Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar


Odam savdosining oldini olish choralari


Download 64.81 Kb.
bet8/8
Sana30.04.2023
Hajmi64.81 Kb.
#1405889
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
30-hafta

Odam savdosining oldini olish choralari

Odam savdosi jinoyatining umumiy oldini olish deganda, odam savdosi jinoyatiga qarshi kurash, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa institutlarini rivojlantirish, insonlarni maʼnaviy- maʼrifiy kamoloti uchun sharoit yaratish, ushbu jinoyatchilikni keltirib chiqaradigan turli sabablarni aniqlash, odam savdosi jinoyatchiligini yuzaga keltiruvchi sharoitlarning zararli taʼsiri oldini olish nazarda tutiladi.


Buning uchun avvalo bevosita, aholi orasida, tashkilot, korxona va mahallalarda turli uchrashuvlarni tashkil etish va ushbu turdagi jinoyatlarning oqibatlari haqida mahalla ahlini, ayollarni xabardor qilib borish, ikkinchidan, maktablarda va oliy oʻquv yurtlarida oʻquv kurslari tashkil etish, uchinchidan, ana shunday jinoyatni sodir etilganligi va ularni yuzaga keltirgan sabablar haqida, shu jumladan, turli koʻrsatuvlar tayyorlash yoʻli bilan ommaviy axborot vositalari orqali ommani xabardor etib borish lozim.
Odam savdosi jinoyatining maxsus oldini olishda esa, jamiyatni iqtisodiy jihatdan yuksaltirish va shu orqali jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish, shu jumladan, muhtojlik, ishsizlik, ogʻir hayotiy sharoitni bartaraf qilish maqsadi qoʻyiladi. Jamiyat aʼzolarini maʼnaviy jihatdan kamol toptirish, ularning bilim va saviyasini oshirish, shubhasiz, ularning xulq-atvoriga, axloqiga, dunyoqarashiga, qiziqishlariga, xatti-harakatlariga taʼsir koʻrsatishdir.
Odam savdosi jinoyatining maxsus oldini olishda, bizningcha, birinchidan, maxsus subyektlar faoliyatini yaxshi yoʻlga qoʻyish, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini – oʻzi boshqarish organlari orqali odam savdosi jinoyatining jabrlanuvchilarini aniqlash, ikkinchidan, ushbu jinoyatlarni vujudga keltiruvchi sabablarni aniqlab, fuqarolarning oʻzini – oʻzi boshqarish organlari va xotin- qizlar jamiyati hamkorligida jinoyatlarning oldini olish choralarini koʻrish, uchinchidan, davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini — oʻzi boshqarish organlari orqali odam savdosidan jabr koʻrganlarni aniqlash va ularni normal hayotga qaytarish chora-tadbirlarini koʻrish lozim.
Odam savdosi jinoyatini oldini olish va uning profilaktikasi boʻyicha faoliyatini tartibga soluvchi asosiy huquqiy manba Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 2008-yil 17-aprel qonuni hisoblanib, 2020-yil 17-avgustda esa, Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-633-sonli qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.
Aynan ushbu qonuning 17-moddasida odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshirayotgan davlat organlariga koʻmaklashish masalasi nazarda tutilgan boʻlib, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek fuqarolar:
odam savdosiga qarshi kurashishda davlat organlariga koʻmaklashishi va zarur yordam koʻrsatishi;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etishi;
odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritishi zarur.
Nodavlat notijorat tashkilotlari odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha markazlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, odam savdosiga nisbatan jamiyatda murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritishi mumkin.
Davlat fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi koʻmagini qonun hujjatlariga muvofiq qoʻllab- quvvatlaydi.
Odam savdosining oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
fuqarolarning odam savdosidan jabrlanishining oldini olishga, ularning himoyasiz va xavf ostida qolishiga sabab boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi muammolarni aniqlash va ushbu muammolarning yechimlarini ishlab chiqish maqsadida mazkur sohadagi faoliyatning doimiy monitoringini amalga oshirishni;
odam savdosidan jabrlanganlar tushib qolishi mumkin boʻlgan xavfli vaziyatlar haqida, davlat hamda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan taqdim etiladigan himoya choralari toʻgʻrisida, odam savdosiga qarshi kurashish uchun davlat tomonidan koʻrilayotgan jinoiy va maʼmuriy taʼsir choralari haqida jamiyatning xabardorligini oshirishni;
turistik faoliyatni, shuningdek aholini ish bilan taʼminlashga oid faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatiga doir talablarni belgilashni;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat taʼlim muassasalarida va nodavlat taʼlim tashkilotlarida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi taʼlim dasturlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni;
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish choralarini koʻrishni.
Odam savdosining oldini olish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Odam savdosiga qarshi samarali kurashishni taʼminlash, odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarning jinoiy faoliyatini aniqlash va unga chek qoʻyish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish hamda tegishli axborotni tizimlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa davlat organlari bilan birgalikda odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasi yaratilishini tashkil etadi.


Download 64.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling