Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar


Download 64.81 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2023
Hajmi64.81 Kb.
#1405889
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
30-hafta



Markazning 2023-yil 12-apreldagi
1/03-54-sonli xatiga ilova


Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy,
Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir
MAʼLUMOTLAR

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori


https://uza.uz/oz/posts/iqtisodiy-islohotlarni-amalga-oshirishda-ilmiy-yondashuvlarni-kengaytirish-va-boshqaruv-kadrlarini-tayyorlash-tizimini-yanada-takomillashtirish-chora-tadbirlari-togrisida_469692




Maʼmuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori


https://uza.uz/oz/posts/mamuriy-islohotlar-doirasida-yoshlar-siyosati-va-sport-sohasida-davlat-boshqaruvini-samarali-tashkil-qilish-chora-tadbirlari-togrisida_471092




Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni




https://uza.uz/oz/posts/ommaviy-va-professional-futbolni-har-tomonlama-rivojlantirishning-qoshimcha-chora-tadbirlari-togrisida_471096


Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida0020modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori


https://uza.uz/oz/posts/ijtimoiy-soha-obektlarining-isitish-tizimlarini-davlat-xususiy-sheriklik-asosida-modernizatsiya-qilish-togrisida_471837


Issiqlik taʼminoti boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Bugungi kunda 15 mingta ijtimoiy soha obyektida isitish tizimlari taʼmirtalab. Oqibatda ularda issiqlik energiyasining 35 foizi yoʻqotilmoqda, issiqlik harorati meʼyorga nisbatan 2 baravar past.


Shu bois Boʻston tumanida isitish tizimini xususiy sheriklik asosida yangilash va boshqarish boʻyicha tajriba oʻtkazilgan edi. Isitish qozonlari zamonaviylariga almashtirilgan hamda tarmoqlar modernizatsiya qilinib, xususiy boshqaruvga berilgan. Natijada energiya sarfi kamayib, binolar ichidagi harorat koʻtarilgan. Ayniqsa, oʻtgan qishdagi anomal sovuq davrida ham obyektlarda moʻtadil harorat saqlab turilgan.
Yigʻilishda ushbu tajribani ommalashtirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi. Unga koʻra, isitish tizimi tadbirkorlarga 10 yilga boshqaruvga beriladi va ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinadi. Tarmoqlar modernizatsiyasi uchun zarur mablagʻning yarmi byudjetdan, yarmi xususiy sherik hisobidan ajratiladi. Isitish qozonlarini ishlab chiqarishga kerakli butlovchi qismlar ikki yil muddatga bojxona bojidan ozod qilinadi.
Davlatimiz rahbari bu takliflarni maʼqullab, tashkiliy va moliyaviy masalalar boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Mutasaddilarga tuman va shaharlardagi ijtimoiy obyektlarning isitish tizimlarini xatlovdan oʻtkazib, bosqichma-bosqich yangilash, ularni boshqarishga salohiyatli tadbirkorlarni jalb etish topshirildi. Binolarda energiya yoʻqotilishini kamaytirish, issiqlikni saqlash choralarini koʻrish zarurligi taʼkidlandi. Investorlar ishtirokida energiya tejamkor isitish qozonlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi.
Yigʻilishda koʻmir taʼminoti masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.
Soʻnggi yillarda yurtimizda koʻmir qazib chiqarish 3 million tonnadan
5,4 million tonnaga oshgan. Bu yil esa salkam 6 million tonna qazib olish rejalashtirilgan. Lekin koʻmirga talab bundan ancha koʻp.
Prezidentimiz istiqbolli konlarni oʻzlashtirishga xususiy sektorni va yangi texnologiyalarni jalb qilish, koʻmirning sifatini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.



Download 64.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling