonnoma

QAROR QILADI:

1. Guruh murabbiysi O.Primqulovning mavzu yuzasidan keltirilgan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.



Eshitildi: Uchinchi masala yuzasidan guruh sardori Normamatova Zulayho so`zga chiqib, kamtarlik fazilati haqida so`z yuritdi.

Axloqiy madaniyat – insonning axloq qonunlarini, qoidalarini, me'yorlarini, fazilatlarini bilishi, egallashi va ularga boshqa insonlar bilan bo‘lgan munosabatlarda rioya etish darajasi hisoblanadi. Oilada shakllangan o‘ziga xos axloqiy madaniyat unda muayyan milliy qadriyatlar tizimining shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Zero, xalqimiz juda qadim zamonlardanoq oilani muqaddas hisoblab kelgan.

Axloqiy madaniyatning muhim elementlaridan biri milliy axloqiy urf-odatlardir. Axloqiy urf-odatlar qadimda paydo bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib, boyib, rivojlanib boradi. Ularni saqlash, davom ettirishda oila tarbiyasi muhim rol' o‘ynaydi. Milliy urf-odatlardan biri – keksalarni hurmat qilish, parvarishlash, ularga moddiy, ma'naviy shart-sharoitlar yaratib berish kiradi.

Insonning eng yuksak axloqiy fazilatlari: kamtarlik, mardlik, mehribonlik, intizomlilik, tejamkorlik, iste'dodlilik, muloyimlik, saxiylik, saxovatlilik, sabrlilik, to‘g‘rilik, hayolilik, himmatlilik, vafodorlik, latofatlilik axloqiy madaniyatning muhim elementlari hisoblanadi.

Kamtarlik – inson o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymasligi, barchaga tabaqasi, mavqei, boy-kambag‘alligi, chiroyli yoki xunukligiga, millatiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham samimiy, beg‘araz munosabatda bo‘lishi.

Uchinchi masala yuzasidan yig`ilish



QAROR QILADI:

  1. Guruh sardori Z.Normamatovaning mavzu yuzasidan keltirilgan fikrlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Keyingi darsga qadar har bir talaba badiiy kitob o’qishlari nazoratga olinsin.



Yig’ilish raisi: O.Promqulov

Yig’ilish kotibasi Z.Normamatova
Download 25.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling